УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
Buyurish – shtab boshlig’i harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i) 
nomidan yoxud garnizon harbiy komendanti garnizon boshlig‘i nomidan 
chiqaruvchi idora qilish xizmat hujjati hisoblanadi.
19 
Komandir (boshliq) buyruq berishdan oldin vaziyatni har tomonlama 
baholashga va uning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ko‘zda tutishga 
majburdir. U berilgan buyruq va uning oqibatlari uchun, buyruqning qonunlariga 
muvofiq kelishi uchun, shuningdek, berilayotgan buyruqda mansabni suiste’mol 
qilish va huquq doirasidan yoxud xizmat vakolatlaridan chetga chiqish uchun va 
uning bajarilishi bo‘yicha tadbirlar ko‘rmaganlik uchun javobgar bo‘ladi. Buyruq 
aniq shakllantirilgan, ikki xil talqinga yo‘l qo‘ymaydigan va bo‘ysunmaydigan va 
bo‘ysunuvchida shubha uyg‘otmaydigan bo‘lishi lozim. Buyruq (buyurish) 
qonunlari va harbiy Nizomlarning talablariga muvofiq kelishi lozim. 
Buyruqlar bo‘ysunganlik yo‘sinida beriladi. O‘ta zarur bo‘lgan hollarda katta 
komandir bo‘ysunuvchiga uning bevosita boshlig‘ini chetlab o‘tgan holda buyruq 
berishi mumkin. Shunday hollarda u bu haqda bo‘ysunuvchining bevosita 
18. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 21 bet
19. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 22 bet


50
boshlig‘iga xabar qiladi yoxud bo‘ysunuvchiga uning o‘zi bevosita boshlig‘iga 
bildiruv berishini buyuradi. 
Komandirning (boshliqning) buyrug‘i so‘zsiz, aniq va muddatida bajarilish 
shart. Buyruq olgan harbiy xizmatchi: «Xo‘p bo‘ladi» deb javob beradi va shundan 
keyin uni bajaradi. 
Komandir (boshliq) o‘zi bergan buyruqning to‘g‘ri tushunilganiga ishonch 
hosil qilishi zarur bo‘lib qolganda, uni qisqacha takrorlashni talab qilishi, buyruq 
olgan harbiy xizmatchi esa komandirga (boshliqqa) uni takrorlashni iltimos qilib 
murojaat etishi mumkin. 
Harbiy xizmatchi berilgan buyruqning bajarilishi to‘g‘risida buyruqni bergan 
boshliqqa va o‘zining bevosita boshlig‘iga bildiruv berishga majburdir. 
Harbiy xizmatchilariga harbiy xizmatga aloqasi bo‘lmagan yoxud qonunni 
buzishga yo‘naltirilgan buyruqlar, buyurishlar berilishi, topshiriqlar yuklanishi 
mumkin emas.
Agar buyruqni bajarayotgan harbiy xizmatchi xizmat maqomiga ko‘ra, 
boshqa katta boshliqdan birinchisini bajarishga xalaqit beradigan yangi buyruq 
olsa, ushbu haqda ikkinchi buyruqni bergan boshliqqa bildiruv beradi va 
tasdiqlangan taqdirdagina oxirgisini bajaradi. Yangi buyruqni beruvchi bu haqda 
birinchi buyruqni bergan boshliqqa xabar qiladi. 
Harbiy xizmatchi unga berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarish 
maqsadida oqilona tashabbus ko‘rsatishga majburdir. Oqilona tashabbus olingan 
buyruq keskin o‘zgargan vaziyatga to‘g‘ri kelmay qolgan, sharoit esa yangi buyruq 
olinishini taqozo etmaydigan hollarda nihoyatda zarur hisoblanadi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling