УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


va mustaqilligi uchun jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan»


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
va mustaqilligi uchun jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan» deb bildirish 
beradi. 
Shundan so‘ng vzvod starshinasi vzvod shaxsiy tarkibini nomma-nom ro‘yxat 
bo‘yicha tekshiradi. O‘z familiyasini eshitgan har bir kishi: «Men» deb javob 
beradi. Yo‘q bo‘lganlar uchun bo‘lim komandiri javob beradi, masalan: 
«Qorovulda», «Ta’tilda»
Yo‘qlama tugashi bilan vzvod starshinasi «Erkin» komandasini beradi, har 
bir harbiy xizmatchiga ma’lum bo‘lmog‘i shart bo‘lgan buyruq va buyurishlarni, 
ertangi kunga naryadni e’lon qiladi va trevoga va yong‘in hollari uchun jangovar 
hisob-kitob o‘tkazadi (aniqlashtiradi), guruh komandirlarining o‘rinbosari ertangi 
kunning navbatdagi yig‘ishtiruvchilarini tayinlaydilar. Belgilangan soatda 
«Uyquga» signali beriladi, navbatchi yoritqich yondiriladi va mutlaq jimjitlik 
o‘rnatiladi. 
Vzvod komandiri yoxud vzvod ofitserlaridan birortasi ertalabki ko‘rik yoxud 
kechki yo‘klamada hozir bo‘lgan paytlarda vzvod starshinasi ko‘rik (yo‘qlama) 
natijalari to‘g‘risida unga bildiruv beradi.
Brigada rejasi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan umumbatalion yoxud umumbrigada 
kechki yo‘qlamalari o‘tkaziladi. Kechki yo‘qlama o‘tkazish joyi yoritilgan bo‘lishi 
shart. 
Umumbatalion (brigada) yo‘qlamalarida batalionning (brigadaning) butun 
shaxsiy tarkibi hozir bo‘lishga majburdir. 


77
Butun shaxsiy tarkibning nomma-nom ro‘yxat bo‘yicha yo‘qlamasini vzvod 
komandirlari o‘tkazadilar va yo‘qlama natijalari to‘g’risida batalion komandiriga 
bildirish beradilar. 
Umumbrigada yo‘qlamasida batalionlar va alohida bo‘linmalarning 
komandirlari yo‘qlama natijalari to‘g‘risida brigada komandiriga bildirish 
beradilar. 
NONUSHTA, TUSHLIK VA KECHKI OVQAT 
 
Kun tartibida belgilangan soatda taom tayyorlash tugallangan bo‘lishi shart, 
nonushta, tushlik va kechki ovqat orasi 7 soatdan oshmasligi kerak. 
Taom tarqatilishi boshlangunga qadar shifokor (feldsher) brigada bo‘yicha 
navbatchi bilan birgalikda taomlar sifatini tekshirishlari, portsiyalarni nazorat tortib 
ko‘rinshi o‘tkazishlari, shuningdek, oshxona xonalarining, oshxona idishlari va 
asbob-anjomlarining sanitariya holatini tekshirishlari kerak. Shifokor (feldsher) 
xulosasidan so‘ng taom brigada komandiri yoxud uning ko‘rsatmasiga ko‘ra 
brigada komandirining o‘rinbosarlaridan biri tomonidan sinab yeb ko‘riladi. 
Tekshirish iatijalari taom tayyorlash ustidan nazorat hisob-kitobi daftariga 
qayd etib boriladi. 
Belgilangan vaqtda brigada bo‘yicha navbatchi taomlarni tarqatishga ruxsat 
beradi. 
Askarlar va serjantlar oshxonaga top-toza kiyim-kechak va poyafzalda, vzvod 
starshinasi yoxud uning ko‘rsatmasiga ko‘ra guruhlar komandirlarining 
o‘rinbosarlaridan birining qo‘mondonligi ostida saf bilan yetib kelishlari lozim. 
Ovqat yeyish vaqtida oshxonada tartibga rioya qilinishi shart. Bosh kiyimda, 
shinellarda (isitadigan kurtkalarda) va maxsus (ishchi) kiyim-kechak rusumida 
ovqat yeyish man etiladi. 
Sutkalik naryad shaxslari brigada komandiri belgilagan vaqtda ovqat oladilar. 
Brigada tibbiyot punktidagi kasallarga taom gospital payogi me’yori bo‘yicha 
tayyorlanadi va alohida yetkazib beriladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling