УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Qurol saqlash xonalari 
22-rasm. Qurollarni saqlash uchun javon 23-rasm. Qurol saqlash xonasi jixozlanishi 
Qurol terilgan piramida, to‘pponchalar va o‘q-dorilar joylashgan javonlar va 
qutilar. shuningdek, qurol saqlash uchun xona qulflab yopilishi va mumli 
(mastikali) muhr bilan; piramidalar va xona – vzvod bo‘yicha navbatchining muhri 
bilan; to‘pponchalar va o‘q-dorilar joylashgan javonlar va qutilar – vzvod 
starshinasining muhri bilan muhrlanishi zarur. 
Qurol saqlash uchun xona va piramidalarning kalitlari har doim vzvod 
bo‘yicha navbatchida, to‘pponchalar va o‘q-dorilar joylangan jangovar javonlar, 
qutilarning kalitlari esa vzvod starshinasida turishi kerak. Kalitlarni berish man 
etiladi. 


64
Ehtiyot kalitlar vzvod komandirining ixtiyorida temir qutida (qutichada) 
qulflab yopiladigan xatlangan quvurchada (tubusda, pepalda) saqlanadi. Qurol 
saqlash uchun xonada bu xonada saqlanayotgan piramidalar, javonlar, qutilar, 
stendlar, shiorlar va boshqa mulklarning miqdori qayd etib qo‘yilgan mulk ro‘yxati 
osib qo‘yiladi. Ro‘yxatda javonlarning raqami va ular qanday muhr bilan 
xatlangani ko‘rsatiladi. 
Har piramidaga, javonga, qutiga mas’ul shaxsning bo‘linmasi, harbiy unvoni, 
familiyasi va ismi-sharifi, piramida (javon, quti) raqami va u xatlangan muhrning 
raqami ko‘rsatilgan yorliqlar yopishtiriladi. 
Piramidaga (javonga, qutiga) unda saqlanayotgan qurol va mulkning turlari va 
miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxat osib qo‘yiladi. Piramidaning har bir uyasida 
(javonida) qurol turi va raqami va gazniqob raqami, shuningdek, ular birkitilgan 
shaxsning harbiy unvoni, familiyasi va ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan yorliq 
yopishtirilgan bo‘lishi lozim. 
Qurol saqlash uchun xonada, piramidalar, javonlar, qutilarda bo‘lgan barcha 
ro‘yxatlar vzvod komandiri tomonidan imzolanadi. 
Bitta xonada bir necha bo‘linmalarning qurollari va o‘q-dorilari saqlanadigan 
hollarda brigada bo‘yicha buyruq bilan qurollar va o‘q-dorilarni joylashtirish, 
saqlash va saqlanish tartibi uchun mas’ul tayinlanadiki, uning o‘zi xona mulklari 
ro‘yxatlarini imzolaydi. 
Batal’on (brigada shtabi va xizmatlari) ofitserlari va serjantlarining shaxsiy 
qurollari, ularga berilgan o‘qlar va radioaktiv nurlanish dozasini o‘lchagichlar 
vzvodlardan biridagi (brigada shtabidagi) qulf osiladigan temir javonda saqlanadi. 
Ayni chog‘da o‘qlar ularning saqlanishi uchun javob beruvchi ofitser tomonidan 
muhrlanadigan, qulf osiladigan alohida temir qutida saqlanadi. Ofitserlar va 
serjantlarga sutkalik naryadni o‘tash uchun beriladigan o‘qlar qutidan tashqarida – 
javonda saqlanshi ham mumkin. Javon vzvod starshinasi (brigada bo‘yicha 
navbatchi) tomonidan muhrlanadi. Brigada bo‘yicha navbatchining yonida bo‘lgan 
ofitserlarning shaxsiy qurollari, o‘qlar va radioaktiv nurlanish dozasini 


65
o‘lchagichlar turish javon, bundan tashqari, qorovul boshlig‘iga yashirin ulangan 
elektrtovushli jaranglagichga (signalizatsiyaga) ega bo‘lishi lozim. 
Batal’on ofitserlari va serjantlarning shaxsiy qurollari turgan javon va o‘q 
solingan qutilarning kalitlari vzvod komandirining moddiy ta’minot bo‘yicha 
yordamchisida, brigada shtabi va xizmatchilari, ofitserlari va serjantlariniki – 
brigada bo‘yicha navbatchida saqlanadi. 
To‘pponchalar va ularning o‘qlarini berish va qabul qilish tartibi brigada 
komandiri tomonidan belgilanadi. 
Qorovullar va navbatchi bo‘linma uchun ular kalitlari va muhrlari vzvod 
starshinasida saqlanuvchi qulf osilish va muhrlangan temir kutilarda turishi lozim. 
Har bir qutida o‘q-dorilar miqdori ro‘yxati bo‘lishi shart. O‘q solingan qutilar 
qurollar terilgan piramida yaqinida o‘rnatiladi. 
Qorovullar bir necha bo‘linmalardan tayinlanadigan harbiy qismlarda 
qorovullar uchun o‘qlarni harbiy qism bo’yicha navbatchining xonasida saqlashga 
ruxsat beriladi. 
Shtatsiz qurol bilan xizmatni o‘tayotgan bo‘linmalar o‘q-dorilarni ombordan 
qurol bilan bir vaqtda oladilar. 
Sport bilan shug‘ullanish uchun xonalar (joylar) sport trenajyorlari
gimnastika anjomlari, toshlar, gantellar va boshqa sport anjomlari bilan 
jihozlanadi. 
Vzvodda 15-20 kishiga bitta jumrak (dush to‘ri) to‘g‘ri kelishini mo‘ljallab 
dushxona jihozlanadi, 5-7 kishiga bitta jo’mrak (chumdak) to‘g‘ri kelishini 
mo‘ljallab qo‘l yuvgichlar va kamida ikkita suvi oqib ketadigan (oqavali) vanna 
o‘rnatiladi, shuningdek, harbiy xizmatchilar askariy kiyim-kechagini yuvishi 
uchun joy jihozlanadi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling