45
Sinf mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan paytda
«Rostlan»,
«Turilsin, Rostlan»
yoxud
«O’rtoq ofitserlar» komandalari har bir mashg‘ulot oldidan yoki u tugashi
bilan beriladi.
«Rostlan»,
«Turilsin, Rostlan» yoxud
«O‘rtoq ofitserlar»
komandasi komandirga (boshliqqa)
bildiruvdan oldin, agar bu paytda boshqa
harbiy xizmatchilar ishtirok etayotgan bo‘lsalargina beriladi, ular bo‘lmaganda esa
komandirga (boshliqqa) faqat bildiruv beriladi.
Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda safda
turish askarlar komanda
berilmasdan qad rostlagan holatga o‘tadilar. Vzvod komandiri va undan yuqori
bo‘lganlar bundan tashqari qo‘llarini bosh kiyimlariga qadaydilar.
Safdan tashqarida bo‘lgan harbiy xizmatchi Davlat madhiyasi ijro etilayotgan
paytda
safona qadrost holatiga kiradi, agar bosh kiyimi bo‘lsa, qo‘lini unga
qadaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: