Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   214
Bog'liq
-.-

Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim. Ilmiy 
texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta'lim 
xizmatlarini ko‘rsatish istiqbolli, zamonaviy o‘quv tizimlari uchun quyiladigan 
talablardan biridir. YuNeSKO «Ta'limni axborotlash instituti» mutaxassislarining 
fikricha, ta'lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri dunyo 
aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan 
holda, masofaviy o‘qitish va mustaqil o‘qish imkoniyatlaridan keng foydalanish 
ta'minotini yaratishdir. 
Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari har bir shaxsning o‘zi istagan ta'lim 
olish huquqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o‘qitish 
aynan shunday o‘qitish shakli bo‘la oladi. 
Masofaviy ta'lim – masofadan turib o‘qitish, o‘quv mashg‘ulotlarining 
barchasi yoki ko‘p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish 
texnologiyalari asosida olib boriladigan jarayon. 
Masofaviy o‘qitishning quyidagi ijobiy tomonlari mavjud: 

o‘qitishning an'anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega 
bo‘lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o‘qish va 
ishlashni birgalikda amalga oshira olish; 


272 

turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatlariga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari 
tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralangan holatda

o‘qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishda; 

chet el o‘quv muassasalarida ta'lim olishni istaydiganlar uchun; 

ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun muhimdir. 
Masofaviy ta'limda o‘qitish vositalari quyidagilardan iborat: elektron 
darsliklar (qog‘oz va elektron shaklda); tizimdagi o‘quv materiallar; kopyuter 
o‘quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio o‘quv axborotlari; video 
o‘quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar
trenajyorlar; masofaviy bilim bazalari; geoaxborot va baholaydigan o‘qitish 
tizimlari asosida didaktik materiallar. O‘qitish vositalari - o‘qitishning texnik 
vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, kodoskop, 
videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling