Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: 1.
- Tayanch tushunchalar
- Talim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish
ADABIYOTLAR: 1. Abdullaev F.A. Ta’lim sifati menejmentida axborot texnologiyalarining o‘rni.-Toshkent: Komron-Press, 2016.-186 b. 2. Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. – Moskva: Znanie, 2009. -159 s. 3. Yuldashev M.A. Ta’lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.- Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet. 15-§. TA'LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISh. ELEKTRON PEDAGOGIKA. 265 REJA: 1. Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish 2. Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim. 3.Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi. Tayanch tushunchalar: ta'limni axborotlashtirish, ta'lim sifati, ta'lim jarayoni sub'ektlari, axborot-kommunikatsiya vositalari, masofaviy ta'lim, kompyuterlashtirish, elektron pedagogika. Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish. So‘ngi yillarda mamlakatimizda ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, demokratik tamoyillarga asoslangan innovatsion ta’lim boshqaruvini amalga oshirish, uzluksiz ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Hozirda ta’lim sifatini baholashning elektron tizimini takomillashtirish, xalqaro baholash dasturlarini keng joriy etish, davlat–ta’lim- tarbiya–jamiyat shaklida boshqaruv samaradorligini oshirish, e-Governance tizimi institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik asoslarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda, oliy ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot ayirboshlashning yangi shakllari va imkoniyatlari orqali yagona ta’limiy axborot tizimini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan mamlakatlar - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabilarda ta’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarining rivoji zamirida ta’lim iste’molchilari tomonidan elektron xizmatdan foydalanish shakllariga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda hamda bu yo‘nalishda keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu sababli bugungi kunda ta’lim menejmentida maqsadli faoliyatni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi vazifalarni bajarish jarayonlarini o‘rganish hamda turli sharoitlarda boshqaruv funksiyalarini axborot ayirboshlash kontekstida oqilona amalga oshirish, axborot 266 xizmati tizimining funksional vazifalarini muvaffaqiyatini ta’minlash zarurati mavjud. Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishda axborot xizmati rolini oshirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ta’lim menejmentini axborotlashtirish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (1993 yil), “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonun (1998 yil), 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmoni mazkur sohani rivojlantirishning me’yoriy va huquqiy asoslari bo‘lib xizmat qilmoqda. 2019 yil 2 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4151-son hamda 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mamlakatimizda axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishga qaratildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Milliy “Elektron ta’limi” tizimini boshqarish, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan axborot-ta’lim resurslarini iste’mol qilinishini tashkil etish, Ye-learning hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini axborot- kommunikatsiya vositalari asosida amalga oshirish dolzarb bo‘lib, ta’lim menejmentida elektron metodik majmualar va boshqa ta’limiy axborot resurslariga yagona davlat talablarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarida boshqariladigan axborot xizmati tahlili va monitoringini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 267 Shundan kelib chiqib, pedagogika oliy ta’lim muassasalari ta’lim menejmentida axborot xizmati tizimi uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, ta’lim iste’molchilari va oliy ta’lim muassasasi hamda mehnat bozorida ish beruvchi o‘rtasida sifatli dialogli muloqotni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sub’ektlariga islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, ta’lim boshqaruvi organlari faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, ularning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari va axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini tubdan yaxshilash dolzarb bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Davlatining boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlarida ishtirok etishi, bunda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishga bo‘lgan ijtimoiy talabning ortishi, axborot- kommunikatsion xizmatning mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda o‘zga mamlakatlar bilan aloqaga kirishividagi tutgan o‘rni, yuksak salohiyatli, o‘z kasbini puxta bilgan raqobatbardosh kadrlar va mutaxassislarga bo‘lgan talabning keskin o‘sishida namoyon bo‘lmoqda. 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi” 32 ning 4.4. –“Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish” yo‘nalishida:uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq o‘qitish va ta'lim olishning zamonaviy usullarini tadbiq etgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, unda davlat tomonidan yoshlar bilan ishlash siyosatini takomillashtirish, intellektual rivojlangan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ta'lim muassasalarida ta'lim sifati va uni baholash mezonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, zamonaviy pedagogik nazariyalar, ilg‘or tajribalar, axborot-kommunikatsion vositalar asosida o‘z faoliyatini tashkil qila oladigan, yangi dunyoqarashdagi 32 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni.-Toshkent, 2017 yil 7 fevral 268 shaxsni shakllantirish, ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. XXI asrda tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini axborot- kommunikatsiya vositalari asosida rivojlantirish hayotiy zaruratga aylandi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimiga integratsiya qilish, uning mazmunini milliy istiqlol g‘oyasi va milliy manfaatlar asosida davom ettirish, demokratlashtirish, yangilash, modernizatsiya qilish va liberallashtirish, shuningdek ta'lim jarayonini axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan qurollantirish va innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan boyitish tushunchalari bugungi kunda o‘z ifodasini topdi. Ta'lim tizimida tub islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, [2,3]da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish asosida ta'lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy innovatsiya talablariga to‘la javob beruvchi ta'lim infrastrukturasi, ya'ni uzluksiz ta'limning yaxlit tizimi yaratildi. Ushbu tizim ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, ta'limni yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy bozor iqtisodining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat asosida, xalq xo‘jaligini barcha tarmoq va zvenolarning keskin rivojlanishini taqozo etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Korxonalar orasidagi raqobat o‘z navbatida, fan -texnika va texnologiyani, ya'ni ilmiy texnika taraqqiyotining (ITT) jadallashuviga olib keladi. ITT ning jadallashuvi, hayotning barcha sohalarida tubdan isloh qilinishi natijasida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyatini beradi. ITT ning hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli bilan belgilanadi. XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi sur'ati oshdi. Oxirgi, har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari 2 marta oshib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma'lumotlar insoniyatning to‘la tarixi davomida to‘plangan bilimlarini katta qismini tashkil etdi. Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponensial qonun hisoblanadi. 269 Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur'atlari aqliy mehnatning borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda. Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy texnikaviy axborotning jadal o‘sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenti qonun bo‘yicha rivoji uning shiddatli o‘sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy axborot o‘sish ham, shiddatli jarayon hisoblanadi. Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta'minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali axborot tizimlari qo‘llanilmoqda. Ilm-fan axborotining hozirgi zamon o‘sish tezligi va hajmi ularning o‘tgan 15-30 yildagi holatida keskin farq qiladi. Ilm-fan rivoji, bu ma'lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir. Shuning uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o‘ta iqtidorlilariga zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy axborot va o‘quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga imkoniyat berishi lozim. Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, axborot- kommunikatsiya tizimlari, elektron va multimedia darsliklarini yaratish vazifalarini amalga oshirish taqozo etilayotganligi yangi mazmundagi turli axborot-kommunikatsiyalari xizmatidan foydalana olishga asoslangan ta'lim jarayonini tashkil qilish, uning mazmunini takomillashtirish, pedagogik jarayonni innovatsiyalarga asoslanib yangicha tarzda tashkil qila olishda pedagogning o‘rni, uning mehnati va mehnat jarayonini tashkil qila olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan AKT imkoniyatlaridan foydalanish sohasida katta tajriba to‘plangan. Bu ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish zaruratining nechog‘li muhimligini ko‘rsatuvchi dalildir. 270 Tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil qilishda hamda pedagogik jamoaning faoliyatini optimal holatda tuzishda axborot-kommunikatsiya xizmatlarining ahamiyati salmoqlidir. Ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish orqali tizimlashtirilgan ma'lumotlarni yig‘ish, saqlash, ularni tahlil qilish, qiyoslash, ma'lum qarorlarni qabul qilishga keng imkoniyatlar ochiladi. Shu bilan birga qisqa muddat ichida katta sig‘imdagi, turli tipdagi axborotlarga ega bo‘lish, ularga ishlov berish imkoniyati kengayadi. Shu ma'noda mamlakatimiz uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida o‘qitish jarayoni sifatini oshirishda axborot – kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, axborot xizmati tizimini modellashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonining innovatsion faoliyatini oqilona tashkil qilish, uning istiqbol strategiyasini aniqlash, pedagogikadagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Ta'lim sifatini oshirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan qator metodologik yondashuvlar (V.G.Afanasev, V.P.Bespalko, V.P.Kuzmin, A.I. Prigojiy, V.A.Rozanova, V.P.Simonov, B.C.Lazarev, M.M.Potashnik, V.P.Simonov, P.I.Tretyakov, T.I. Shamova) mavjud: tizimli, ya'ni boshqariluvchi tizim tarkibiga kiruvchi ob'ekt va sub'ektlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir butunligini ta'minlovchi; vaziyatli, ya'ni muassasa maqsadlariga samarali erishishga yo‘naltirilgan muayyan usullarning birikmasi sifatida; jarayonli, ta'lim sifatini oshirish funksiyalarining uzluksiz zanjiri sifatida tushunishga asoslangan didaktik yondashuvlar. Ushbu yondashuvlar ta'lim sifatini oshirishning nazariy-metodologik asosini tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli, refleksiv, milliy-hududiy va natijaga asoslangan holatda tadqiq qilishga qaratilgan. Ta'kidlash joizki, ta'lim jarayonini axborotlashtirish alohida yondashuvlar qamrovida o‘rganilmasdan, ularning turli kombinatsiyalari asosida tadqiq etiladi, chunki mazkur yondashuvlarning har biri ta'lim tizimidagi jarayonlar mohiyatini tushunib yetishda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning muayyan bir jihatlarini yoritishga yordam beradi. 271 Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ular ta'lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlarni amalga oshirishga zamin hozirladi. Ta'lim tizimidagi tub islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ta'lim sifatini oqilona boshqarish, bunda axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur jarayonga innovatsion shakl, vosita va usullarni joriy etish, buning uchun maxsus tayyorgarligi mavjud bo‘lgan pedagogik kadrlarni yetishtirishdan iboratdir. Ta'lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish asosida ta'lim jarayonini yangi mazmunda tashkil qilishga keng imkoniyatlar ochildi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling