УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
XONALARNI TUTISH. 
Brigadaning barcha imoratlari va xonalari hamda xududi har doim ozoda va 
tartibli saqlanishi kerak. Har bir boshliq imoratlar va xonalardan to‘g‘ri 
foydalanilishi uchun, mebellar, anjomlar va jihozlarning yaxshi saqlanishi uchun 
javob beradi. Imoratlarning barcha xonalari va old tomonlari belgilangan tusdagi 
bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim.
22
Barcha xonalar raqamlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Har bir xonaga 
kiraverishdagi eshikning tashqi tomonida uning raqami va vazifasi ko‘rsatilgan 
bitik taxtacha, har bir xonaning ichkarisida esa unda bo‘lgan mulkning (mebellar, 
anjomlar) va jihozlarning ro‘yxati osib qo‘yiladi. 
Xona mebeli, anjomlari va barcha jihozlari ich tomonidan raqamlab chiqiladi 
va vzvod kantselyariyasida saqlanuvchi hisob-kitob daftariga qayd etib qo‘yiladi. 
Mebel, anjomlar va jihozlar xona uchun zarur bo‘lgan buyumlar sanaladi va 
brigada komandirining ruxsatisiz bir bo‘linmadan boshqasiga tashib o‘tilishi 
mumkin emas. Mebel, anjomlar va jihozlarni bir harbiy shaharchadan boshqasiga 
tashib o‘tish man etiladi. 
Uxlash xonalarida yoxud boshqa xonalarda shaxsiy tarkib uchun ko‘zga 
tashlanib turgan joyda maxsus taxtada kun tartibi, mashg‘ulotlar jadvali, naryadlar 
varaqalari, shaxsiy tarkib joylashishining tarhi, mulk ro’yxati va zarur yo’l-
yo‘riqlar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 
22. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 129 bet


69
Bo‘linmalarda (xonalarda) osib qo‘yiladigan su’ratlar va kartinalar yog‘och 
hoshiyada, plakatlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar esa ensiz uzun 
taxtachalarda bo‘lishi lozim. Barcha xonalarda gul o‘stirishga, derazalarga 
saranjom yakrang pardalar osishga ijozat beriladi. Pastki qavatlarniig shahar 
kuchalariga qaragan derazalarining oynalari zarur bo‘lgan balandlikkacha xira 
bo‘lishi yoxud oq bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Vzvodga kiraverishdagi 
eshik, zarur bo‘lganda, kuzatish tirqishchasi, ishonchli ichki tamba va bo‘linma 
bo‘yicha posbonga ulangan tovushli jaranglagich bilan jihozlanishi mumkin.
Bunday holda pastki qavatlarning derazalariga ichkaridan zanjirlanadigan 
panjara o‘rnatiladi. 
Suvo‘tkazgich quvurlar (vodoprovod) bo‘lgan barcha maishiy xonalarda suv 
ichish favvorachalari jihozlanadi, suv o‘tkazgich quvurlar bo‘lmagan joyda esa 
ichimlik suv solingai qulf osib yopilgan bakchalar o‘rnatiladiki, ular ham 
favvorachalar bilan jihozlanadi. Bakchalar har kuni vzvod bo‘yicha navbatchi 
nazorati ostida chayqalib to‘kiladi va toza ichimchik suv bilan to‘lg‘iziladi, haftada 
bir marta ularning dezenfektsiyasi o‘tkaziladi. Bakchalarning kaliti vzvod bo‘yicha 
navbatchida saqlanadi. 
Barcha xonalar yetarli miqdorda axlat qutilari, chekish uchun joy esa - suvli 
(yuqumsizlantiruvchi suyuqlikli) axlat qutisi bilan ta’minladi. Xonaga 
kiraverishdagi tashqi eshiklar yonida poyafzalni loydan tozalash uchun moslamalar 
va axlat qutilari bo‘lishi lozim. 
Xonalarni har kunlik yig’ishtirish vzvod bo‘yicha navbatchining to‘g‘ridan-
to‘g‘ri rahbarligi ostida navbatchi farroshlar (yig‘ishtiruvchilar) tomonidan 
o‘tkaziladi. Navbatchi farroshlar mashg‘ulotlardan ozod etilmaydi. 
Navbatchi farroshlar krovatlar va krovat oldi tumbochkalar ostidan axlatlarni 
supurib-sidirishga, krovatlar qatori orasidagi yo‘laklarni supurishga, pollarni ho‘l 
latta bilan ishqalab artishga, axlatni belgilangan joyga chiqarib tashlashga, 
derazalar, eshiklar, javonlar, qutilar va boshqa jihozlarning changini artishiga, 
kechqurundan qo‘l yuvg‘ichlarga suv to‘lg‘izshiga, axlat qutilarni tozalashga, 
bundan tashqari, chekish joylarida ularga suv (yuqumsizlantirilgan suyuqlik) 


70
quyishga majburdir. Mashg‘ulotlar paytida xonalarni ozoda saqlash posbonlar 
zimmasiga yuklanadi. 
Umumiy yig‘ishtirish vaqtida to‘shak uchun zarur buyumlar (ko‘rpalar, 
yostiqlar, adyollar) shamollatilish uchun hovliga chiqarilishi mumkin. Pollarni 
mastika surtib ishqalashdan oldin ular bo‘lganchdan tozalanadi va ho‘l latta bilan 
ishqalab yuviladi. 
Agar pollar mastika surtib ishqalanmasa, unda ularni yuvish haftada kamida 
bir marta o‘tkaziladi. Pollarni suv ko‘llatib quyib yuvish man etiladi. 
Oshxonalarda, nonvoyxonalarda va non zavodlarida barcha uskuna va 
anjomlarga tamg‘a bosiladi, ozoda va tartibli tutiladi; idish-tovoq ovqat 
yeyilgandan keyin tozalanishi, yuvilishi, qaynoq suv bilan bug‘latilishi va 
quritilishi lozim. Idish-tovoq so‘kchaklarda yoxud maxsus javonlarda saqlanadi. 
Binolarning tuynuklari qishda berkitilgan, yozda esa ochiq, ammo maxsus 
panjaralar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. 
29-rasm. Idish-tovoq yuvish xonasi 30-rasm. Oshxona
Chordoqlarda, mo‘rilardan uzoqroq joylarda faqat qishki deraza panjaralari 
saqlanib qolishi mumkin. 
Chordoqlar, sushilkalar, yerto‘lalar qulflanadi, ularning kalitlari bu xonalarni 
tutish uchun mas’uliyat yuklangan bo’linmaning navbatchisida saqlanadi. 
Hojatxonalar 10-12 kishiga bitta unitazli (yopiladigan kabina) va bitta 
siydikchanoq mo‘ljallangan holda jihozlanadi. Hojatxonalar toza saqlanishi, har 


71
kuni dezinfektsiya qilinishi va yaxshi ventilyatsiyaga va yoritqichga ega bo‘lishi 
lozim. Ularni yig‘ishtirish asbob-anjomlari buning uchun maxsus ajratilgan joyda 
(javonda) saqlanadi. Hojatxonalar tutilishi ustidan kuzatib turish bo‘linma 
starshinalariga, sanitariya yo‘riqchilariga va vzvodlar bo‘yicha navbatchilar 
zimmasiga yuklanadi. Chuqur, suv o‘tkazmaydigan axlatxonali tashqi hojatxonalar 
maishiy xonalardan, oshxona va novvoyxonalardan (non zavodlaridan) 40-100 
metr uzoqlikda quriladi. Bu masofa shimoliy tumanlarda birmuncha qisqa bo‘lishi 
mumkin. Tashqi hojatxonalarga olib boradigan yo’laklar tun paytida yoritiladi. 
Zarur bo‘lib qolganda (tunda) yilning sovuq mavsumida maxsus ajratilgan xonalar 
siydikchanoqlar bilan jihozlanadi. 
Axlatxona handag‘i o‘z vaqtida tozalab turiladi va dezinfektsiya qilinadi. 
Uy-xo‘jalik va o‘t o‘chirish organlarining ruxsatisiz xonalarning rejasini 
o‘zgartirish, mavjud va yangi tiklangan qo‘shimcha qurilishlarni, ichki elektr 
tarmoqlari joylashishini, aloqa simlarini, sigalizatsiya va televizion to‘lqin 
tutarlarning (antennalarning) o‘rnini ko‘chirish va qismlarga ajratib buzish, 
shuningdek, vaqtinchalik pechlarni o‘rnatish va yangilarini jihozlash man etiladi. 
Energiya ta’minoti, gaz ta’minoti, markaziy isitish uskunalari va 
tarmoqlarining ta’miri uy-xo‘jalik xizmati kuchlari yoxud uni bajarish uchun 
maxsus tayyorgarlik va ruxsatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘tkaziladi. 
Kazarma xonasida shaxdam qadam tashlovchi safda yurish man etiladi. 
Brigada joylashgan maskan, harbiy shaharcha hududi va unga tutash ko‘chalar 
ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘lishi hamda toza va tartibli saqlanishi, qorong‘u 
paytlarda yoritilishi lozim. Harbiy shaharcha hududi o‘rab olinadi. 
Brigada qarorgohi maskanini yig’ishtirish uchun bo’linmalar o‘rtasida qism-
qism qilib taqsimlandi. Axlat har kuni qopqoq bilan berkitiladigan konteynerlarga 
yig‘iladi va tashib olib chiqib ketiladi. Konteynerlar qattiq qoplamali maydoncha-
larda o‘rnatiladi. Konteynerlar haftada kamida bir marta yaxshilab tozalanadi va 
dezinfektsiya qilinadi (zararsizlantiriladi). 
Harbiy shaharcha hududini yig‘ishtirish sutkalik naryad va tushdan keyingi 
paytda ajratilgan guruhlarning kuchlari bilan amalga oshiriladi. Park-xo‘jalik 


72
kunida brigada qarorgohi maskanini yig‘ishtirish uchun guruhlar yohud bo‘linma 
ajratiladi.

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling