Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214
Bog'liq
-.-

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Etika
Falsafa - jamiyat, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tashkil 
etadigan, ya'ni pedagogikaning taraqqiy etib borishiga imkon beradigan ilmiy 
manbadir. Shu bilan birga, faylasuflar va pedagogika fanlari vakillari tomonidan 
ishlab chiqilgan bir qator umumiy masalalar falsafada ham, pedagogikada ham 
barobar mavjuddir. 
Bular jumlasiga tarbiya bilan boshqa ijtimoiy xodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar; 
dunyoqarashni, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari
shaxs va jamoa munosabatlari; ta'lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda 
bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq 


25 
Falsafa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa 
pedagogikani ilmiy uslublar bilan boyitadi, ta'lim va tarbiyaning ob'ektiv qonun-
qoidalarini ishlab chiqishga manba bo‘ladi. 
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi sohasi bo‘yicha 
ma'lumot beradi. Bu fanlar o‘quvchining axloqi, odobi, xulqi me'yorlarini aniqlash, 
belgilash hamda nafosatli qilish uchun hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita 
rag‘bat uyg‘otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir.
Etika falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog‘liqdir. 
Ularni xal etishda pedagogika axloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi. 
Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini shakllantirish, 
madaniyatga va voqyelikka estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini 
o‘rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi. Bu 
asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni go‘zallikni xis qila olish
tushunishga o‘rganish vositalari va yo‘llarini belgilab beradi. 
Pedagogikaning falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligini, hal 
etadigan ilmiy masalalarning umumiyligini pedagogikaning ijtimoiy xususiyati, 
uning mafkuraviy yo‘nalishga ega ekanligini ta'kidlab turadi. Tarbiyaning hamma 
muammolarini boshqa siyosiy, ijtimoiy masalalar bilan bir qatorda hal etish 
zaruriyatini ko‘rsatib beradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga bilim berish, ma'lumotli qilish, tarbiyalash 
maqsadida ularga tizimli ta'sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga 
asoslanadi. Ya'ni ta'sirning samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, 
tasavvur, dikkat va tafakkur - fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga 
asoslanib, ta'sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniksa, yosh davrlari 
psixologiyasini, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda 
tarbiyalanuvchiga yondashadi va unga samarali ta'sir ko‘rsata oladi. Bunda 
psixologiya turkumidagi fanlar pedagogika uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling