УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy parklar
89 VII-bob. PARKLARDAGI ICHKI XIZMAT XUSUSIYATLARI. PARK ICHKI XIZMATINING UMUMIY QOIDALARI Park deb qurol-aslaha va harbiy texnikani saqlash, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va jangovar qo‘llashga gay holatga keltirish uchun jihozlangan hududga aytiladi. 26 Parklar doimiy va dalabop bo‘lishi mumkin. Doimiy parklar – brigada doimiy joylashgan yerlarda va poligonlarda (lagerlarda) jihozlanadi. Bunda qurol-aslaha va harbiy texnika yopiladigan omborlarda yoxud ayvonlar ostida,shuningdek, ishonchli to‘silgan maydonchalarda joylashtiriladi. Parkda park bo‘yicha navbatchi, inspektsiya-texnika punkti boshlig‘i, harakat xavfsizligi, haydovchilar, katta mashinalar va park bo‘yicha naryadga yo‘l-yo‘riq berish uchun xonalari bo‘lgan inspektsiya-texnika punkti jihozlanadi; yoqilg‘i quyish punkti, tozalash va yuvish punktlari, har kunlik texnikaviy xizmat ko‘rsatish punkti (maydonchasi), texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash punkti, qurol-aslaxa va harbiy texnikani saqlash joyi va ularni jangovar qo‘llashga tayyorlashni ta’minlash uchun inshoatlar, texnikaga xizmat jihozlanadi. 27 Doimiy parklar 31-rasm. Doimiy park 32-rasm. Doimiy parkning sxemasi 26. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 212 bet 27. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 212 bet 90 Dalabop parklar – harbiy qismning (bo‘linmaning) dala sharoitidagi muvaqqat qarorgohi huzurida tashkil etiladi. Ular odatda har bir batal’on (rota) uchun quriladi. 28 Parkning tuzilishi va jihozlanishi mashinalarning tez va qulay chiqishini ta’minlashi lozim. Park hududi bo‘linmalarga biriktirilgan qismlarga ajratiladi. Qismlarning chegarasi belgilar bilan belgili qilinadi. Doimiy park hududi to‘siladi, atrof- muhitni himoya qilish me’yorlari va qoidalariga rioya qilishni ta’minlovchi qo‘riqlashning texnik vositalari, uskunalar bilan jihozlanadi, ko‘kalamzorlash- tiriladi va yoritiladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling