УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
VAQT TAQSIMOTI.
Harbiy qismda vaqtining taqsimlanishi uning doimiy jangovar shayligi ta’minlanadigan va shaxsiy tarkib jangovar o’quvini uyushgan holda o’tkazish sharoitlari yaratiladigan, tartib, harbiy xizmatchilarning harbiy intizomi va tarbiyasi saqlanadigan, ularning madaniyat darajasi oshiriladigan, har tomonlama maishiy xizmat ko‘rsatiladigan, o‘z vaqtida hordiq va ovqat beriladigan darajada amalga oshiriladi. Ofitserlar, shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatchi ayollarning haftalik xizmat vaqtining umumiy davomiyligi, odatda, qonunlarda belgilab qo‘yilgan ish vaqti davominligiga muvofiq kelishi lozim. Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar xizmat vaqtining davomiyligi harbiy qismning kun tartibi bilan belgilanadi. Harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishga dam olish va bayram kunlarida jalb etilgan ofitserlar, shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy qism (bo‘linma) komandirining xizmat manfaatlari inobatga olingan qaroriga ko‘ra haftaning boshqa kunlarida dam beriladi. Dam olish domiyligi dam olish va bayram kundarida xizmatda o‘tkazilgan vaqtdan oshmasligi shartdir. Harbiy qismda sutka davomida, ba’zi qoidalarga ko‘ra xafta mobaynida vaqt taqsimoti kun tartibi va ichki xizmat reglamenti tomonidan amalga oshiriladi. Harbiy qismning kun tartibi kundalik faoliyatining asosiy tadbirlarini, harbiy qism bo‘linmalari va shtabi shaxsiy tarkibining o‘quvi va turmushini vaqtga ko‘ra belgilab beradi. Harbiy qism yoxud qo’shilma komandiri kun tartibini Qurolli Kuchlar turi va qo‘shinlar turi, harbiy qism oldida turgan vazifalar, yil fasli, mahalliy va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda belgilandi. Ular ta’lim davri uchun o‘lchab chiqiladi va jangovar o‘q otish mashqlari, dalaga olib chiqishlar, o‘quvlar, manyovrlar o‘tkazish, jangovar navbatchilikni (jangovar xizmatni) o‘tash, sutkalik 73 naryad, qorovullik xizmati va boshqa tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida) ularni bajarishning o‘ziga xosliklarini inobatga olgan holda harbiy qism (qo‘shilma) komandiri tomonidan aniq lashtirilishi mumkin. Harbiy qism kun tartibi sutkalik naryad hujjatlari orasida, shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayogan harbiy xizmatchilar xizmat vaqtining reglamenti esa harbiy qism shtabi va vzvod kantselyariyasida turadi. Kun tartibida tonggi jismominiy mashq, ertalabki va kechki hojat, ertalabki ko‘rik, o‘quv mashg‘ulotlari va ularga tayyorlanish, maxsus (ishchi) kiyimini almashtirish, ovqat uyishdan oldin poyafzal tozalash va qul yuvish, ovqat yeyish, qurol-aslaha va harbiy texnika qarovi, tarbiyaviy va ommaviy-sport ishlari, shaxsiy tarkibga axborot-berish, radio tinglash va teledasturlarni tomosha qilish, xastalarni tibbiyot punktida qabul qilish, harbiy xizmatlarning shaxsiy extiyojlari (kamida 1 soat), kechki sayr, yo‘qlama va 8 soatlik uyqu uxlash uchun vaqt ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. Ovqat tanovullari o‘rtastdagi oraliq 7 soatdan oshmasligi kerak. Tushlikdan so‘ng yarim soat (30 minut) mobayiida mashg‘ulotlar yoxud ishlar o‘tkazilmasligi lozim. Yig‘ilishlar, majlislar, shuningdek, spektakllar, kinofilmlar va boshqa jamoat tadbirlari soat 19.00 gacha tugatilishi lozim. Kun tartibida bundan tashqari ofitserlar, shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xizmatga yetib kelishi va ularni jo‘nab ketishi, vaqti, ovqat tanovuli (tushlik) uchun tanaffus, mustaqil tayyorgarlik (haftada kamida 4 soat), mashg‘ulotlar o‘tkazishga kundalik tayyorgarlik uchun vaqt va jismoniy tayyorgarlik (umumiy davomiyligi haftada kamida 3 soat) uchun vaqt ko‘zda tutiladi. Sutkalik naryad tarkibiga kirmaydigan ofitserlar, michmanlarning harbiy qism va bo‘linmalarda kecha-kunduz navbatchilik qilish harbiy qism komandiri tomonidan faqat istisno hollarda joriy etilishi mumkin. Brigadada har hafta qurol-aslaha, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalarga xizmat ko‘rsatish, parklar va o‘quv-moddiy negizi inshootlarini jihozlashni tutillash va obodonlashtarish, harbiy shaharchani tartibga keltirish va 74 boshqa ishlarni bajarish maqsadida park-xo‘jalik kuni o‘tkaziladi. Ayni shu kuni odatda barcha xonalarni yalpi yig‘ishtirish, shuningdek, shaxsiy tarkibni hammomda cho‘miltirish o‘tkaziladi. Bundan tashqari, qurol-aslaha va harbiy texnikani doimiy jangovar shayliqda saqlash maqsadida brigada butun shaxsiy tarkibini jalb etgan holda park kunlari o‘tkaziladi. Park-xo‘jalik va park kunlari brigada shtabining boshlig‘i brigada komandirining qurol-aslaha bo‘yicha va ichkari bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan va brigada komandiri tasdiqlagan rejalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Rejalardan ko‘chirmalar bo‘linmalargacha yetkaziladi. Park-xo‘jalik kunlarida, ishlarga, birinchi navbatda qurol-aslaha, harbiy texnika va o‘q-dorilarga xizmat ko’rsatishga rahbarlik qilish uchun navbatchilik usinada ofitserlar va serjantlarning eng kam mikdori tayinlanadi. Hafta davomila ularga dam olish kuni beriladi. Yakshanba va bayram kunlari, jangovar navbatchilikni (jangovar xizmatni) va sutkalik naryadda xizmatni o‘tayotganlardan tashqari butun shaxsiy tarkib uchun dam olish kunlari sanaladi. Bu kunlarda, shuningdek, mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarda shaxsiy tarkib bilan madaniy hordiq tadbirlari, sport musobaqalari va o‘yinlar o‘tkaziladi. Dam olish kunlari arafasida muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun kontsertlarni, kinofilmlarni va boshqa tadbirlarni odatdagidan 1 soat kech tugatishga, dam olish kunlarida uyg’otishni odatdagidan kech, harbiy qism komandiri belgilagan soatda o‘tkazishga ruxsat beriladi. 24 Dam olish kunlarida ertalabki jismoniy mashq o‘tkazilmaydi Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling