УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
topishirdi». «O‘rtoq kapitan kichik serjant Qosimov vzvod bo‘yicha
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vzvod bo’yicha navbatchi quyidagilarga majburdir
- «O‘rtoq kapitan. 1-chi tankchilar vzvodsida kechki
topishirdi». «O‘rtoq kapitan kichik serjant Qosimov vzvod bo‘yicha
navbatchilikni qabul qildi». So‘ngra vzvod bo‘yicha yangi navbatchi tarqatish brigada bo‘yicha navbatchi tomonidan berilgai barcha tanbexlar va ko‘rsatmalarni, shuningdek, navbatchilikni qabul qilish chog’ida aniqlangan bo‘zuqliklar va kamomadni ma’lum qiladi. Vzvod bo’yicha navbatchi quyidagilarga majburdir: - trevoga e’lon qilingan pallada shaxsiy tarkibni uyg‘otishii o‘tkazish, ofitserlar, shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni ogoh qilish, ular vzvodga yetib kelgunga qadar brigada bo‘yicha navbatchiniig ko‘rsatmalarini bajarishga; - vzvodda kun tartibining aniq bajarilishi ustidan nazorat qilib turish, belgilangan vaqtda shaxsiy tarkibni umumiy uyg‘otishni amalga oshirishga; - vzvodning turgan joyi va uni chaqirib olish tartibini, vzvoddagi naqd odamlarni, naryadda turganlar sonini, kasallarni, bandilarni (hibsga olinganlarni), 84 brigada qarorgohidan javob berilganlar yoxud guruhlar tarkibida jo‘natilganlarni, shuningdek, qurollarning joy-joyidaligini va aniq tarqatilganini bilishga; - faqat vzvod komandiri yoxud starshinasining buyrug‘i bo‘yicha qurolni, to‘pponchadan tashqari, qurol va o‘q-dorilar berish daftariga bu haqda qayd kiritgan holda berishga; - qurolni qabul chog‘ida uning raqami va uning butligini tekshirish; - qurol saqlash uchun xonaning kalitini doimo o‘z yonida olib yurish va hech kimga bermaslmkka; - vzvodda u yoki bu falokat sodir bo‘lgan hollarda va vzvod askarlari yoxud serjantlari o‘rtasida Nizomlar bilan joriy etilgan o‘zaro munosabatlarning qoidalari bo‘zilganda tartib o‘rnatishning kechiktirib bo‘lmas choralarini ko‘rishga va bu haqda zudlik bilan brigada bo‘yicha navbatchiga va vzvod komandiriga yoxud uning o‘rinbosariga, agar oxirgilari bo‘lmasa, vzvod starshinasiga bildiruv berishga; - vzvod o‘t o’chirish vositalarining joy-joyidaligi va holati hamda qurol saqlash uchun xonaning qo‘riqlash signalizatsiyasi, vzvodda o‘t o‘chirish xavfsizligi talablari (chekishga, buning uchun maxsus ajratilgan joydarda, harbiy kiyim-kechakni – faqat sushilkalarda quritishga ruxsat berish, pechlarda o‘t yoqish va chiroqlardan foydalanish qoidalari bajarilishi) ustidan nazorat qilib turishga; - brigada bo‘yicha navbatchining komandasiga ko‘ra kazarma eshiklarini zanjirlab yopish, tashrif buyuruvchilarga yo‘l berishni esa sigializatsiya qo‘ng‘iroq bo‘yicha dastlabki tanishib chiqishdan so‘nggina amalga oshirishga; - yong‘in sodir bo‘lganda o‘t o‘chirish guruhini chaqirish, uni o‘chirish bo‘yicha choralar kurish va brigada bo‘yicha navbatchi va vzvod komandiriga zudlik bilan bildiruv berish, shuningdek, xavf taxdid solayotgan xonalardan odamlarning chiqishi va qurollarni olib chiqish bo‘yicha choralar ko‘rishga; - posbonlarni o‘z vaqtida almashtirish; - vzvod starshinasi buyrug‘iga ko‘ra ishga tayinlangan bo‘linmalarni va turli guruxlarni jo‘natish, shuningdek, barcha kasallarni va shifokor ko‘rigidan o‘tishi zarur bo‘lganlarni tibbiyot punktiga yuborishga; 85 - belgilangan soatda brigada qarorgohidan javob berilganlarni safga tizish, bu haqda vzvod starshinasiga bildiruv berish va uning buyrug’iga ko‘ra ularni brigada bo‘yicha navbatchiga tanishtirishga; - xizmat ishlari bo‘yicha vzvod xonasidan chiqib ketayotganda, shuningdek, o‘z dam olishi vaqtida o‘z majburiyatlari ijrosini bo‘sh smenadagi posbonlardan biriga topshirishga; - kechki yo’qlamadan keyin vzvod starshinasidan hozir bo‘lmaganlar haqida ma’lumot, o‘zboshimcha ketib qolganlar mavjud bo‘lganda esa bunday harbiy xizmatchilarning harbiy unvoni, familiyasi , ismi va otasining ismi, taxmin etilgan turgan joylari ko‘rsatilgan ro‘yxatini olish va brigada bo‘yicha navbatchiga bildiruv berishga. Masalan: «O‘rtoq kapitan. 1-chi tankchilar vzvodsida kechki Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling