УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Dalabop parklar 
32-rasm. Dalabob parkning 1 33-rasm. Dalabob parkning 2 namunasi
Parkning barcha imoratlari, imoratlar darvozalari va park darvozasiga raqam 
o‘rnatiladi.
Parkka, shuningdek, park ichidagi xonalarga va maxsus inshoatlarga harakat 
uchun doimiy yaroqli holatda saqlanadigan yo‘llar qurilgan va yo‘laklar aniq 
bog‘langan bo‘lishi lozim. Yozgi quruq havoda yo‘llarga suv purkaladi, qishda esa 
qordan tozalanadi.
Park hududi bo‘ylab yo‘ldan tashqarida yurish va ulov haydash man etiladai. 
Parkdagi barcha yo‘llarda yo‘nalishlar va mashinalarning harakatlanish tezlik 
ko‘rsatkichlari va boshqa yo‘l belgilari o‘rnatiladi.
Parkda ichki xizmatni tashkil etish uchun, qurol-aslaha va harbiy texnika 
28. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 212 bet
 


91
to‘g‘ri saqlanishi va qo‘riqlanishi uchun, maxsus inshootlar, omborlarning 
saqlanishi uchun, tozalik saqlanishi hamda yong‘inga qarshi va tabiatni asrash 
tadbirlarning bajarilishi uchun brigada komandirining qurol-aslaha bo‘yicha 
o‘rinbosari, bu mansablar ro‘yxatida ko‘zda tutilmagan joyda esa brigada 
avtomobil xizmatining boshlig‘i yoxud texnik xizmatlardan birining boshlig’i 
javob beradi.
Bo’linmaga birkitilgan qurol-aslaha, harbiy texnika, xonalar va park 
qismining saqlanishi uchun bo‘linma komandiri javob beradi.
Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ularning yo‘nalishdan har bir 
qaytishidan so‘ng, shuningdek, me’yorlashtirishda belgilangan yo‘l bosishdan 
(zo’riqib ishlashdan) va saqlanishdan so‘ng o‘tkaziladi. Bundan tashqari
mashinalarga mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish ham amalga oshiriladi. 
Qurol-aslaha va harbiy texnikani ko‘zdan kechirish va ularga xizmat 
ko‘rsatish, shuningdek, parklarni to‘liq qurib bitkazish va obodonlashtirish ishlari 
park, park-xo‘jalik kunlarida va qurol-aslaha va harbiy texnikaga qarov uchun 
ajratilgan vaqtlarda o‘tkaziladi. 
Xizmat ko‘rsatilgan qurol-aslaha va harbiy texnika to‘xtash joyiga tiziladi. 
Yilning sovuq mavsumida isitilmaydigan saqlash joylarida va parkning ochiq 
maydonchalarida harorat juda past bo‘lganda dvigatellarning sovutish tizimidan 
suv to‘kib tashlanadi, qurol-aslaha va harbiy texnikadan akkumulyator batareyalari 
yechib olinadi. Bunda: «Suvi to‘kilgan», «Akkumulyator batareyasi yechib 
olingan» degan taxtabitiklar osib qo‘yiladi.
Xizmat ko‘rsatilmagan qurol-aslaha va harbiy texnikani to‘xtash joyiga 
tizish man etiladi. Parkdan tashqarida, o‘q-dorilar va bashqa moddiy vositalar 
yuklangan va omborlarning hududida, qorovul tomonidan qo‘riqlanayotgan 
mashinalar bundan mustasno, mashinalarni saqlash man etiladi.
Brigada komandiri qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rigini o‘tkazish 
chog‘ida parklarning holatini ham tekshiradi. 
Mashinalar brigada komandiri yaqindagina tasdiqlagan naryad bo‘yicha, 
texnik jihatdan soz va xizmat kursatilgan xolda, haydovchi shaxsini va mashinani 


92
boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatga ega, yo‘nalish oldidan tibbiy 
tarqatishdan o‘tgan va yo‘nalishga chiqishga ruxsat berilgan, ularga birkitilgan 
haydovchilar bilan, brigada komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari 
(qurol-aslaha va harbiy texnika ekspluatatsiyasi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs) 
imzolagan va texnika nazorati punkti boshlig‘ining mashinaning soz holati 
to‘g‘risidagi qaydiga, shuningdek park bo‘yicha navbatchining spidometr 
ko‘rsatkichlari 
va 
parkdan 
chiqish 
vaqti 
to‘g‘risidagi 
belgisiga 
ega 
rasmiylashtirilgan yo‘l varaqalari bilan parkdan chiqariladi. Mashinalardan 
foydalanish haydovchilarga mashinalarga hizmat ko‘rsatish, ularni yo‘nalishga 
tayyorlash va dam olish uchun vaqt berishni hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
Naryadda ko‘zda tutilmagan mashinalarni parkdan chiqarish mustasno 
hollarda va faqat brigada komandirining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Dam olish va bayram kunlarida mashinalarni parkdan chiqarish eng oz 
miqdorgacha qisqartiriladi.
Ikki va undan ortiq mashina yo‘nalishga jo‘natilayotganda kolonna boshlig‘i 
tayinlanadi.
Odamlar va portlovchi moddalarni kolonna tarkibida toshiyotganda ham, 
yakka mashinalar bilan tashiyotganda ham harbiy mashinaga mashina kattasi 
tayinlanadi. Mashinalarning kattalari boshqa hollarda brigada komandirining 
qaroriga ko‘ra zarur bo‘lgandagina tayinlanadi.
Kolonna boshlig‘i (mashina kattasi) yo‘l harakati qoidalarini biladigan 
ofitserlar, yoxud serjantlar orasida tayinlanadi. U topshirilgan vazifaning bajarilishi 
va mashinadan (mashinalardan) to‘g‘ri foydalanishi uchun, mashinalardagi 
(mashinadagi) shaxsiy tarkibning intizomi va ularning xavfsizlik talablariga rioya 
qilish uchun javob beradi.

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling