Universitet rektorining 2022-yil 14 dekabrdagi 391-son buyrug‘iga 2-ilova


Download 148.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.05.2023
Hajmi148.75 Kb.
#1422392
1   2   3   4
Bog'liq
Elbek

IV.Tanlovni o‘tkazish tartibi 
6. Tanlov to‘rt bosqichda o‘tkaziladi. 
7. Tanlovning l-bosqichi oliy ta’lim muassasasidagi fakultetlar jamoalari 
o‘rtasida Nizomning l-ilovasiga muvcfiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi. 
8. Tanlovning 2-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mazkur 
Nizomning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. 
9. Tanlovning 3-mintaqaviy va 4-respublika bosqichlari bo‘lib o‘tadigan 
joyi va muddati Respublika tashkiliy ishchi guruh tomonidan belgilanadi va 10 kun 
oldin g‘olib bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga ma’lum qilinadi. 
10. Tanlovning 1, 2, 3-bosqichlarida faqat l-o‘rinni egallagan jamoaga kiyingi 
bosqichga ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi. 
11. Mintaqaviy saralash bosqichida respublika bo‘ylab 5 ta mintaqa doirasida 
jamoalar o‘zaro kuch sinashadi. 


12. Hududlarda tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hududiy tashkiliy 
ishchi guruh tarkibiga hududdagi oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi hududiy bo‘limlari, madaniyat va san’at sohasi 
vakillaridan iborat mas’ul xodimlar (kelishuv asosida) kiritiladi. 
V. Tanlov shartlari va baholash mezonlari 
13. Tanlov quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi: 
l-shart. “Adib hayoti” Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan atoqli shoir va 
adiblarning haykallari siymolari tasvirlangan, ushbu adiblardan 1 nafarini jamoalar 
o‘zi tanlagan holda hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr 
yo‘llarini mukammal ko‘rsata olish ko‘rgazmali taqdimot shaklida namoyish 
etishlari shart. 
Ushbu shartga l0 daqiqa vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholanadi. 
2-shart. “Tezkor savol-javob” 
Har bir jamoaga Hakamlar hay’ati tomonidan Adiblar xiyobonida haykallari 
o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblarning hayoti va ijodidan 10 tadan savol, o‘ylash va 
javob berish uchun jamoaga har bir savol uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi. 
Respublika ishchi guruh tomonidan savollar tuziladi va joylarga yetkaziladi.
Savollarga jamoaviy javob beriladi. Savollarga to‘g‘ri, aniq va qisqa, ravon 
nutqda javob bergan hamda ushbu shartda eng ko‘p ballga ega bo‘lgan jamoa 
g‘olib hisoblanadi. 
Ushbu shart l0 ballik tizimda baholanadi. 

Download 148.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling