Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
3. Islom va dinshunoslik
Ma’lumki, islom VII asming birinchi yarmida Arabiston yarim orolida paydo bo‘lgan jahon dinlaridan biridir. Yangi dinni o‘z vatanida targ‘ib, tashviq qilish va qaror toptirish bilan birga uni boshqa mamlakatlarga ham yoyish maqsad qilib olindi. Shuning uchun VII-VIII asrlarda islom ta’limoti va madaniyatini Arabistondan tashqari qo‘shni mamlakatlarga tarqatish, turmush tarziga singdirish bo‘yicha katta g‘oyaviy va amaliy targ'ibot ishlar qilinib, natijada arab xalifaligi tarkibiga kirgan hudud xalqlarida islom mafkurasi hukmron diniy mafkura va dunyoqarashga aylanadi. Ushbu holatning vujudga kelishi jarayonida muayyan qiyinchiliklar va qarshiliklarga ham duch kelindi. Chunki mazkur mamlakatlarda islomdan boshqa dinlaming nafaqat diniy ta’limotlari, balki diniy-falsafiy qarashlari mavjudligi bu yangi dinga bo‘lgan munosabatlami takomillashtirishni, kengroq fikr yuritishni talab qildi. Ya’ni, islom ta’limotini diniy-falsafiy mushohada qilish zaruriyati tug‘ila boshladi. Ayrim tadqiqotchilaming fikricha, arab - musulmon o‘rta asr falsafasining asosiy mazmunini 18 Sharq perepatetiklar9 kurashi tashkil etgan. Islomdagi falsafiy Ikrlaming shakllanishi mu’taziliylar va mutakallimlar (kalom falsafasi) qarashlari bilan bog‘liq bo‘lib, u VIII asming ikkinchi armidan boshlangan. M u’taziliylar harakati 0 ‘rta Osiyoda ham keng oyilib, ilm-fan, falsafiy fikrlar rivojiga olib keldi, oqibatda ilmiy snarkazlar vujudga keldi. M u’taziliylar ta ’sirida vujudiyyo‘n diniy falsafiy oqimlari shakllandi. Bu oqim vakillari-Al Kindiy, Ibn Rushd, \1-Maarriy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar niavjudotni ikkiga-vujudi mumkin va vujudi vojibga bo‘lganlar. Vujudi vojib sabab-oqibat aloqalariga ega bo‘lib, uning mavjudligi boshqa narsadan emas, balki o‘z mohiyatidan kelib chiqadi. M u’taziliylikning qarashlari va vujidiyyo‘n diniy-falsafiy oqim g‘oyalari qo'shxaqiqat to‘g‘risidagi katta nazariy qoida shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bunga ko‘ra, ilohiy va dunyoviy (ilmiy) haqiqatlar bor bo'lib, ilohiy haqiqatga faqat alohida odamlar-payg‘ambarlar, aziz avliyolar etishishi mumkin. Dunyoviy haqiqat esa aql yordamida, ilm- an yo‘li bilan uni qolgan odamlar anglab oladilar. Bunday falsafiy fikrlar, xususan, diniy-falsafiy oqimlaming ihakllanishi va rivojlanishi dinshunoslik fani shakllanishidan bir aecha asrlar oldin paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu holat diniy- falsafiy qarashlaming islom ta’limoti tarixida dastlabki davrlardan boshlab vujudga kelganligini va bu jarayon keyinchalik ham davom etganligini ko‘rsatadi. Mu’taziliylaming vujudiyyo‘n diniy-falsafiy g‘oyalari, qadimgi Yunon faylasuflari (Aristotel) qarashlaridan oziq olib rivojlangan Sharq falsafasi ta’sirida islomda alohida oqim- tasaw uf vujudga keldi. T asaw uf murakkab diniy-falsafiy oqim bo‘lib, xilma-xil shakl va yo‘nalishlarga ega. Unda ikkita asosiy-g‘oyaviy yo‘nalish ko‘zga tashlanadi: birinchisi, bu dunyo o‘tkinchi dunyo bo‘lib, mol-mulk, mansabga ixlos qo‘yish Allohni unitishga olib keladi; ikkinchisi, bu dunyo Alloh Taolo tomonidan yaratilgan, odamlar esa, shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda Alloh visoliga musharraf bo‘la olishi uqtiriladi. XIX asming 2-yarmidan boshlab, Evropa, Amerika va Rossiyada islom, uning tarixi va manbalarini o‘rganishga e’tibor qaratildi. 9 Перепатетиклар (юнонча. Суз булиб, лу*авий маъноси " сабр килувчияар * ни англатса цам, мо^иятАристотел изидан борувчи файласуфларни англатади. 19 Ayniqsa, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, SHimoliy Kavkazda islom ta’limoti, muqaddas yozuvlami o‘rganish va tahlil, tadqiq qilishda keng ko‘lamda ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Evropalik olimlar esa islomshunoslik fanini o‘rganish, islom tarixi va manbalarining tadqiqoti yo‘lida ko‘p xizmat qilganlar. Bu borada rus sharqshunosligida ham barakali ishlar olib borilgan. V.R.Rozen asos solgan mashhur «Rus akademik sharqshunosligi»ning vakillari N.A.Mednikov, L.E.SHmidt, A.E.Krimskiy, V.V.Bartold. I.YU.Krachkovskiy, E.E.Bertels, A.A.Semenov va boshqalar islomshunoslik sohasida qimmatli asarlar yaratganlar. Islomning paydo bo‘lishi va uning ta’limotini ilmiy nuqtai nazardan o'rganish, umuman islomshunoslik masalasi XX asming 30- yillarga kelib sobiq sovet tuzumida jiddiy ravishda o‘rtaga qo‘yildi. 0 ‘zbekiston olimlari esa islom tarixi va islomshunoslik bo‘yicha 50- 60-yillardan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Akademik I.Mo‘minov rahbarligida tadqiqotchi olimlardan A.Ortiqov, M.Usmonov, S.Azimov, O.Suxareva va boshqalar ilmiy ishlar olib bordilar. 70-80-yillarga kelganda, islom va uning ta’limoti, islomshunoslik sohasida akademik M.Xayrullayev, N.Ibragimov, olimlardan J.Bozorboyev, I.Jabborov, Ibrohim Karimov, A.Ochildiyev, T.Toshlonov, I.Xo‘jamurodov, LXudoyberdiev, O.Bozorov, A.Abdusamedov va boshqalar dinlar tarixi ta’limoti va dinshunoslik faniga munosib hissalarini qo'shdilar. Mustaqillik sharofati bilan islom, uning ta’limotini o‘rganish islomshunoslik va dinshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu davr ichida Qur’oni karimning o‘zbek tiliga ikkita tarjimasi va tafsiri taqdim qilindi va ko‘plab yangi-yangi asarlar, to‘plamlar, maqolalar chop etilmoqda. Shunday qilib, islom ta’limoti tarixida amalga oshirilgan nazariy va amaliy ishlar Movarounnahr, Xuroson va Eronda, umuman 0 ‘rta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari diniy-falsafiy tafakkurida birinchidan. ilmiy-falsafiy, madaniy ahamiyatga ega bo‘ldi; ikkinchidan, ular qoldirgan ilmiy-madaniy meros dinshunoslik va din falsafasi fanlarining shakllanishiga zamin bo‘lib xizmat qildi. Din falsafasi deyarlik barcha dinlarda xususan jahon dinlari (buddaviylik, xristianlik va islom)da mavjuddir. Din falsafasi 20 muammolami echimini topishga ontologik, gnoseologik, kosmologik, ijtimoiy va boshqa jihatlardan yondoshiladi. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling