258
14-§. TA'LIM SIFATI VA TA'LIM SIFATI MENEJMENTIGA
INNOVATSION YONDASHUVLAR
REJA:
1.Ta'lim sifati mohiyati. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanishi
2. Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish
3. Ta'limning xalqaro standartlari haqida tushuncha
Tayanch tushunchalar: ta'lim, shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari, ta'lim sifati,
boshqarish, xalqaro standartlar.
Ta'lim sifati mohiyati. Sifatni boshqarish nazariyasining
rivojlanishi. Har qanday mamlakatning kuch – qudrati uning intellektual salohiyati
bilan belgilanadi. Bu esa bevosita ta'lim sifatiga bog‘liq. Jamiyat va ta'lim yaxlit
bir tizimni tashkil etadi. Jamiyatda kechayotgan
har qanday global jarayonlar,
ta'lim holatida o‘z aksini topadi. Uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlar, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ta'lim
muassasalari faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari,
hukumat
qarorlari, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga qaratilayotgan e'tibor,
ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta'lim sifatini oshirishdagi mavjud
muammolarning
yechimini topish, ta'lim mazmunini takomillashtirish bilan bir
qatorda, uning sifatini ilmiy asosda boshqarishni ham taqozo etmoqda.
“Sifat” tushunchasi pedagogika fanida: bir predmet yoki hodisani
boshqasidan farqlovchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
belgilar, xususiyatlar,
o‘ziga xosliklar;
shuningdek, u yoki bu xususiyatlarning mukammal darajaga
o‘sishini ko‘rsatuvchi jarayon, ma'naviy-ma'rifiy kategoriya sifatida talqin qilinadi.
“Ta'lim sifati” so‘z birikmasi mamlakatimizda ilk bor 1997 yilda
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining ta'lim sifati ustidan davlat nazoratiga bag‘ishlangan modda va
bo‘limlarida rasmiy ravishda qayd etildi. Bu esa o‘z
navbatida mazkur sifatni
ta'minlashga doir qator amaliyotlar va nazariy konsepsiyalarning yaratilishiga
turtki bo‘ldi.
259
Ta'lim sifati deganda faqatgina tahsil oluvchilar egallagan bilim, ko‘nikma
va malakalarining davlat ta'lim standartlariga mos kelishi tushunilmasdan balki har
bir pedagog va rahbarning mazkur yo‘nalishda sifatli ta'lim xizmatini ta'minlashi,
ya'ni ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli ravishda faoliyat olib borishi
tushuniladi..
Do'stlaringiz bilan baham: