Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
GAZLAMANING ENI, MASSASI VA UZUNLIGI
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
69 GAZLAMANING ENI, MASSASI VA UZUNLIGI Gazlamaning eniga qarab model tanlanadi, yangi konstruksiyalar ishlab chihiladi, bichish paytida andazalar qo‗yiladi. Gazlamaning standart va haqiqiy enlari bo‗ladi. Gazlamaning standart eni — shu gazlamaning belgilangan eni normasi. Gazlamaning haqiqiy eni — gazlamani bevosita o‗lchab aniqlanadigan eni. To‗pdagi gazlama enini va gazlama namunasi-ning enini anihlashda amaldagi normalarga amal qilish lozim. Kalta (50 m dan oshmaydigan) to‗plardagi gazlamalar uch joyidan, uzun (50 m dan oshadigan) to‗plardagi gazlamalar besh joyidan bir xil uzunlikda, lekin gazlama uchidan 3 m naridan o‗lchanadi. Gazlamaning eni buklanmaydigan chizgich yordamida 0,5 sm aniqlik bilan o‗lchanadi. Gazlama to‗pining eni sifatida barcha o‗lchashlarning 0,01 sm aniqlikkacha hisoblangan va 0,5 sm gacha yaxlitlangan o‗rtacha arifmetik qiymati olinadi. Sinash natijalari jurnaliga o‗rtacha arifmetik qiymatdan tashqari, bir o‗lchashdagi minimal qiymatlar ham yoziladi. Jun va tukli gazlamalarning eni hoshiyasi bilan yoki o‗siz o‗lchanishi mumkin. Boshqa barcha gazlamalarning eni hoshiyasi bilan birga o‗lchanadi. Gazlama namunasining enini aniqlashda namuna silliq sirtga yoyib qo‗yiladi. CHizgich gazlama chetlariga perpendikulyar qilib qo‗yiladi. Gazlama namunasining eni uch joyidan; o‗rtasidan va oxirlaridan, qirqish chiziqlaridan taxminan 10 sm beridan o‗lchanadi. Namunaning eni buklanmaydigan chizgich yordamida 1 mm gacha aniqlik bilan o‗lchanadi. Gazlamaning eni uchta o‗lchashning o‗rtacha arifmetik qiymati sifatida 0,1 mm gacha aniqlik bilan hisoblab topiladi. Olingan natija 1mm gacha yaxlitlanadi. Bir to‗pdagi va bir partiyadagi gazlamalar to‗plarining eni ancha farq qilishi mumkin. Jun gazlama to‗pida bu farq 4—5 sm, partiyadagi tuplar orasida 7—8 sm bo‗lishi mumkin. Gazlamalarni qatlam-qatlam qilib ko‗plab bichishda gazlama eni orasidagi katta farq brakka olib kelishi mumkin. SHuning uchun tikuvchilik korxonalarida gazlamaning eni har 2—3 m da o‗lchanadi. Gazlamaning eng tor joyiga andazalar qo‗yiladi va bo‗r bilan belgilanadi. Agar gazlama eni keskin farq qilsa, to‗pning bir qismi kesib olinadi va boshqa bo‗lakka qo‗shiladi yoki butun gazlama to‗pi alohida bichiladi. Gazlama to‗pi va Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling