УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
KOMANDIRLAR VA MANSABDOR SHAXSLARNING
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- U quydagilarga majburdir
KOMANDIRLAR VA MANSABDOR SHAXSLARNING MAJBURIYATLARI. Vzvod komandiri tinchlik va urush davrida quyidagilarga majbur: - vzvodning jangovar tayyorgarligi va vzvod jangovar vazifalarining muvaffaqiyatli bajarilishi uchun; 51 - shaxsiy tarkibniig jangovar tayyorgarligi, tarbiyasi, harbiy intizomi va axloqiy-ruhiy holati uchun; - vzvodda ichki tartibning saqlanishi uchun; - vzvod qurol-aslahasi, harbiy texnikasi va boshqa mulkining saqlanishi va holati uchun; vzvod xo‘jaligini yuritish uchun javob beradi. Vzvod komandiri batal’on komandiriga bo‘ysunadi va vzvod butun shaxsiy tarkibining to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlig‘i sanaladi. Vzvod komandiri vzvod shaxsiy tarkibining o‘qitilish va kundalik tarbiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilotchisi sanaladi. U quydagilarga majburdir: - vzvodda jangovar tayyorgarlikni tashkil etish; - har hafta uchun mashg’ulotlar jadvalini tuzish, ofitserlar, serjantlar bilan, shuningdek, vzvod shaxsiy tarkibi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish, jangovar vazifalarni bajarish chog‘ida vzvodni mohirona boshqarishga; - vzvod askarlari, serjantlari, ofitserlarining bilimi va amaliy ko‘nikmasini tekshirishga; - vzvod har bir harbiy xizmatchisining harbiy unvoni, familiyasi, millati, xizmat muddati, egallagan mansabi yoxud ixtisosi, oilaviy ahvoli ishchanlik qobiliyati va axloqiy-ruqiy sifatlarini bilish, ular bilan askariy tarbiya bo‘yicha yakka tartibdagi ishlarni muntazam o‘tkazishga; - harbiy xizmatga qabul qilish uchun shuningdek, harbiy-o‘quv yurtlariga kirish uchun nomzodlar tanlovini amalga oshirishga; - askar va serjantlarni navbatdagi harbiy unvon berilishiga taqdim etish, bo‘sh lavozimlarni egallash uchun munosiblarni ko‘rsatishga; - shaxsiy tarkib joylantirilishini tashkil etish, vzvodda ichki tartib, harbiy intizomni saqlash; - unga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilarning tashqi ko‘rinishi va o‘zini tuta bilishiga, ularning harbiy kiyim-kechak rusumini kiyish qoidalarini bajarishiga, anjom-aslaha, kiyim-kechak va poyafzalning to‘g‘ri moslashiga ko‘z-quloq bo‘lishga; 52 - vzvoddan tayinlanadigan sutkalik naryad shaxsiy tarkibining tayyorgarligini tashkil etish va u xizmatni o‘tashini nazorat qilishga; - har hafta jangovar tayyorgarlik, harbiy intizom va ichki tartib holatining yakunlarini chiqarishga; - vaqt-vaqti bilan vzvoddagi uyg‘otish va kechki yo‘qlamada ishtirok etishga; - vzvod qurol-aslahasi va harbiy texnikasidan foydalanish qoidalarini, tuzilishini bilishga; - vzvod qurol-aslaha, harbiy texnikasi va boshqa moddiy vositalarining o‘z vaqtida olinishini, to‘g‘ri foydalanilishi va ta’mirlanishini tashkil etish; - oyda kamida bir marta ularning joy-joyidaligini, holati va hisobini tekshirish, qurol-aslaha, harbiy texnika va o‘q-dorilar ko‘rigi (tekshirish) natijalarini qurol-aslaha, harbiy texnika va o‘q-dorilar ko‘rigi (tekshirish) daftarida qayd etib quyishga; - vzvod qurol-aslahasi va harbiy texnikasi tayyorgarligini o‘quv yoxud mashg‘ulotlarga har bir chiqish oldidan, shuningdek, mashg‘ulot va o‘quvlardan qaytgandan so‘ng ularning joy-joyidaligini tekshirish; - qurol-aslaha va harbiy texnika talofati, ishdan chiqishi va buzilishidan ogoxlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishga; - mashg‘ulotlar, o‘q otish mashklari, o‘quvlar va ishlar o‘tkazilayotgai paytda shaxsiy tarkib tomonidan xavfsizlik talablari bajarilishini ta’minlashga; - vzvodning muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilariga pul nafaqalarining o‘z vaqtida bsrilishini ta’minlash, o‘z bo‘ysunuvchilari turmushi xususida g‘amxo‘rlik qilish va ularning extiyojlarini anglab yetish, ular shaxsiy gigena qoidalariga rioya etishi ustidan nazorat qilib turishga; - vzvod uchun ajratilgan barcha xonalarning saqlanishi va to‘g‘ri ekspluatatsiyasi ustidan, vzvodga biriktilgan hudud qismining toza saqlanish ustidan, shuningdek, vzvodda yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazilishi ustidan nazorat qilib turishga; 53 - vzvod shaxsiy tarkibi hisobini yuritish, uning ro‘yxatdagi, amaldagi va tarqatilish bo‘yicha miqdorini, qurol-aslahasi, har biy texnikasi va boshqa moddiy vositalarning joy-joyidaligi, holatini hamisha aniq bilish; - oyda bir marta shaxsiy tarkib ning, shuningdek, moddiy vositalarning vzvod hisob-kitobini brigada hisob-kitob ko‘rsatkichlari bilan muqoyasa qilishga; - vzvod xo‘jaligiga rahbarlik qilishga. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling