УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Harbiy xizmatchilarning yotoqxonalari


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Harbiy xizmatchilarning yotoqxonalari 
20-rasm. Harbiy oily bilim yurtlari 21-rasm. Harbiy qism muddatli harbiy 
kursantlarining yotoqxonasi xizmatchilarning yotoqxonasi
Krovatlarni uxlash xonalarida bir yoxud ikki qavatli qilib joylishtirish 
mumkin. Ko‘rsatgan jasoratlari uchun vzvod ro‘yxatiga abadiy yoxud faxriy askar 
(matros) sifatida kiritilgan harbiy xizmatchilar uchun uxlash xonasida ko‘zga tez 
tashlanadigan joyda har doim namunali holatda saqlanadigan krovat o‘rnatiladi. 
Krovat ustida ramkada qahramonning surati va uning jasorati tavsifi osib qo’yiladi. 
Krovat oldi javonchada: yuqoridagi qutichada atirsovun vaustara, 
dastro‘mollar, ichyoqalar va boshqa mayda shaxsiy buyumlar saqlanadi. 
Javonchada kitoblar, Nizomlar, fotoalbomlar, yozuv qurollari, shuningdek, kiyim 
va poyafzal tozalash uchun asboblar saqlanishi mumkin. 
21. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 123 bet


62
Kazarmada 
joylashtirilgan 
harbiy 
xizmatchitlarning 
to‘shagi 
adyol, 
choyshablar, jildli yostiqlar va ko‘rpadan iborat bo‘lishi kerak. To‘shaklar bir xilda 
to‘g‘rilab qo‘yilgan bo‘lishi darkor. To‘shakda kiyim-kechakda (dam olayotgan 
vzvod navbatchisidan tashqari) va oyoq kiyimda o‘tirish, cho‘zilish man etiladi. 
Shinellar, dalabop paxtali kurtkalar va shimlar, nimshubalar, bosh kiyimlar
to‘ldirilgan qopchalar kazarma xonasida o‘rnatilgan maxsus javonlarda; po‘lat 
qalpoqlar, gazniqobdan tashqari, shaxsiy himoya vositalari stellajlarda; bayram-
dam olish kiyim-kechaklari va ishchi kiyim-kechak vzvod mulki va harbiy 
xizmatchiilarning buyumlarini saqlash uchun javonlarda saqlanadi. Maxsus kiyim 
uxlash xonasidan tashqarida saqlanadi. Muvofiq sharoit mavjud bo‘lishda kiyim-
kechak, sport anjomlari va xizmatchilarning shaxsiy buyumlari individual 
javonlarda (uyalarda) saqlanishi ham mumkin. 
Kiyim-kechakning barcha turlarini saqlash uchun joy harbiy xizmatchiga 
biriktirib qo‘yiladi, harbiy unvoni, familiyasi va ism-sharifi ko’rsatilgan 
yorliqchalar bilan belgili etiladi. 
Kundalik kiyim-kechak va bel kamari uyqudan oldin taburetkaga batartib va 
bir xilda joylashtiriladi, poyafzal krovatning oyoq uchi tomonida bo‘ladi. Kiyimlar, 
ichkiyim va poyafzal zarur bo‘lganda sushilkada quritiladi. 
Fotoapparatlar, magnitofonlar, radiopriyomniklar va boshqa maishiy 
radioelektron texnikani saqlash va foydalanish tartibi muddatli xizmatdagi harbiy 
xizmatchilar uchun komandir tomonidan belgilab qo‘yiladi. 
O‘q otish qurollari va o‘q-dorilar, shu jumladan o‘quv bo‘linmalarida, 
derazasi temir panjarali, sutkalik naryad shaxslarining doimiy qo‘riqlashi ostida 
bo‘lgan alohida xonalarda saqlanadi. Xona eshigi brigada bo‘yicha navbatchiga 
ulangan elektrtovushli signalizatsiya bilan jihozlangan ko‘zatish tuynugiga ega 
bo‘lishi va xona ichkarisida ochilishi (yoniga siljishi) lozim, panjarali temir 
eshiklar yoxud ikki tomonga ochiladigan devor o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. 
Pulemyotlar, avtomatlar, karabinlar, miltiqlar va qo‘l granatomyotlari, 
shuningdek, nayza-pichoqlar (nayzalar) piramidalarda saqlanishi, to‘pponcha va 
o’q-dorilar esa qulf osiladigan temir javonlarda yoxud qutilarda saqlanishi lozim. 


63
Piramidalarda, shuningdek, piyoda askarlar belkuragi va gazniqoblar ham 
saqlanadi. 
O‘quv yarog‘i va o‘quv o‘q-dorilari jangovarlaridan alohida saqlanishi lozim. 
Alohida piramida bo‘lmagan hollarda o’quv yarog‘ini jangovari bilan birga 
saqlashga ruxsat beriladiki, bunda uning saqlanishi «O‘quv yarog’i» degan yozuv 
bilan ajratib ko‘rsatishadi. 
O‘quv to‘pponchalari bo‘linma serjantlarining jangovar to‘pponchalari bilan 
birga saqlanadi. Sport qurollari jangovarlari bilan birga saqlanadi. U saqlanayotgan 
joy «Sport qurollari» yozuvi bilan ajratib ko’rsatiladi. O‘quv va sport qurolini va 
o‘quv patronlarini berish jangovar qurol, o‘q-dori berilishi singari o‘tkaziladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling