Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- metodika, yani uslubiyat
- Valeologiya
tiflopedagogika (ko‘zi ojizlar bilan ishlash); oligofrenopedagogika (aqliy
rivojlanishdan orqada qolganlar bilan ishlash); logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmaganlar bilan ishlash) mavjud bo‘lib, bu tarmoqlar tarbiyalanuvchilarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan shug‘ullanadi. Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rgatishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi metodika, ya'ni uslubiyat fanining xizmatlari beqiyosdir. Butun pedagogik jarayonni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini qo‘rsatib beruvchi (metodika, ya'ni uslubiyat), fani ham, o‘z navbatida, maktabgacha ta'lim uslubiyati (metodikasi), umumta'lim uslubiyati, kasb-hunar ta'limi uslubiyati, maxsus ta'lim uslubiyati, oliy ta'lim uslubiyati, malaka oshirish uslubiyati va boshqa fan uslubiyati tarmoqlaridan iborat. Bu tarmoq fanlar o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi va pedagogika fanlari tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. ( - rasm). Metodika (uslubiyat)- muayyan sohaga oid o‘qitish va o‘rganishning qonuniyatlarini tadqiq etadi. Metodika maxsus va uzluksiz ta'lim bosqichlaridagi pedagogikalar kabi ta'limning o‘ziga xos turi va qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda didaktika prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun-qoidalarni o‘z sohasiga moslashtiradi va soha uslubiyatini yaratadi. Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rganishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi uslubiyot (metodika) fanining ham xizmatlari beqiyos kattadir. Hozirgi kunda o‘quv muassasalarida Matematika fanlarini o‘qitish metodikasi, Tarix fanlarini o‘qitish metodikasi, Adabiyot o‘qitish metodikasi, Maxsus fanlarni o‘qitish va boshqa metodikalari mavjud. Androgogika - (yunon tilida: »andros»- katta yoshli odam», «agogeyn»- «etaklamoq», ya'ni “katta yoshli odamni yetaklamoq”) – ta'lim nazariyasiga taalluqli soha bo‘lib, katta yoshli sub'ektlarning bilim, ko‘nikma egallashlari 22 hamda pedagoglar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish faoliyati qonuniyatlarining xususiyatlarini yoritib beradi. 9 Valeologiya – insonning butun hayoti mobaynida jismoniy, axloqiy, ma'naviy jihatdan shakllanishi, rivojlanishini o‘rganadi. XX asrning 80 yillaridan e'tiboran G‘arbiy yevropa va MDH mamlakatlarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga mo‘ljallangan o‘quv predmeti sifatida maktab dasturlariga kiritilgan. O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng ushbu o‘quv predmeti tanlov fani sifatida oliygohlarda o‘qitila boshlandi. 10 Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lish mumkinligi haqidagi pedagogikadagi tarmoq fandir. «Valeologiya» lotincha so‘z bo‘lib, “aloe”-«salomatlik», «sog‘lom bo‘lish» ma'nosini anglatadi. Bu atamani birinchi bo‘lib K.I.Brexman 1987 yilda fanga kiritdi. Valeologiya fan va o‘quv predmeti sifatida keng e'tibor qozonmoqda. Bugungi kunda valeologiya darsliklari chop etilmoqda. Darslik mualliflaridan biri V.N.Vayner (2001) ning fikricha «Valeologiya» oliy o‘quv yurtlarida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Valeologiya talabalarda jismoniy tarbiyaning nazariy, amaliy va mustaqil mashg‘ulotlariga ongli barqaror va pozitiv munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib salomatlikni yaxshilaydi, o‘quv jarayonlarining unumdorligini oshiradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling