УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
HARBIY XIZMATCHILARNING JOYLASHISHI
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har bir vzvodni joylashtirish uchun quyidagi inshootlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim
- Dam olish uchun xonalar
- Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar
HARBIY XIZMATCHILARNING JOYLASHISHI Brigada komandiri brigadaning barcha inshootlari va hududini bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlaydi. Harbiy shaharchada bir necha harbiy qismlar joylashganida, inshootlar va hududular o’rtasida garnizon boshlig‘i tomonidan taqsimlanadi. 20. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 120 bet 59 Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar, kemada bo‘lgan matros va starshinalardan tashqari, kazarmalarda joylashtiriladi. Har bir vzvodni joylashtirish uchun quyidagi inshootlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim: - uxlash xonasi; - ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik xonasi; - vzvod kantselyariyasi; - qurol saqlash uchun xona; - qurol tozalash uchun xona (joy); - sport mashg’ulotlari uchun xona (joy); - maishiy xizmat (ko’rsatish) xonasi; - vzvod mulki va harbiy xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash uchun g‘azna; - chekish va poyafzal tozalash uchun xona (joy); - kiyim-kechak va poyafzal uchun sushilka; - yuvinish uchun xona; - dushxona; - xojatxona. Har bir batal’on tasarrufiga: batal’on komandiri, uning o’rinbosari, batal’on shtabi uchun, mashg‘ulotlarga tayyorgarlik, yig‘ilishlar va ofitserlar dam olishi uchun xonalar ajratiladi. Dam olish uchun xonalar 16-rasm. 17-rasm. 60 18-rasm. 19-rasm. Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun brigadada maxsus sinflar jihozlanadi. Har bir qismda jangovar shon-sharaf (tarix) xonasi jihozlanadi va harbiy sharaf hurmat kitobi yuritiladi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar: Oilalari – brigada qarorgohidan tashqarida, oilasizlari esa – brigada qarorgohidagi yotoqxonalar yoxud kazarmalarniig xonalarida joylashtiriladi. Ayni chog‘da harbiy xizmatchi ayollar uchun alohida yotoqxona (uxlash inshootlari), mashg‘ulotlarga tayyorgarlik, yig‘ilishlar va bo‘sh vaqt uchun xonalar, dush va hojatxonalar, shuningdek, tashkiliy, xizmat ko‘rsatish xonalari va yuvinish uchun xonalar jihozlanadi. Vzvod starshinasi lavozimini egallagan praporshchik va michmanlar (oilasi bilan yoxud oilasizlar) brigada qarorgohida yoxud uning yaqinida joylashtiriladi. Vzvod starshinasi yoxud ofitserlar va praporshchiklar bilan butlanadigan lavozimlarni egallagan muddatsiz xizmat serjantlari kazarmaning alohida xonalariga joylashtirilishi mumkin. Harbiy-o‘quv muassasalarning kursantlari kazarmalarda muddatili xizmat askarlari va serjantlari uchun belgilab qo‘yilgan tartibda joylashtiriladi. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar oshxonalarda, non zavodlarida, tibbiyot punktlarida, qozonxonalarda, ishlab chiqarish va omborxona inshootlarida, klublarda, parklarda va angarlarda shuningdek, kazarmaning o‘quv va xizmat xonalarida uxlashi map etiladi. 61 Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarni uxlash xonalarida joylashtirish bir kishiga kamida 12 kub metr hajmda havo to‘g‘ri kelishi hisobidan o‘tkaziladi. Krovatlar uxlash xonalarida vzvodning belgilangan lavozim ro‘yxatiga muvofiq ketma-ketlikda joylashtiriladi va shunday o‘rnatiladiki, ulardan har biriniig yonida ikki joyda birga siljitilganlari yonida krovat oldi javonchalar uchun joy, krovatlar qatorlari orasida esa shaxsiy tarkib bemalol saf tortishi uchun bo‘sh joy qolishi kerak. Krovatlarni bir tekislikka rioya qilgan holda tashqi devordan ko‘pi bilan 50 sm o‘zoqlikda joylashtirish kerak. Krovatlar bir xil (andozali) bo‘lishi lozim. 21 Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling