Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


-rasm. Sifatni boshqarish uchburchagi (sifat boshqaruvi modeli)


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   214
Bog'liq
-.-

9-rasm. Sifatni boshqarish uchburchagi (sifat boshqaruvi modeli). 
Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimini yaratishdan maqsad 
iste'molchilar talablariga mos keluvchi sifatli ta'lim xizmatlarini taqdim etish uchun 
zarur sharoitlarni ta'minlashdir. 
Bundan tashqari zamonaviy ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish 
tizimi quyidagilar uchun zarur: 

davlat ta'lim standartlari talablariga erishishda ta'lim jarayonlari 
samaradorligini oshirish; 

muassasada ijodiy va ishchan muhitni rivojlantirish, xodimlarning 
kasbiy faolligini oshirish; 

muassasada boshqaruv tizimini yaxshilash; 

ta'lim jarayonining moliyaviy, moddiy va kadrlar ta'minotini 
optimallashtirish; 

muassasaning raqobatbardoshligini oshirish; 

ta'lim faoliyati uchun zamonaviy xavfsiz sharoitlarni yaratish

boshqaruvda jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash. 
Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimining vazifalari 
quyidagilar: 

ta'lim jarayoni sub'ektlari o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma sifatida davlat 
standartlarining bajarilishini ta'minlash; 
Loyihalashtirish va 
rejalashtirish 
Sifatni boshqarish 
Jarayonlar monitoringi 
va korreksiya 


264 

ta'lim sifatining asosiy mezon ko‘rsatkichlarini belgilash; 

ta'lim sifati to‘g‘risida tahliliy hisobot va ma'ruzalar tayyorlash

ta'lim sifatini ta'minlash va doimiy yaxshilash uchun innovatsion 
jarayonlarni rag‘batlantirish; 

muassasasining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, pedagog 
xodimlar malakasini oshirish. 
Tadqiqotlar natijalariga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim muassasasida 
ta'lim sifati menejmenti, bu – ta'lim sifatini loyihalashtirish, ya'ni ta'lim 
maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarini belgilash; ta'lim jarayonini tashkil etish va 
ishtirokchilarning sifatli mehnatga qiziqishini uyg‘otish; maqsadlardan 
chetlanishlarni aniqlash va rivojlanishdagi o‘zgarishlarni kuzatish (monitoring) 
tizimi; natijalarni boshqarish va tahlil qilish jarayonlaridir. 
Shunday qilib, ta'lim sifati menejmenti, bu – har qanday tasodifiy
oldingisidan ko‘ra yaxshiroq, o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan maqsadlarga emas, balki 
ta'limning oldindan bashoratlangan natijalariga, ya'ni muayyan ta'lim oluvchining 
eng yuqori imkoniyatlarga erishishi uchun tashkil qilingan va yo‘naltirilgan alohida 
boshqaruv bo‘lib, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun boshqaruvning 
barcha funksiyalarini amalga oshirish, ham tor, ham keng ma'noda kafolatlangan 
natijaga erishishdir. 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling