Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

 


137 
AMALIY MASHG`ULOT №8 
Mavzu: GAZLAMALARNING TEXNOLOGIK XOSSALARINI 
ANIQLASH 
 
Ishning 
maqsadi: 
gazlamalarning 
texnologik xossalarini aniqlash 
Gazlamalarning qirqishga qarshiligi, sirpanuvchanligi, 
titiluvchanligi 
Gazlamalarning qirqishga qarshiligi ularni taxlab bichishda muhim rol 
o‗ynaydi. Tola tarkibi, zichligi va pardoziga qarab, gazlama qirqishga turlicha
qarshilik ko‗rsatadi. 
Gazlamaning zichligini oshirish, appretlash, suv yuqtirmaydigan parda 
dqplash natijasida uning qirqishga qarshiligi ortadi. 
Sintetik gazlamalar va tarkibida sintetik tolalar ko‗p bo‗lgan gazlamalarning 
qirqishga qarshiligi eng yuqori, undan keyin zig‗ir tolali gazlamalar turadi, jun 
gazlamalarni qirqish esa eng oson. 
Sintetik gazlamalarning qirqishga qarshiligi kuchli bo‗lgani uchun ularni 
bichish paytida elektr bichish mashinasining pichog‗i ancha qiziydi, gazlama 
tolalari eriydi va pichoqqa yopishib qoladi. Gazlamaning qirqishga qarshiligini va 
pichoqning qizishini kamaytirish uchun bichish mashinalarining pichog‗i doim 
o‗tkir bo‗lishi kerak. 
Bichish va tikish paytida gazlamalar sirpanib ketishi mumkin. 
Sirpanuvchanlik gazlama sirtining xarakteriga, ya‘ni qo‗llaniladigan iplarning 
silliligi va o‗rilishiga bog‗liq bo‗ladi. Silliq gazlamalar taxlamda sirpanadi, bu esa 
polotnolarning su-rilishiga va bichiq detallarining buzilishiga olib keladi. Bunday 
gazlamalarni bichish uchun taxlamga kamroq polotno olinadi, qog‗oz qistirmalar 
ishlatiladi va gazlama taxlamlari maxsus qisqichlar bilan mahkamlab qo‗yiladi. 
Silliq gazlamalarni juda ehtiyot bo‗lib tikish kerak, chunki bichiq detallari sirpanib 
ketib, chok qiyshiq chiqishi mumkin. 
Gazlamaning titiluvchanligi — qirqilgan joylarda gazlama iplari chiqib 
ketib, shokila hosil bo‗lishi. 
Gazlamaning titiluvchanligi ip (kalava ip) ning xiliga, gazlamaning 
o‗rilishiga, zichligi va pardoziga bogliq. Silliq iplar ishlatish va uzaytirilgan 
yopmali o‗rilishlar qo‗llash natijasida gazlamalarning titiluvchanligi oshadi. Atlas 
va satin o‗rilishli gazlamalar polotno o‗rilishli gazlamalarga qaraganda osonroq 
titiladi, chunki yopmalari uzunroq va demak tanda va arqoq iplari bo‗shroq 


138 
bog‗langan bo‗ladi. Siyrak gazlamalar, shuningdek pishitilgan qayishqoq kalava 
ipdan to‗qilgan va nisbiy zichligi yuqori bo‗lgan gazlamalar titiluvchan bo‗ladi. 
Tukini 
kuydirish, 
tukini 
qirqish 
kabi 
pardozlash 
operatsiyalari 
gazlamalarning titiluvchanligini oshiradi, appretlash, bosish, presslash, eritmalar 
shimdirish kabi operatsiyatar esa titiluvchanligini kamaytiradi. 
Titiluvchanlikni organoleptik usulda aniqlash uchun gazlamadan 3×3 sm 
o‗lchamli namuna kesib olinadi, oldin igna bilan bir ip, keyin ikki, uch va hokazo 
iplar birga sug‗urib ko‗riladi. Agar birdaniga beshta ip osongina sug‗urilib chiqsa, 
bunday gazlama oson titiluvchan, agar 3—4 ta ip osongina sug‗urilib chiqsa, 
bunday gazlama o‗rtacha titiluvchan, agar bitta ip ham qiyinlik bilan sug‗urilib 
chiqsa, bunday gazlama deyarli titilmaydigan hisoblanadi. 
Tuki yaxshi kuydirilgan va yaxshi appretlangan gazlamalar, rezinalangan 
gazlamalar, plyonka qoplangan gazlamalar, sun‘iy charm, sun‘iy zamsha va shu 
kabilar deyarli titilmaydi. 
Kimyoviy kompleks iplar, ayniqsa, sintetik tolalardan to‗qilgan siyrak 
gazlamalar, tabiiy shoyi gazlama, silliq iplardan to‗qilgan atlas va satin o‗rilishli 
gazlamalar, pishitilgan kalava ipdan to‗qilgan kostyumlik va paltolik gazlamalar 
osongina titiladi. 
Titiluvchan gazlamalar bilan ishlaganda choklarga katta qo‗yim qoldiriladi, 
qirqilgan joylari titilib ketmasligi uchun yo‗rmab qo‗yiladi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling