Umumtaʼlim maktabnining fizika kursida oʻz induksiya hodisasini oʻz induksiya eyuk induktivlik mavzusini oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi


Download 55.55 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi55.55 Kb.
#1585254
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5341740908679276168

6. Xulosa va tavsiyalar

Fizika tekshiradigan hodisalarni miqdoriy tahlil qilishda matematikadan keng foydalanadi. Hodisalarning oʻtishi va ularning tabiatidagi murakkablikka qarab qoʻllaniladigan mat. usullari ham murakkablashadi. Hozirgi davrda elementar matematika, differensial, integral hisoblar, analitik geometriya, oddiy differensial tenglamalar bilangina cheklanib qolish mumkin emas. Masalan, maydon nazariyasida tenzorlar, operatorlar kabi tushunchalardan keng foydalaniladi. Fizikaning rivojlanishi hamma vaqt boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan. Fizikaning rivojlanishi boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishiga va koʻpgina hollarda yangi fanlarning vujudga kelishiga olib kelgan.

Mazkur kurs ishida fizikaning eng muhim bo’limi bo’lgan “Elektromagnit” bo’limini o’tishda qanday “Pedagogik texnologiyalar”dan foydalanish mumkinligi ko’rsatib o’tildi. “Elektromagnit” bo’limini o’tishda qanday metodlardan va qaysi mavzularda qo’llanilishi takidlab o’tildi. Bunda quyidagi “Pedagogik texnalogiya”lar haqida ma’lumot berildi:



  1. O’zinduksiya” hodisasi texnologiyasi.

  2. Elektr toki yurituvchi kuch” texnologiyasi.

  3. Induktivlik” texnologiyasi.

Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni O’zinduksiya hodisasi, Eyuk va Induktivlik mavzulariga qo’llash bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi:

1. Fizika fani yuqori sinf (kurs) larga o’tgan sari hodisalar, qonuniyatlar murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Shu va shu kabi boshqa parametrlar dars sifati, o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu maqsadda fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash samarali ekanligi aniqlandi.

2. Fizika ta’limida pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan maqsad ta’lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir.

3. Pedagogik texnologiyalarni fizika ta’limida to’laqonli tarzdagi texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish — ta’lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini, ko’p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun o’qituvchi yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lib, dars mavzusi, o’quvchilar soni, ularning qiziqishi, qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi ma’lum bo’ldi.




Download 55.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling