УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Askarning (matrosning) majburiyatlari


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Askarning (matrosning) majburiyatlari 
Askar (matros) tinchlik va urush davrida quyidagilarga majbur: 
- o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni va unga berilgan topshiriklarni 
aniq va o‘z vaqtida bajarilishiga; 
- o‘z qurolining, unga ishonib topshirilgan harbiy texnikaning ishga yaroqli 
holati va unga berilgan mulkining saqlanishi uchun javob beradi. 
U quydagilarga majburdir: 
- o‘zining Qurolli Kuchlar jangchisi burchini teran anglashi, harbiy xizmat 
majburiyatlarini namunali bajarishga;
- komandirlar (boshliqlar) nimani o‘rgatsa, barchasini egallashga; 
- o‘z to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlarining, brigada komandirini qo‘shgan holda, 
lavozimini, harbiy unvoni va familiyasini bilishga; 
- komandirlar (boshliqlar) va kattalarni xurmat-izzat qilish, xizmat bo‘yicha 
o‘rtoqlarning or-nomusi va qadr-qimmatini e’zozlash, askariy xulq, yurish-turish 
va harbiycha salomlashish qoidalariga rioya etishga: 
- o‘zini kun sayin chiniqtirib borish, o‘z jismoniy tayyorgarligini 
takomillashtirish, shaxsiy va jamoat gigienasi qoidalariga rioya qilishga; 


57
- hamisha rusum bo‘yicha va saranjom-sarishta kiyinishga; 
- qurollar va harbiy texnikani muqammal bilish va har doim ishga yaroqli, 
toza, jangga shay holatda turishga; 
- kiyim-kechak va oyoq kiyimni asrab kiyish, ularni o‘z vaqtida va pishiq-
puxta tuzatish, ko‘rsatilgan joyda har kuni tozalash va saqlashga; 
- qurol bilan muomala qilayotgan paytda, texnika bilan ishlashda va boshqa 
hollarda, xavfsizlik talablarini, shuningdek, yong’indan saqlanish talablarini qat’iy 
bajarishga; 
- brigada qarorgohi hududida ma’lum vaqt biror yoqqa chiqish zarur bo‘lgan 
hollarda bo‘lim komandiridan ijozat so‘rash, qaytgandan so‘ng esa kelgani 
to‘g‘risida unga bildiruv berishga; 
- brigada qarorgohidan tashqarida yurgan paytda qadr-qimmati va obro‘sini 
bilish, jamoat tartibini buzishga va noharbiy aholiga nisbatan nojo‘ya ishlarga yo‘l 
qo‘ymaslikka majburdir. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling