Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov


Download 4.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/78
Sana28.10.2023
Hajmi4.52 Mb.
#1730883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.

Tayanch tushunchalar. Din falsafasi, din fenomenologiyasi, din 
tarixi, din falsafasi, monizm, plyurolizm, materializm, idealizm, 
klerinalizm, ontologiya, gnosologiya, obyekt va predmet, buddizm, 
xristianlik, islom, teologiya (ilohiyot), reformator, supernaturalizm, 
vahiy, kosmologiya, metodologiya.
l.Din falsafasini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari
Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilimlaridan bo‘lganidek, 
dinni falsafiy jihatdan o‘rganish, tadqiq etish ham juda qadimiy 
davrlardan boshlangan. Xalqimiz qadimda e’tiqod qilgan dinlardan 
biri Zardushtiylik haqidagi falsafiy mushohadalar miloddan avvalgi 
VII-VI asrlarda boshlangan. Uning asosiy manbai “Avesto”da 
qadimgi xalqlaming odam va olam, umuman dunyo to‘g‘risidagi 
tasavvurlari, xis va tuyg‘ulari, u bilan bog'liq urf-odatlari aks 
ettirilgan. Zardushtiylikning falsafiy mazmunini ob’ektiv olamda 
yaxshilik; va yomonlik, yorug'lik va zulmat, hayot va o‘lim o‘rtasidagi 
doimiy, qarama-qarshi кцсЫаг haqidagi qarashlar tashkil etadi. Shu 
bilan birga mazkur manbada tabiat falsafasi, diniy falsafiy qarashlar
tarix, - axloqiy qadriyatlar, tibbiyotga oid ma’lumotlar o‘z ifodasini 
topgan. Zardushtiylik. ta’limoti shakillanishiga qadar 0 ‘rta Osiyo 
xalqlarining ibtidoiy din shakillariga oid o‘ziga xos diniy urf-odat va 
e’tiqodlari bp‘lib, ularga asoslangan ba’zi diniy falsafiy qarashlarining 
kurtaklari ham bo‘lganligini e’tirof etish mumkin. Olimlarning fikriga 
ko‘ra, zardushtiylik eramizdan avvalgi X asrdan eramizning 
VII asrlarigacha bo‘lgan davr maxsuli bo‘lgan diniy tasavvurlar va 
mifologik qarashlami o‘ziga xos talqin qilgan olam va odamning 
yaratilishi va rivojlanishiga yangicha yondashgan yakka xudolik 
g'oyasini ilgari surganta’limotdir.
San’at va ilm-fan bilan bir qatqrda din ham shak-shubhasiz, insor 
sh ilizatsiyasining eng asosiy va keng tarqalgan jihatlaridan biri


sifatida zarur hisoblanadi. Ular kabi bu sohani ham diqqat bilan 
kuzatishimiz hamda a ‘rganishimiz mumkin. Biroq din shunday 
murakkabki, inson hayotining faqatgina bir tomondan ta’lim 
i>lishigina emas, balki bu soha bo‘yicha har tomonlama ta’lim va ilm 
olishga erishish mumkin bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi. Shu 
sababli ham din bir qator turli fanlar orqali o ‘rganiladi: falsafa, tarix, 
antropologiya, sotsiologiya va psixologiya.
Fan falsafasi, huquq falsafasi, san’at falsafasi qatorida din 
falsafasi ham falsafaning muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Biz 
bundan shuni anglashimiz mumkinki, din falsafasini o ‘rganishni biz 
turlicha tahlil qilishimiz mumkin. Birinchidan, din falsafasini insonlar 
yashay 
boshlagan 
yirik 
dinga 
ega 
bo'lgan 
tarix 
bilan 
adashtirmasligimiz lozim. Ikkinchidan, din falsafasini ilohiyot bilan 
adashtirmasligimiz lozim. Ilohiyot din ichidagi keng ko‘lamli nizpm 
hisoblanadi. U ba’zi diniy e’tiqodlar kabi rivojlanadi va ular insoniyat 
(tabiiy ilohiyot) yoki ilohiy ta’limot (ilohiyotni ko‘rsatish)ni 
o‘rganishning umumiy sababi sifatida shakllanadi1.
Din falsafasini o‘rganish Sharq va G ‘arb halqlarining tarixiy 
jarayondagi hayoti, madaniyati, dini, turmush tarzi, e’tiqodiy 
qarashlari bilan yaqindan tanishishni taqozo etadi. Ma’lumki, 
'ramizdan aw algi VII-II asrlarda Yunoniston va Rimdagi fan va 
madaniyat ancha yaxshi taraqqiy etgan. Qadimgi Misr va Bobilda 
madaniy meros eramizdan aw algi to‘rt- minginchi yillarda yuzaga 
keldi. Bu hududda dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, qadimgi dunyo 
aaqidagi 
fanlar 
-
astronomiya, 
kosmologiya, 
matematika, 
mifologiyalarga oid qarashlar ancha rivojlandi.
Qadimgi Xitoy, Hindiston, Yunon va Rimda ham fan, madaniyat 
j'/.iga xos shaklda rivojlangan. Bu davlatlardagi xalqlarining odam va 
olamning tuzulishi haqidagi tasawurlari diniy-mifologik qarashlarga 
asoslangan. Ammo o ‘sha davr ilg‘or fikr egalari olam va tabiatni 
kclib-chiqishini 
mifologik 
qarashlarga 
diniy-falsafiy 
jihatdan 
vondashib tushuntirganlar. 
Xitoy 
mifologiyasida juda qadim 
-'amonlarda qoinot qorong‘u, shaklsiz bo‘shliqdan iborat bo‘lib, 
;haklsiz zulmot ichida ikita ruh tug‘ilgan - biri In, ikkinchisi Yan 
bo'lib, dunyoni tartibga solganlar. Keyinchalik bu ruhlar bo‘linib, Yan 
osmonni, In ruhi erni boshqargan.Bu tasawurlaming diniy-falsafiy

Download 4.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling