УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
BO‘LINMADA YUKSAQ HARBIY INTIZOMNI TA’MINLASH
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
BO‘LINMADA YUKSAQ HARBIY INTIZOMNI TA’MINLASH
BO‘YICHA KOMANDIRLARNING (BOSHLIQLARNING) MAJBURIYATLARI. Harbiy qismda (bo‘linmada) yuqori harbiy intizom joriy etish uchun komandir quyidagilarga majbur: - qo‘l ostidagilarning shaxsiy fazilatlarini o‘rganishi, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni harbiy nizomlarda ko‘rsatib berilgan qoidalar asosida qo‘llab quvvatlashi; - harbiy jamoani jipslashtirish, turli millatga mansub harbiy xizmatchilar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashi; 102 - shaxsiy tarkibdagi harbiy intizom va ahloqiy-ruhiy xolatni bilishi, qo‘l ostidagilarning komandirlar (boshliqlar) talabi va harbiy intizomni mustaxkamlash bo‘yicha vazifa va usullarini yakdil anglab yetishlariga erishishi, ularning harbiy intizomni mustahkamlashiga rahbarlik qilishi va shaxsiy tarkibning ahloqiy-ruhiy holatini bilishi, rag‘batlantirish va intizomiy ta’zir choralarini qo‘llash amaliyotiga o‘rgatishi; - xizmatni o‘tash qoidalarining buzilishi hollarini zudlik bilan bartaraf etishi, harbiy qism (bo‘linma) jangovarligiga raxna soluvchi har qanday xatti-harakatning kat’iyat bilan oldini olishi, huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishi va jinoyat, boshqa kor-hol va xatti-harakatlarni ogohlantirish bo‘yicha ish olib borishi; - qo‘l ostidagilarni harbiy intizom talablarini so‘zsiz bajarish va yuksaq ijrochilik ruhida tarbiyalash, ularda shaxsiy g‘urur, harbiy sha’n va harbiy burch tuyg‘usini ustirishi va qo‘llab-quvvatlashi; - harbiy qism (bo‘linma)da harbiy intizomning, ayniqsa harbiy xizmatchilar orasida o‘zaro munosabatlarda Nizom qoidalarining, ijtimoiy adolat ko‘rinishlarining buzilishiga murosasizlik kayfiyati yaratilishi va bunda oshkoralikdan keng foydalanishi; - o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarning ahloqiy-ruhiy holati va harbiy intizomini muntazam tahlil qilib borishi; - o‘z vaqtida va xolislik bilan bu haqida o‘zidan yukori lavozimdagi komandir (boshliq)ga hisobot berishi, jinoyat va kor-hollarda esa zudlik bilan xabar qilishi lozim. Harbiy xizmatchining huquqiy va ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida qayg‘urish, uning shaxsiyatini, milliy g‘ururini hurmat qilish komandir (boshliq)ning muhim vazifasidir. Harbiy intizomning buzilishi, jinoyat va boshqa xatti-harakatlarni xaspo‘shlashga xizmat qilgan komandir (boshliq) javobgarlikka tortiladi. Komandir (boshliq) o‘z qo‘l ostidagilarga yaqin bo‘lishi, ularning talab va ehtiyojini bilishi va uning qondirilishiga erishishi, qo‘l ostidagilarning shaxsiy g‘ururini toptalmasligi va yerga urilmasligini ta’minlashi, ularga doimo qonun, harbiy nizom va buyruqlarni kat’iy bajarishda namuna bo‘lishi, ahloqiy pokizalik, 103 halollik, kamtarlik va to‘g‘rilikda o‘rnak bo‘lishi lozim. Har bir harbiy xizmatchi uning huquqdari va qonuniy ehtiyojlarining himoya qilinishiga to‘la ishonishi, komandir (boshliq) tomonidan uning shaxsiyatiga daxilsizlik ta’minlanishiga, o‘z sha’ni va g‘ururi hurmatlanishiga g‘amxo‘rlikni his qilishi kerak. Komandir (boshliq)ning harbiy intizomni ta’minlash borasidagi faoliyati harbiy qism (bo‘linma)dagi qonunbuzarliklarning umumiy miqdori bilan emas, balki ular tomonidan qonunlar va harbiy nizomlarga to‘la rioya qilish, o‘zining intizomiy hokimiyatidan to‘g‘ri foydalanishi va tartib o‘rnatish uchun o‘z vazifasini bajarishi hamda harbiy intizom buzilishining o‘z vaqtida oldini olishi bilan belgilanishi kerak. Harbiy intizomni buzgan biror kimsa ham javobgarlikdan bo‘yin tovlamasligi va begunoh biror kimsa nohaq jazoga tortilmasligi kerak. Harbiy intizom nizomi tartiblari va talablariga rioya qilish uchun zarur shart- sharoit yaratib bermagan, ularni amalga oshirish tadbirlarini ko‘rmagan komandir (boshliq) javobgarlikka tortiladi. Komandir (boshliq) faoliyatining bevosita natijasi sifatida yuz bermagan jinoyat, hodisa va kor-hol uchun yoki ularning oldini olish to‘g‘risidagi ogohlantirishidan so‘ng ham chora ko‘rilmagan hollarda, u javobgar bo‘lmaydi. Har bir harbiy xizmatchi tartib va intizom o‘rnatilishida komandirga (boshliqqa) ko‘makchi bo‘lishi keraq. Bu ishdan bo‘yin tovlagan harbiy xizmatchi javobgarlikka tortiladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling