Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib,
tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Ma'lumki, har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida mustaqil fan sifatida rivojlanib borayotgan pedagogika fani ham o‘z predmetiga ega. Pedagogika fanining predmeti – shaxs kamolotiga erishishda zarur bo‘ladigan ta'lim-tarbiya qonuniyatlari, mazmuni, metodlari, vositalari deb belgilanadi. Pedagogika fanining ob'ekti sifatida komil insonni tarbiyalash jarayoni tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob'ekti va sub'ekti sifatida qaraladi. 12 Demak, har tomonlama yetuk, yangicha fikrlaydigan, o‘z shaxsiy va fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, milliy mafkuraning barcha sifatlarini o‘zida mo‘jassamlashtirgan barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyat talabidan kelib chiqadi. Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari: – Respublikamizda barkamol avlodni voyaga yetkazishning yaxlit muammolarini hal qilish; – ta'lim-tarbiya samaradorligini uzluksiz oshirish va jahon talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish; – umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib, ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish; - Ta'lim va tarbiya mazmunini ilg‘or pedagogik tajribalar asosida boyitib borish, innovatsion va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash tadbirlarini belgilash; – uzluksiz ta'lim sifatini oshirish va uni boshqarish yo‘nalishlarini belgilash muammolarini hal qilish; – “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan talablarni amalga oshirish va h.k. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling