УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
 
 
 
 
 
 
 


66
Bo’linmadagi yuvinish xonasi va hojathonaning joylashishi 
24-rasm. Yuvinish xonasi 25-rasm. Hojatxona 
26-rasm. Dushxona
Ustaxonalar, parklar, novvoyxonalar, non zavodlari va oshxonalar qoshida, 
bundan tashqari, iliq dushxona jihozlanishi zarur, qo‘lyuvgichlar oldida esa sovun 
va sochiq turishi kerak. 
Vodoprovod bo‘lmagan paytda isitiladigan xonalarda novli qulyuvgichlar 
o‘rnataladi; ularda kecha-kunduz suv bo‘lishi kerak. Qo‘lyuvgichlarni toza suv 
bilan to‘ldirishdan oldin qolgan suv to‘kiladi, qulyuvgichlar tozalanadi, iflos suv 
olib chiqiladi va buning uchun ajratilgan joyga to‘kib tashlanadi. 
Harbiy kiyim-kechak va poyafzalni tozalash uchun alohida, maxsus 
jihozlanish xona yoxud joy ajratiladi. 
Maxsus ajratilgan va jihozlangan xonalarda yoxud joylarda chekishga ruxsat 
beriladi. 


67
Maishiy xizmat (ko‘rsatish) xonasi kiyim-kechagi dazmollash uchun stollar, 
harbiy xizmatchilarning harbiy rusumdagi kiyim-kechakni kiyishi, kiyim-kechak 
va poyafzalni ta’mirlash qoidalari ko‘rsatilgan plakatlar, oynalar bilan jihozlanadi 
va stullar (taburetkalar), dazmollarning zarur miqdori, shuningdek, soch olish, 
harbiy kiyim-kechak va poyafzalning joriy ta’mirini o‘tkazish usun anjomlar, 
asboblar, tugma va ta’mirlash ashyolari bilan ta’minlanadi. 
27-rasm. Maishiy xizmat (ko‘rsatish) xonasi
28-rasm. Kiyim-kechak va poyafzal uchun sushilka
 
Brigadaga madadga kelgan shaxsiy tarkib kecha-kunduz davomida alohida 
xonaga joylashtiriladi. Bu muddatda chuqurlashtirilgan tibbiy tekshirish 
o‘tkaziladi, emlash bajariladi, belgilangan me’yorlar va ularni qaddi-bastiga qarab 
harbiy kiyim-kechak, poyafzal beriladi; madad shaxsiy tarkibi bilan harbiy 


68
xizmatga chaqiruvga qadar ko‘rilgan harbiy tayyorgarlikni takomillashtirish 
bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 
Brigada bo‘yicha buyruq bilan madadga kelgan shaxsiy tarkibdan alohida 
bo‘linma shakllantiriladi, bo‘linma komandiri, uning shaxsiy tarkib bilan ishlash 
bo‘yicha o‘rinbosari tayinlanadi, ofitserlar, serjantlar va askarlarning zaruriy 
miqdori (nafari) komandirlar va yo‘riqchilar sifatida ajratiladi. 
Chaqirilganlarning shaxsiy buyumlari (poyafzal, kiyim-kechak) tartibga 
solinadi, bo‘yichaga tugiladi va harbiy qism tomonidan tekin askariy posilkalar 
bilan ko‘rsatilgan manzilga jo‘natiladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling