УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100
Ishga naryad 
Harbiy xizmatchilarni ishga naryad uchun brigada bo‘yicha buyruqda qaysi 
bo‘linmalar ishga tayinlanishi, ish turi, uning davomiyligi qanaqa, bo‘linma qaysi 
vaqtda qaerga va kimning ixtiyoriga yetib kelishi lozimligi ko‘rsatiladi. Ishga 
ajratilgan bo‘linmalar ofitserlar, praporshchiklar yoxud serjantlar orasidan 
tayinlanuvchi o’z komandirlari yoxud kattalari boshchiligida yetib keladilar. 
Kutilmagan ishlar uchun naryad tayinlash brigada shtabi boshlig‘i tomonidan 
o‘tkaziladi. 


81
Ishlarning xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash uchun bo‘linma ixtiyoriga 
berilgan botliq javob beradi. Bo‘linma komandiri (guruh kattasi) shaxsiy tarkib 
tomonidan xavfsizlik talablari bajarilishini nazorat qilishga majburdir. 
Harbiy xizmatchi ayollarni mehnat to‘g‘risidagi qonunlarda ular uchun 
belgilab qo‘yilgan oxirga me’yorlardan oshib tushadigan og‘ir tokni ko‘chirish va 
siljitish bilan bog‘liq ishlarga tayinlash man etiladi. 
Sutkalik naryad tayyorgarligi va uni tarqatish. 
Harbiy qism shtabi yangi oy boshlanishiga 5-6 sutka qolganda bo‘linma 
komandirlariga o‘z o‘rnini egallash kunlarini va sutkalik naryad tarkibini ma’lum 
qiladi. 
Sutkalik naryad tayyorlanadigan bo‘linma komandirlari shaxsiy tarkibni 
saralash va uni xizmatini o‘tashga tayyorlanish, sutkalik naryadning brigadaning 
tegishli mansabdor shaxslari mashg‘uloti (yo‘l-yo‘riqnomasini) va tarqatishga o‘z 
vaqtida yetib kelishiga javob beradi. 
Naryad arafasidagi tunda sutkalik naryadga tayinlangan shaxslar barcha 
mashg’ulotlar va ishlardan ozod etilishlari lozim. Shtatsiz o‘t o‘chirish guruhida 
tayinlangan 
o‘t 
o‘chirish 
naryadi 
brigada 
qarorgohida 
o‘tkazilayotgan 
mashg‘ulotlar va ishlardan ozod etilmaydi. 
Sutkalik naryad shaxsiy tarkibi kun tartibida ko‘rsatilgan soatda xizmat 
o‘rnini egallaydigan soatdan oldin kamida 3 soat, qorovul o‘rini egallaganda esa 
kamida 4 soat xizmatni o‘tashga tayyorgarlik ko‘rish, shu jumladan amaliy 
mashg‘ulotlar o‘tkazish va kamida 1 soat dam olish (uxlash) uchun berilishi lozim. 
Vzvoddan (batareyadan) tayinlangan sutkalik naryad shaxsiy tarkibini
qorovuldan tashqari, tayyorlash starshina yoxud vzvodning mansabdor shaxsi 
tayinlagan shaxs tomonidan o‘tkaziladi. Batal’ondan (diviziondan) yoxud harbiy 
qismdan tayinlangan sutkalik naryadning tayyorgarligi tegishli komandirlar 
tomonidan tashkillantiriladi va ularning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladi. 
Qorovulning tayyorgarligi O‘zbskiston Respublikasi Qurolli Kuchlariniig 
Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomiga muvofiq amalga oshiriladi. 


82
Brigada bo‘yicha buyruqda belgilangan sutkalik naryad shaxslari xizmat 
bo‘yicha tayinlanganlikka muvofiq belgilangan vaqtda brigada komandiri 
o‘rinbosariniig yoxud brigada komandiri buning uchun tayinlagan boshqa 
mansabdor shaxslarning ho‘zuriga mashg‘ulotga (yo‘riqnomaga) yetib keladilar. 
Mashg‘ulotlarda (yo‘riqnomalarda) harbiy Nizomlarning qoidalari, yo‘l-
yo‘riqlar va xavfsizlik talablari o‘rganiladi, shuningdek, naryad shaxsiy tarkibining 
o‘z maxsus majburiyatlarini bilishi tekshirib ko‘riladi. 
Amaliy mashg’ulotlar naryad o‘rnini egallash kuni kun tartibida ko‘rsatilgan 
soatda, sutkalik naryad xizmatni o‘tashi uchun jihozlangan xonalarda (joylarda), 
bo‘linma qarorgohida yoxud xizmatni o‘tash joylarida o‘tkaziladi. 
Sutkalik naryadning bir necha shaxslari avtomatlar (karabinlar) bilan 
qurollantirilgan paytda, zarur bo‘lgan hollarda, qurol qo‘llanadigan amallar 
bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkaziladi. 
Tarqatishga chiqishgacha 15 minut qolganda sutkalik naryad xizmatni 
o‘tashga va o‘z navbatchilari va qorovul boshlig‘i tomonidan brigadani o‘z 
komandasi ostiga olishiga tayyor bo‘lishi lozim. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling