Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazlamaning pishiqligi
11 – MAVZU: GAZLAMANING XOSSALARI
REJA: 1. GAZLAMANING MEXANIK XOSSALARI 2. GAZLAMANING FIZIK XOSSALARI 3. GAZLAMANING TEXNOLOGIK XOSSALARI Kiyimning eskirishiga asosan unga cho‗zuvchi, ezuvchi, bukuvchi kuchlar, ishqalanish kuchlari ta‘sir etishi sabab bo‗ladi. SHuning uchun kiyimning ohori va shaklining yaxshi saqlanishida hamda uzoqqa chidashida gazlamaning turli mexanik ta‘sirlarga chidamliligi, ya‘ni mexanik xossalari katta rol o‗ynaydi. Gazlamaning mexanik xossalariga pishiqligi, uzayishi, tuzishga chidamliligi, g‗ijimlanuvchanligi, qattiqligi, draplanuvchanligi va boshqa xossalari kiradi. Gazlamaning pishiqligi Gazlamaning cho‗zilishga pishiqligi uning sifatini belgilaydigan eng muhim ko‗rsatkichlardan biridir. Gazlamaning cho‗zilishga pishiqligi deganda uning nagruzkaga chidamliligi tushuniladi. Ma‘lum o‗lchamdagi gazlama bo‗lagini uzish uchun yetarli minimal nagruzka uzuvchi kuch (nagruzka) deb ataladi. Uzuvchi kuchni aniqlash uchun gazlama bo‗lagi uzish mashinasida uzib ko‗riladi (1-rasm). Gazlama namunasi 2 qisqichlar 1 va 3 ga mahkamlab qo‗yiladi. Elektr dvigatel pastki qisqich 1 ni yuqoriga va pastga harakatlantiradi, ustki qisqich 3 yukli richag 4 bilan bog‗langan. Pastki qisqich pastga tushganda namuna cho‗zilib, ustki qisqichni pastga suradi, u esa yukli richag 4 ni buradi. Natijada yuk 11 li mayatnikli kuch o‗lchagich 5 og‗adi. Kuch o‗lchagichning tiragi tishli reyka 9 ni suradi va tishli g‗ildirak 8 ni buradi; g‗ildirak o‗qiga strelka mahkamlangan bo‗lib, u namunaga ta‘sir qilayotgan kuch qiymatini yuk shkalasi 7 da ko‗rsatadi. CHo‗-zuvchi kuch ta‘sirida namuna uzayadi va qishichlar orasidagi masofa kattalashadi. Strelka 10 uzayish qiymatini uzayish shkalasi 6 da ko‗rsatadi. Sinash uchun gazlamadan tanda bo‗yicha uch bo‗lak va arqok bo‗yicha to‗rt bo‗lak qirqib olinadi. Pishiqlikni aniqlashda bo‗lakning eni belgilangan o‗lchamga aniq mos kelishi va barcha bo‗ylama iplar bo‗lakning boshidan oxirigacha to‗liq 72 bo‗lishi juda muhimdir. Buning uchun oldin enliroq namuna qirqib olinadi, so‗ngra uning ikkala tomonidan bo‗ylama iplarni qirqib zarur o‗lchamga keltiriladi. CHekkalardagi iplar butun bo‗lishi lozim. Namuna bo‗lagining eni 50 mm bo‗ladi. Dinamometr qisqichlari orasidagi masofa jun gazlamalar uchun 100 mm, boshqa gazlamalar uchun 200 mm olinadi. Namuna bo‗lagining uzunligi qisqichlar orasidagi masofadan 100—150 mm katta olinadi. Gazlamani tejash maqsadida kichik bo‗laklar metodi ishlab chiqilgan. Bunda namuna bo‗lagining eni 25 mm, qisqichlar orasidagi masofa 50 mm olinadi. Uzuvchi kuch tanda uchun alohida, arqoq uchun alohida hisoblanadi. Namunani tanda bo‗yicha yoki arqoq bo‗yicha uzuvchi kuch deganda barcha sinov natijalarining o‗rtacha arifmetik qiymati tushuniladi, Gazlamalarning uzilishga pishiqligi ularning tola tarkibiga, kalava ip yoki ipning nomeriga, zichligiga, o‗rilish xiliga, pardozlash xarakteriga bog‗liq. Sintetik tolalardan to‗qilgan gazlamalarning uzilishga pishiqligi eng yuhori bo‗ladi. Iplar qancha yo‗g‗on va gazlama qancha zich bo‗lsa, u shuncha pishiq bo‗ladi. Kalta yopmali o‗rilishlarni qo‗llash ham gazlamalarning pishiqligini oshiradi. SHuning uchun boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‗lgani holda polotno o‗rilishda to‗qilgan gazlamalar eng pishiq bo‗ladi. Bosish, appretlash, bug‗lash kabi pardozlash operatsiyalari gazlamaning pishiqgini oshiradi. Oqartirish, bo‗yash operatsiyalari gazlamaning pishiqligini birmuncha pasaytiradi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling