Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


jismoniy (tana a'zolari - suyak, muskul tizimining, tanosil a'zolari, bo'yining  o‘sishi, vaznining oshishi va h.k.), ruhiy


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   214
Bog'liq
-.-

jismoniy (tana a'zolari - suyak, muskul tizimining, tanosil a'zolari, bo'yining 
o‘sishi, vaznining oshishi va h.k.), ruhiy (psixikaning rivojlanishi, nerv funkional 
5
Abdullaeva Sh. A. Pedagogik diagnostiki.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2008- 118-bet. 


17 
faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatining shakllanishi) hamda ma'naviy (inson 
ichki dunyosining boyishi, hissiy-irodaviy, bilish jarayonida mo'him o'zgarishlar 
yuz berishi) sohalarida sodir bo‘ladi. Rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy 
rivojlanishi uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida, ayniqsa jamoa 
ishlarida qatnashishida namoyon bo'ladi. Inson ruhan va ma'nan rivojlanishida 
bilim, dunyoqarash, tafakkur kuchi, iroda safarbarligi muhim o‘rin egallaydi.
Tarbiya – uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi 
o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda 
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va 
rivojlantiriladi
6
. Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga 
singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir 
ko'rsatadi. 
 
 Ta'lim - bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib 
toptiradigan jarayon. Bunda bilim – bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar 
orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. U qonuniyat 
deb ham yuritiladi. Ya'ni bilim insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, 
jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va 
tushunchalarni o‘zlashtirish natijasidir. 
Bilimni hayotda ko‘p samara beradigan qilib qo‘llay olish uchun bilim bilan 
birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, ko‘nikma 
va malaka mehnat faoliyatida, dunyoni o‘zlashtirishda zarur.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling