99
- parkdagi ozodalik va tartib ustidan nazorat qilib turishga;
- park
xonalarida va hududida, maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarni
istisno qilganda, chekish va o‘t yoqishga yo‘l qo‘ymaslikka;
- mashinalar faqat park bo‘yicha navbatchining ruxsati bilan to‘xtash joyidan
(joyiga) olib chiqib ketilishi (qo‘yilishini) nazorat qilib turishga;
- yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan park bo‘yicha navbatchiga bildirish va
uni o‘chirish choralarini ko‘rishga;
- parkdagi barcha tartibbuzarliklar to‘g‘risida park bo‘yicha navbatchiga
bildirishga majburdir.
Navbatdagi posbon parkka kirishda qo‘yiladi, bo‘sh
turgan smenadagi
posbon esa parkdagi ish vaqtida park hududida bo‘ladi va ichki tartib, o‘t o‘chirish
xavfsizligi qoidalari bajarilishi ustidan nazorat qilib turadi va park bo‘yicha
navbatchining ruxsatisiz hech qayoqqa jilmaydi.
100
VIII-bob.
INTIZOMIY NIZOMNING UMUMIY QOIDALARI.
RAG‘BATLANTIRISH TURLARI VA ULARNING QO‘LLASH TARTIBI.
INTIZOMIY NIZOMNING UMUMIY QOIDALARI.
Harbiy intizom - bu barcha harbiy xizmatchilarning qonun,
harbiy Nizomlar
tomonidan, komandirlar (boshliqlar) buyruqlari bilan belgilangan tartib va
qoidalarga qat’iy va aniq rioya etilishidir.
30
Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchiniig O‘zbekiston
Respublikasini
himoya qilishga bo‘lgan harbiy burch va shaxsiy ma’suliyat, o‘z xalqiga mislsiz
sadoqatini his qilishiga asoslanadi.
Harbiy xizmatchilarda yuksaq intizomni tarbiyalashning asosiy usuli –
ishontirishdir. Ammo ishontirish o‘z harbiy burchiga
sidqidildan yondoshmagan-
larga nisbatan majburiy choralar ko‘rishni istisno etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: