УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman»


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman» deb javob beradi. 
Agar komandir (boshliq) harbiy qism, bo‘linmani tabriklasa, bunday paytda u 
cho‘zib-cho‘zib uch karra «Ura» deb javob beradi, agar komandir (boshliq) 
minnatdorchilik bildirsa, harbiy qism, bo‘linma «O‘zbekiston Respublikasiga 
sadoqat bilan xizmat qilamiz» deb javob beradi. 
 
 
 
 
 
 


47
IV-боб.
KOMANDIRLAR (BOSHLIQLAR) VA ASOSIY MANSABDOR 
SHAXSLARNING MAJBURIYATLARI. 
 
YAKKABOSHCHILIKNING PRINSIPLARI 
Yakkaboshchilik - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qurilishining

unga 
rahbarlik 
qilishning 
va 
harbiy 
xizmatchilar 
o‘rtasidagi 
o‘zaro 
munosabatlarning printsiplaridan biri sanaladi. U boshliqqa bo‘ysunuvchilarga 
nisbatan idora qilish hokimiyatining butun to‘laligicha berilishida va harbiy qism

bo‘linma va har bir harbiy xizmatchining hayoti va faoliyatining hamma jihatlari 
uchun davlat oldida shaxsiy javobgarlik uning zimmasiga yuklanishida o‘z 
ifodasini topadi.
17
Yakkaboshchilik boshliqning vaziyatni har tomonlama baholashdan kelib 
chiqqan holda yolg‘iz o‘zi qaror qabul qilish
, qonun va harbiy Nizomlarning 
talablariga qat’iy muvofiq ravishda buyruqlar berish va ularning bajarilishini talab 
qilish huquqida mujassamlashgandir. 
Buyruqlarning muhokama qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi
, bo‘ysunmaslik yoxud 
buyruqni boshqacha ijro etmaslik harbiy jinoyat sanaladi. O‘z xizmat maqomi va 
harbiy unvoniga ko‘ra ayrim harbiy xizmatchilar boshliqlarga nisbatan boshliq 
yoxud buysunuvchi bo’lishi mumkin, boshliq bo‘ysunuvchiga buyruqlar berishi va 
ularning ijrosini talab qilish huqukiga ega. 
O‘z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra ayrim harbiy xizmatchilar 
boshqalarga nisbatan boshliq yoxud bo’ysunuvchi bo’lishi mumkin. Boshliq 
bo‘ysunuvchiga buyruqlar berish va ularning ijrosini talab qilish huquqiga ega. 
Boshliq bo‘ysunuvchi uchun xushmuoshlalik va bosiqlik namunasi bo‘lishi va 
takallufsizlikka ham, noxolislikka ham yo‘l qo’ymashligi lozim. Bo‘ysunuvchining 
insoniy qadr-qimmatini poymol etuvchi harakatlari uchun boshliq javobgar 
bo‘ladi. 
17. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 19 bet


48
Bo‘ysunuvchi boshliqning buyruqlarini so‘zsiz bajarishga majburdir. Agar u 
o‘ziga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lingan deb hisoblasa, buyruqni bajarib
shikoyat qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining noharbiy 
xodimlaridan bo‘lgan shaxs egallagan lavozimiga muvofiq bo‘ysinuvchilar uchun 
boshliq hisoblanadi. 
Harbii xizmatchilar, xizmat yuzasidan, hatto vaqtincha bo‘lsa ham, 
bo‘ysundirilgan boshliqlar bevosita boshliqlar xisoblanadi. Bo‘ysunuvchiga 
yaqinroq bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliq bevosita boshliq deb ataladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling