Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


-§TA'LIM SIFATI BOSHQARUVINING ILMIY-METODOLOGIK


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214
Bog'liq
-.-

13-§TA'LIM SIFATI BOSHQARUVINING ILMIY-METODOLOGIK 
ASOSLARI 


242 
REJA: 
1.Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan 
zamonaviy talablar 
2. Ta'lim tizimini boshqarishga doir metodologik yondashuvlar 
3. Ta'limda tizimli yondashuv yo‘nalishi 
Tayanch tushunchalar: ta'lim sifati, zamonaviy talablar, ta'lim tizimini 
boshqarish, ta'limda tizimli yondashuv, boshqaruv, rejalashtirish, faoliyatni 
tashkil etish, nazorat, tahlil, jarayon. 
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga 
kelayotgan zamonaviy talablar. Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturining qabul qilinishi va uning asosida amalga oshirilayotgan uzluksiz ta'lim 
tizimidagi islohotlar rivojlanishning bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga 
kelayotgan raqobat muhitida ustuvor ahamiyat kasb etib, ta'lim sifatini 
takomillashtirish borasida yangi talablarni yuzaga keltirdi.
Ta'lim tizimining sifat darajasini oshirish ta'lim standartlari va o‘quv 
dasturlarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda 
yangilash bilan bir qatorda, ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil 
etish va boshqarish tizimini ham takomillashtirishni taqozo etadi. Chunki, hozirgi 
kunda ta'lim muassasalarida yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlardan 
samarali foydalana oladigan, o‘z ishiga nisbatan talabchan, ta'lim muassasasi, oila 
va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan, chuqur bilimli hamda o‘zini-o‘zi 
rivojlantiruvchi rahbar va pedagog kadrlarning faoliyat ko‘rsatishini talab 
qilmoqda. 
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan 
zamonaviy talablar sifatida: pedagogik jarayonlar ishtirokchilarida o‘zaro 
munosabatlarni, sub'ekt-ob'ekt va sub'ekt-sub'ekt munosabatlarini tahlil qilish va 
muvofiqlashtirish; kompetensiyaviy diagnostika; ta'lim sifati boshqaruvining 
zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish; xalq ta'limi (rahbar, pedagog 
va mutaxassis) xodimlarida malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish, tahlil 
qilish va ob'ektiv baholash; xalq ta'limi xodimlarining kasbiy kompetentligini 


243 
rivojlantirish; ta'lim sifati boshqaruvi tizimini shakllantirish va muntazam 
takomillashtirib borish masalalarini keltirish mumkin.
Bu nafaqat ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi 
muammolarni, balki xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish, sifatni 
ta'minlashning innovatsion usullarini amaliyotga tatbiq etish, bir so‘z bilan 
aytganda, ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni ilgari surmoqda.
Uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlar ta'lim jarayonlarini tashkil etish va 
boshqarish 
mexanizmlarini 
takomillashtirishni, 
ya'ni 
ta'lim 
sifati 
va 
samaradorligini oshirishning an'anaviy metodlaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishlar va zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga 
asoslangan ta'lim boshqaruvini shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu nafaqat 
boshqaruv muammolari, balki ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish va 
ularni muvofiqlashtirish asosida, eng avvalo, ta'lim sifati boshqaruvini 
takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, kompetensiyaviy yondashuvlar 
asosida muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini belgilaydi.
Ta'lim o‘z tarkibiga turli tashkil etuvchilarni qamrab olgan murakkab 
ijtimoiy tizim sifatida uni boshqarishga alohida yondashishni talab qiladi. Shu bilan 
birga, ta'lim jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining bir qismi sifatida, jamiyat 
boshqaruvining umumiy qoida va tamoyillarini ta'lim boshqaruvida ham qo‘llash 
imkoniyatini rad etmaydi. Shuning uchun ham ta'lim tizimini boshqarishga doir 
tadqiqotlarda ijtimoiy sohalarni boshqarishni tahlil qilishda qo‘llaniladigan 
metodologik yondashuvlardan foydalaniladi.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling