Umumtaʼlim maktabnining fizika kursida oʻz induksiya hodisasini oʻz induksiya eyuk induktivlik mavzusini oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi


Download 55.55 Kb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi55.55 Kb.
#1585254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5341740908679276168

O’lchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog, raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.
Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi. O‘quv tajribalaridan foydalanib quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
a) o‘rnagilayotgan hodisani pedagogik o‘zgartirilgan tarzda ko‘rsatish va shu bilan uni o‘rganish uchun kerakli tajriba baza yaratish;
b) fanda aniqlangan qonunlar va qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini o‘quvchilarda tushunarli ko‘rinishda tasvirlash va ular mazmunining o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishiga erishish;
v) o‘quvchilarni fizik hodisalarni o‘rganishning tajriba metodi bilan tanishtirish;
g) texnikada o‘rganilgan fizik hodisalarning qo‘llanilishini ko‘rsatish;
d) o‘qitishning ko‘rgazmaliligini oshirish va shu bilan o‘rganilayotgan hodisaning o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishiga erishish;
e) o‘rganilayotgan hodisaga o‘quvchilarning qiziqishini oshirish.
Hozirgi zamon fizikasining bosh maqsadi, vazifasi, va ahamiyati - materiyaning tuzilishini bilishdir.

Download 55.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling