Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Prognostik - ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash; Tashkiliy
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
Prognostik - ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya tizimini
rivojlantirish strategiyalarini belgilash; Tashkiliy- yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish;- pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; Ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy g'oyani ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish - davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri. Bu ulug'vor vaziflarni amalga oshirish uchun 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida, pedagogika fani uchun qonuniy zamin bo'lgan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar 14 tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi va bu normativ hujjatlarda jamiyatda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga, o‘qituvchi kasbini egallagan shaxslarga katta e'tibor qaratildi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Har bir fanning mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishga xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo‘ladi. Xuddi shuningdek pedagogika fanining ham asosiy tushunchalari -kategoriyalari mavjud. Kategoriya- (yunoncha: kategoria- «ko‘rsatma», «dalil», «tushuncha») pedagogikada ta'lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohiyat- mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa o‘rtasidagi, ta'lim va tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va boshqa munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘ldi. Kategoriyalar orqali inson borliqni va tevarak atrofni, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarni o‘rganadi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim katego-riyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma'lumot, shakllantirish, rivojlantirish. Shulardan biri va asosiysi sifatida «pedagogika» atamasidir. («Peys»- bola va «agogein - yetaklamoq degan ma'noni bildiruvchi yunoncha: «paydogogos» so‘zlaridan paydo bo‘lgan). Bugungi kunda «pedagog» so‘zi keng qamrovli , yangicha ma'no kasb etadi. Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan biri «didaktika» kategoriyasidir. Miloddan oldingi 3-2 asrlarda qadimgi Yunonistondagi Fanning mohiyatini ochib beruvchi, uni taraqqiy ettiruvchi eng muhim, asosiy tushunchalar kategoriyalar deb ataladi. 15 maktablarda ta'lim beruvchi kishini «didaskal» deb atashgan. «Didaktika»- yunoncha «didaktikos” so‘zidan kelib chiqib, «o‘qitish», «o‘rgatish», «bilim berish» ma'nolarini anglatadi. Qadimgi yunonlar o‘qitish faoliyatiga nisbatan «didasko», o‘qituvchi o‘rnida «didaskal», o‘quvchiga nisbatan «didaskale» atamalarini ishlatishgan. Ammo «didaktika» termini o‘zining dastlabki ma'nosidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalarning hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo‘lib, u faqat o‘qituvchining faoliyatini emas, shu bilan birga o‘quvchining faoliyatini, ta'limiy texnologiyalar, ta'lim metodlarini ham qamrab oladi. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari: shaxs, tarbiya, ta'lim, shakllanish, Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling