Un-shudring Oq dog’lanish
Download 34.44 Kb.
|
Yong’oq mevali daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Oq dog’lanish
2.Un-shudringKasallik Evropada va Markaziy Osiyoda tarqalgan, jumladan O’zbekistonda ham qayd etilgan. Yong’oq barglarining ostki tomonida yupqa, keyin ko’rinmay ketadigan, mayin g’ubor paydo bo’ladi. Odatda kasallik juda kam uchraydi, daraxtlarga sezilarli zarar etkazmaydi va unga qarshi maxsus kurash choralari qo’llan-maydi. Shu bilan birga Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida un-shudring yong’oqzorlarga iqtisodiy zarar etkazishi e’tirof etilgan. Kasallik qo’zg’atuvchisi – Microsphaera juglandis askomitset zamburug’i. Konidiyalar ellips shaklli, ustida uzunasiga joy-lashgan chiziqchalari mavjud, 2230x11-14 mkm. Kleystotetsiylar tarqoq yoki kichik guruhlarda, ko’pincha barg tomirlari bo’ylab joylashgan, to’q-qo’ng’ir tusli, diametri 85-120 mkm. O’smalari 5-14 ta, radial yo’nalishda joylashgan, pastki qismi och-jigarrang va kleystotetsiy yaqinida septaga ega, butun uzunligi bo’yicha mayda bo’rtmalar bilan qoplangan, uchida 1-3 marta dixotomik shoxlangan, eng uchki shoxchalari burama shaklida qayrilgan. O’smalarning uzunligi 170 mkm gacha, eni ostki qismida 85 mkm gacha. Har bir kleystotetsiy ichida 3-5 xaltacha mavjud, ular keng ellips, tuxum yoki deyarli shar shaklli, 45-56x38-45 mkm, 6, ba’zan 3,4 yoki 8 sporali. Askosporalar ellips yoki uzunchoq tuxum shaklli, 11-25x7-11 mkm. 3.Oq dog’lanishKasallik O’zbekistonda Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida qayd etilgan, boshqa viloyatlarda ham tarqalgan bo’lishi mumkin. Zararlangan barglarda mayda, oqish-sarg’ish dog’lar paydo bo’ladi. Ular qo’shilib, qo’ng’ir tus oladi. Barglarning ostki tomonida oq g’ubor hosil bo’ladi. Novdalarda botiq, qo’ng’ir dog’lar rivojlanadi, dog’ tagidagi po’stloq quriydi va novdalar o’sishdan orkada qoladi. Odatda kasallik daraxtlarga sezilarli zarar etkazmaydi va unga qarshi maxsus kurash choralari qo’llanilmaydi. Kasallikqo’zg’atuvchisi – Microstroma juglandis bazidiomitset zamburug’i. Zararlangan barglarning ostki tomonida, tomirlar orasida joylashgan g’ubor qatlami zamburug’ning bazidiya va bazidiosporalaridan tashkil topgan. Bazidiyalar barg og’izcha-sidan chiqadi, ular to’qmoq shaklli (18x9-10 mkm). Bazidiosporalari uzunchoq tuxum shaklli, usti silliq, o’lchami 5-8x2-3 mkm. Download 34.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling