УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
RAG‘BATLANTIRISH TURLARI VA ULARNI QO‘LLASH TARTIBI
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Askarlar, matroslar va serjantlarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirishlar Askar va matroslarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirish ko‘rinishlari quydagilardir
RAG‘BATLANTIRISH TURLARI VA ULARNI QO‘LLASH TARTIBI. HARBIY XIZMATCHILARNI RAG‘BATLANTIRISH. Rag‘batlantirish harbiy xizmatchilarni tarbiyalashning va harbiy intizomni mustahkamlashning muhim vositasidir. 31 Har bir komandir (boshliq) ushbu Nizomda berilgan huquqlar doirasida o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni ko‘rsatgan jasorati, foydali tashabbusi, tirishqoqlik va a’lo xizmati uchun rag‘batlantirishi lozim. 31. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi.T-1996y 12 bet 104 Agar komandir (boshliq) o‘rnak ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha o‘z huquqlarini yetarli deb hisoblamasa, u rag‘batlantirish bo‘yicha o‘zidan katta komandir (boshliq)ga murojaat qilishi mumkin. Harbiy burchini bajarishdagi jasorati va mardligi, qo‘shinlarga namunali rahbarligi va boshqa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlati oldidagi beqiyos xizmatlari uchun, jangovar tayyorgarlikdagi yuqori natijalari, yangi qurol- aslaha va harbiy texnikalarning namunalarini a’lo darajada o‘zlashtirganligi uchun boshliqlar brigada komandiri tomonidan, unga tenglar va undan yuqori lavozimdagilar, shuningdek, intizomiy hokimiyatga 11-moddaga binoan ega bo‘lgan batal’on komandiri (3-rang kema) mavqeidagi alohida harbiy qism komandirlari o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni davlat mukofotlariga taqdim etish uchun tavsiya berish huquqiga egadirlar. Askarlar, matroslar va serjantlarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirishlar Askar va matroslarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirish ko‘rinishlari quydagilardir: a) oldin berilgan intizomiy ta’zir choralarini bekor qilish; b) minnatdorchilik e’lon qilish; v) harbiy xizmatchining yurtiga yoki xizmatgacha bo‘lgan o‘quv joyi (ish joyi)ga uning harbiy burchni namunali bajarayotgani va rag‘batlantirish olganligi to‘g‘risida xabar berishi; g) Faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘a yo pul bilan mukofotlash; d) harbiy xizmatchini harbiy qism Jangovar Bayrog‘i yonida suratga olish bilan taqdirlash; e) serjantlar (starshinalar)ga ular shtat bo‘yicha egallab turgan lavozimidagi harbiy unvonidan bir pog‘ona yuqori harbiy unvon berish; J) a’lochining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash; z) askar, matros, serjant, starshinalarning familiyasi, ismini, otasining ismini harbiy qism (kema)ning Hurmat Kitobiga kiritish. i) askar, matros, serjant, starshinalarga (harbiy-o‘quv yurti kursantlari bundan istisno) yo‘lga ketgan vaqtdan tashqari 10 sutkagacha ta’til berish. 105 Harbiy xizmatni shartnoma asosida askar, matros, serjant, starshina lavozimida o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga yuqorida rag‘bat ko‘rinishlarining «v» va «i» punktidan boshqa barchasi qo‘llaniladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling