Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni
Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni
Download 55.76 Kb.
|
Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni
7. Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni.
Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlash jarayoni elevatorda boshlanadi. elevatorda don chiqindilardan A1-BIS-100 separatorida, keyin A1-BSF-50 separatorida tozalanadi va 15% gacha mayda don fraktsiyasi ajratib olinadi. Tozalangan don tegirmonning tayyorlash bo`limiga yuboriladi. Donni navli un tortishga tayyorlashning texnologik sxemasi asosida don elevatordan yig’uvchi bunkerlarga ikki oqim bilan alohida (shaffofligi yoki kleykovinasi yuqori va past bo`lgan donlar) kelib tushadi. Bunkerlardan keyin don ikki oqimda me`yorlagichlardan o`tib aralashtiruvchi shneklarga tushadi va avtomatik tarozida o`lchanadi. Bunda don ikki oqimda alohida mashinalarda chiqindilardan tozalanadi. Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va yengil chiqindilar separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16) ajratib olinadi. Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha bo`laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9) dondan ajratib olinadi. Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va A9-UTO-6) ajratiladi. Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga oshiriladi. Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan R3-BGO yoki R3-BMO-6 mashinalarida bajariladi. Bunda donning kuldorligi 0,03...0,04% gacha kamaytiriladi. Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni uch bosqichda bajariladi. Donga asosan gidrotermik ishlov berish, ya`ni namlash A1-BSHU-1, A1BSHU-2, A1-BMSH, A1-BAZ, A1-BUZ mashinalarida bajariladi va 13jadvaldagi ko`rsatkichlarga muvofiq bunkerlarda namiqtirish uch bosqichda donning shaffofligiga qarab amalga oshiriladi. onning tipidan bog’liq holda gidrotermik ishlov berish rejimlari
Donga birinchi marta gidrotermik ishlov berilgandan keyin oqimlar birlashtiriladi va ikkinchi marta gidrotermik ishlov berishga yuboriladi. Donga ikki marta gidrotermik ishlov berilgandan keyin donning yuzasiga yana bir marta RZ-BGO-8 yoki RZ-BMO-12 mashinalarida quruq ishlov beriladi. Keyin don magnit separatoridan o`tadi va R3-BEZ entoleytoriga yuboriladi. entoleytorda don urilishi natijasida strukturasi o`zgaradi, ya`ni endospermda yoriqlar soni ko`payadi. Don yengil chiqindilardan R3-BAB pnemvoseparatorida tozalanadi va birinchi yormalash sistemasidan oldin gidrotermik ishlov beriladi (0,5%gacha namlash, 20...30 minut namiqtirish). Donni un tortishga tayyorlash texnologik sxemasiga asosan tayyorlangan donning sifat ko`rsatkichlari maydalashdan oldin 14-jadvalda keltirilgan sifat ko`rsatkichlariga muvofiq bo`lishi shart. Download 55.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling