Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Gazlamaning to„zishga chidamliligi
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
Gazlamaning to„zishga chidamliligi
Gazlamalarning turli yemiruvchi omillarga chidash xususiyati to‗zishga chidamliligi deyiladi. Kiyim kiyib yurilganda unga yorug‗liq quyosh nurlari ta‘sir qiladi, u ishqalanadi, cho‗ziladi, bukiladi, eziladi, nam, ter ta‘siriga uchraydi, yuviladi, ki-myoviy tozalanadi, temperatura o‗zgarishlariga uchraydi va hokazo. Mexaniq fizik-kimyoviy va bakteriologik ta‘sirlarning murakkab kompleksi gazlamaning asta-sekin bo‗shashishiga va nihoyat, to‗zishiga olib keladi. Foydalanish jarayonida gazlamaga ta‘sir qiladigan omillarning xarakteri undan tayyorlangan buyumning xiliga va undan foydalanish sharoitiga bog‗liq. Masalan, ich kiyim ko‗p yuvilaverganidan to‗ziydi. YUvuvchi vositalar eritmalarida qaynatilganda havo kislorodi ta‘sirida sellyuloza oksidlanadi va , 100 H P H d S S S K 79 tolalarning pishiqligi pasayadi. YUvilganda gazlamaga ta‘sir qiladigan mexanik omillar, shuningdek dazmollaganda qizigan metallning ta‘siri gazlamani bo‗shashtiradi. Deraza pardalari yorug‗lik va quyosh nuri ta‘sirida pishiqligini yuqotadi. YUvilganda yoki kimyoviy tozalanganda ishqalanish va tozalovchi vositalar ta‘sirida ularning yorug‗lik eng ko‗p ta‘sir qilib turgan joylari to‗zib ketishi mumkin. Ustki kiyim-bosh asosan ishqalanish tufayli to‗ziydi. Tuzishning boshida kuo‗gina to‗qimachilik materiallarida pilling hodisasi kuzatiladi. To‗qimachilik buyumlari sirtida buralgan tolalar — pillar hosil bo‗lish protsessi pilling deb ataladi. Pillar buyumning eng ko‗p ishqalanadigan joylarida hosil bo‗lib, uning tashqi ko‗rinishini xunuklashtiradi. To‗qimachilik materiallarida pillar ulardan buyumlar tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni yuvish, kimyoviy tozalash jarayonida hosil bo‗lishi mumkin. Pillarning hosil bo‗lish va yo‗qolish sxemasi quyidagicha: tolalarning uchlari materiallar sirtiga chiqib tukdorlik hosil qilishi; pillar hosil bo‗lishi; pillarning material sirtidan uzilib tushishi. Tarkibida kalta tolalar va, ayniqsa, sintetik tolalar bo‗lgan gazlamalar, trikotaj, noto‗qima materiallar pillingga moyil bo‗ladi. SHtapel tolalar ichida poliefir tolalar eng ko‗p pilling hosil qiladi. Arqog‗i paxta ipdan iborat gazlamalar arqog‗i viskoza ipdan iborat gazlamalarga qaraganda ko‗proq pilling hosil qiladi. Ayiiqsa, astarlik materiallarning pillingga turg‗unligi juda muhim. To‗qimachilik materiallarining pillinglanuvchanligini aniqlash uchun pilling-tester deb ataladigan har xil priborlardan foydalaniladi. 10 sm 2 yuzidagi pillar soniga qarab materiallar pillinglanmaydigan, kam pillinglanadigan (1—2 ta pill) o‗rtacha pillinglanadigan (3—4 ta pill), juda pillinglanadigan (5—6 ta pill) gruppalarga bo‗linadi. Buyumlarning tuzishiga yorug‗lik va ko‗p marta egilishlar, cho‗zilishlar, ezilishlar katta ta‘sir kuo‗satadi. Kiyimlarda eng uchlari, shim pochalari, tirsaklar, tizza ko‗zlari, yoqa tezroq to‗ziydi. Xizmat muddatini uzaytirish uchun shim pochalariga va ba‘zi yeng uchlariga bortchali kapron tasma tikib qo‗yish tavsiya qilinadi. U gazlamaning to‗zishiga tusqinlik qiladi. Ayollar kiyimining bort chizig‗iga, yoqalariga va yenglarining uchlariga tesma tikilishi mumkin. Tesma ham kiyimni bezaydi, ham kiyim materialining tuzishiga yo‗l qo‗ymaydi. Sport buyumlari va ish kiyimlarining tizza va tirsaklariga pishiq ma-terialdan tizzalik va tirsakliklar qo‗yib ketiladi. Gazlamaning sirtiga chikib turgan iplarning bukilgan joylari ishqalanish ta‘sirida to‗ziy boshlaydi. Bu joylar gazlamaning tayanch sirti deb ataladi. 80 Gazlamaning tayanch sirtini kuchaytirish yo‗li bilan uning to‗zishga chidamliligini oshirish mumkin. Buning uchun uzun yopmali o‗rilishlar qo‗llaniladi. Boshqa ko‗rsatkichlar bir xil bo‗lgani holda atlas va satin o‗rilishlarda to‗qilgan gazlamalar ishqalanishga eng chidamli hisoblanadi. SHuning uchun ko‗pgina astarlik gazlamalar atlas va satin o‗rilishlarda to‗qiladi. Agar ishqalanish yo‗nalishi gazlamaning o‗ngiga chiqib turadigan iplar bo‗ylab ketsa, gazlama sekinroq to‗ziydi. Kiyim bichishda buni hisobga olish kerak Kapron gazlamalar va sintetik tolali gazlamalar ishqalanishga eng chidamli hisoblanadi. SHuning uchun jun gazlamalarning ishqalanishga chidamliligini oshirish maqsadida ular shtapel sintetik tolalar qo‗shib to‗qiladi. Masalan, junga 10 % shtapel kapron qo‗shilsa, gazlamaning ishqalanishga pishiqligi uch barobar oshadi. Tikuvchilar shuni esda tutishlari kerakki, gazlamalarni ho‗llash-dazmollash rejimining buzilishi, ya‘ni dazmolni o‗ta qizdirib yuborish va uzoq dazmollash gazlamalarning to‗zishini tezlashtiradi. Jun gazlamadagi xiyol eziladigan tuksiz joylarining pishiqligi va to‗zishga chidamliligi 50 % pasayadi. Ko‗p marta cho‗zilish, ezilish, buralish ta‘sirida gazlamaning strukturasi o‗zgaradi va iplar joyidan siljiydi. Buyumda plastik deformatsiya to‗planadi, gazlama cho‗ziladi, buyum shaklini yo‗qotadi. Tolalar asta-sekin to‗ziydi, gazlama yupqalashadi, siyraklashadi va emiriladi. Gazlamaning ko‗p takrorlanadigan mexanik ta‘sirlarga turg‗unligi chidamlilik deyiladi. Har bir gazlamaning chidamlilik chegarasi bo‗lib, bundan keyin unda qaytmas o‗zgarishlar paydo bo‗ladi va to‗planadi. Agar foydalanish jarayonida gazlamaga ta‘sir qiladigan kuchlar chidamlilik chegarasidan oshmasa, buyum uzoqda chidaydi. Kiyimning to‗zishi tashqi ta‘sirlarning murakkab kompleks ta‘siri natijasida yuz bergani va undan foydalanish sharoitiga bog‗liq bu‘lgani uchun hali to‗zishga chidamlilikni aniqlashning yagona metodi topilgan emas. YAngi tikuvchilik materiallarining to‗zishga chidamliligini ulardan tikilgan kiyimlarni kiyib ko‗rish yo‗li bilan aniqlash mumkin. Buning uchun sinaladigan materiallardan kiyimlar Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling