Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Тимощук А.С. пишет, что в англоязычной литературе эта отрасль знания стала называться «The
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
5
Тимощук А.С. пишет, что в англоязычной литературе эта отрасль знания стала называться «The Sciene of Religion», во фрэнкозычной-esa Sciene de Religion», в немецкоязычной- « Religions wis sen schaft» См/. Тимох,ук A.C. sast update: 12 07 2005.10: 0 6 :4Й. 15 Haqiqattan ham din falsafasining asosiy o‘rganadigan bosh mavzusi diniy ongdir. Diniy ongni tadqiq qilish diniy ibodat va tilni tahlil qilish hamda diniy ongda o‘z aksiini topgan va namoyon qilgan diniy amaliyot - turli ibodat buyumlari, xaykallar, diniy san’at va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Bu masalalar ham falsafiy dinshunoslikni ham falsafiy teologiyani o‘rganish, tadqiq qilish obyektiga kiradi. Ammo ular o‘rtasidagi farq shundaki, falsafiy dinshunoslikda diniy munosabatning ko‘proq insondagi subyektiv tomoniga e’tbor berilsa, falsafiy teologiyada falsafiy xudoni bilish obyekti dinga qaratiladi.6 Bu shundan dalolat beradiki, falsafiy dinshunoslik bilan falsafiy teologiyaning o‘rganadigan predmeti bittadir, ya’ni - diniy ong hisoblanadi, obyekti esa xar xildir. Agar birinchisida insonni dinga bo‘lgan munosabatida dunyodagi real hodisalarga qaratilsa, ikkinchisida esa reallik - g‘ayritabiiy kuchlarga qaratiladi. Din falsafasining shakllanishi va rivojlanishi, uning predmeti va obyektini aniqlash masalasi Sharq, xususan, G ‘arb olimlari o ‘rtasida turli xil yondashuvlar XVIII-XIX asrlarda, ayniqsa XX, XXI asrlarda qizg‘in davom etmoqda. Bunda Amerika, Germaniya, Rossiya olimlari faol qatnashmoqdalar. Y.A.Kimelyovning yozishicha, g‘arb falsafasida din falsafasi “mustahkam asosga” ega bo‘lgan fan sifatida qaralmoqda. SHu bilan birga bu fanning predmeti, metodi haqida keng faylasuflar jamoasi o'rtasida yagona, bir xil fikr xonuz shakllanmagan. Bunday turli xil yondashuvlami o‘rganish hamda falsafiy tipologiyasini ishlab chiqishga harakat qilinmoqda. Misol tariqasida nemis olimi Rigard Shefler tomonidan ishlab chiqilgan beshta din falsafasi tipi (ya’ni beshta tadqiqot paradigmalari) keltirilgan: - din falsafasi aqlga muvofiqlik davrigacha tanqidi sifatida; - din falsafasi dinni falsafaga aylanishi sifatida; - din falsafasi falsafiy teologiya sifatida; - lingvistik burilishdan keyingi din falsafasi (diniy til analitikasi).7 Din falsafasi tipini aniqlashga bo‘lgan harakat boshqa g‘arb olimlari ijodida ham kuzatiladi, jumladan, Koliforniya universiteti professori Ninian Smart din falsafasining uchta tipiga qaratadi: din strukturasida uning mohiyatini tahlil qilish; turli diniy fikr va 6 Qarang: Кимелёв Ю.А. Философия религии: Систематический очерк. М.: 1998. -С.36. 7 Киселёв Ю.А. Философия религии: Систематический очерк. М.: 1998. - С- -23-24. 16 lerminlar hujumidan himoya qilish; diniy tilni tahliliga harakat qilish va boshqalar. Hozirgi zamon din falsafasi muammolari Rossiya olimlarining asarlarida ham o‘z ifodasini topmoqda. Masalan, Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti professori I.N.YAblokov tahriri ostda chiqqan “Vvedenie v obo‘ee religiovedenie” nomli o ‘quv yurtlari uchun nashr qilingan darslikda din falsafasining hozirgi davr muammolari keng va batafsil izohlangan: 1) falsafiy dinshunoslik va boshqa bilimlar umumtizimida din; falsafasi strukturasini aniqlash, dinni falsafiy idrok etish xususiyatini aniqlash, obyekti bilishning falsafiy metodini hal qilish va boshqalar; 2) diniy bilim strukturasi va xususiyatlarining rivojlanish qonuniyatlari, dinshunoslikni boshqa fanlarda tutgan o'mini ko‘rib chiqish; 3) din mohiyatini xilma-xil variantlarda turlicha izohlarini tahlili va ta’riflashcha oid yondashuv tomoyillarini topish va nihoyat, dinning falsafiy ta’rifmi shakllantirish; 4) dinning ontologik asosini turmushda, Kosmosda, Yer Qurrasida, insoniyat etnosida, alohida odamda va boshqalarda namoyon bo‘lishini aniqlash, dinning gnoseologik yo‘lini tahlili; 5) diniy ongda bilish jarayoni xususiyatlarini o'rganish (subyekt, obyktning o ‘ziga xosligi, bilim natijalari va shakli); 6) turli tiplar va ko‘rinishlarda diniy dunyoqarashni, diniy e’tiqodni, tushuncha, tasawurlar, mulohaza, xukm, xulosalar strukturasi, din tili, Xudo haqidagi teistik ta’limot uning borlig‘ini asoslash va hokazolami tadqiq etish; 7) din falsafasining mazmuni va xususiyatlari - diniy metofizika va ontologiya, epistimologiya, istopiosofiya, antropologiya, etika va boshqalar.8 Din falsafasi sohasida G‘arb va Rossiya olimlari tomonidan ishlab chiqilgan muammolar bugungi globallashuv jarayonida dolzarb masalalardandir. Ma’lumki, jamiyat tarqqiyotiplatonda din va diniy qadriyatlaming kishilar ongi va turmush tarziga ta’siri falsafiy dinshunoslik, ayniqsa, din falsafasi fahlarida ilmiy asoslashga harakat 8 Qarang: Введение s обществе религиоведение: Учебник / под ред. И.Н.Яблокое. 3S 17 » I qilingan. Shu nuqtayi nazardan din falsafasi sohasidagi bugun kun uchun g‘oyat dolzarb hisoblangan muammolarni har birini tadqiq etish va ilmiy asoslarini ishlab chiqish muhimdir. Bu borada respublikamizdagi dinshunoslar va faylasuf olimlar tomonidan muayyan ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi globallashuv sharoitida dishunoslik va din falsafasining muammolari din va diniy qadriyatlarga nisbatan qiziqishining ortib borishi bilan izohlanadi. Birinchidan, din falsafasining dinshunoslik fanlari tizimidagi o‘mini tadqiq etish; ikkinchidan, dinning mohiyati, falsafiy talqiniga nisbatan turlicha yondashuvlami mohiyatini o‘rganish va buzg‘unchi g‘oyalami asossizligini isbotlash; uchinchidan, dinning ontologik va gnosologiya asoslarini tadqiq etishning metodolgik bazasini yaratish din falsafasi oldida turgan muammolardir. Din falsafasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida islom va dinshunoslik munosabatlari va ilohiyot falsafasini ham o‘mi bo‘lar. Ular haqida qisqacha fikr yuritamiz. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling