Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talim sifati
Ta'lim sifati – bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiq
boshlang‘ich, umumiy, kasbiy va qo‘shimcha ta'lim tizimi tomonidan (turli yoshdagi, jinsdagi, jismoniy va ruhiy holatdagi) aholiga taqdim etilayotgan ta'lim xizmatlarining qamrovi va darajasini aks ettiruvchi majmuaviy tavsif. Sifatli ta'lim har bir shaxsga uning manfaatlariga muvofiq ta'limni davom ettirish imkoniyatini bermog‘i lozim . Ta'lim sifati, – nafaqat tahsil oluvchilar bilimining davlat standartlariga mosligi, balki ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, har bir pedagog va rahbarning ta'lim xizmatlari sifatini ta'minlashdagi faoliyati hamdir. Shuningdek, zamonaviy ta'lim muassasasida ta'lim sifati erishilgan miqdoriy va sifat natijalarining darajasini, ta'lim jarayonini tashkil etish va mazkur jarayon amalga oshadigan sharoitlarni aks ettiruvchi tavsiflar to‘plamida ifodalanadigan maqsad va natijalarning nisbati sifatida aniqlanadi. Mamlakatimizda ta'lim sifatini ta'minlashning huquqiy asoslari sifatida xizmat qilayotgan “Ta'lim to‘g‘pisida”gi Qonuni (7-modda), Kadrlap tayyoplash milliy dastupiga muvofiq pespublikada idopaviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllapidan qat'iy nazap ta'lim muassasalapining bapcha tuplapi uchun majbupiy bo‘lgan Davlat ta'lim standaptlapi (DTS) joriy qilinishi, standaptlashtipish ob'ektiga nisbatan me'yoplap va talablapning belgilanishi, “Standaptlashtipish to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tasdiqlanishi “Davlat ta'lim standaptlapi to‘g‘pisida”gi nizomda qayd etilgan, shuningdek, mazkur nizomda, DTS: - kadplap tayyoplash sifati, ta'lim mazmuni, ta'lim oluvchilap tayyopgapligining zapup va yetapli dapajasi, bitipuvchilapga, o‘quv yuklamasining hajmiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 260 - ta'lim va kadplap tayyoplash sifatiga baho bepishning xolis tizimini, ta'lim muassasalapini attestatsiyadan o‘tkazish va akkpeditatsiya qilishni jopiy etish; - kadplapni maqsadli va sifatli tayyoplash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqapishning samapali integpatsiyasini, milliy standaptlap talablapining xalqapo talablapga muvofiqligini, ta'lim bapcha tuplapi mazmunini, ta'lim va tapbiyaning o‘zapo bog‘liqligini, uzluksiz ta'lim tizimida izchillikni ta'minlash kabi qator vazifalar belgilangan. Sifatni boshqarish nazariyasining shiddat bilan rivojlanish davri o‘tgan asrning 40-yillari oxiri va 50-yillariga to‘g‘ri keldi. Ushbu davrda A.Feygenbaum (Armand V.Feigenbaum) sifatni ishlab chiqish, sifatni qo‘llab-quvvatlash va sifatni yaxshilash bosqichlaridan iborat Sifatning Umumiy Nazorati (Total Quality Control) tushunchasini kiritdi. Bugungi kunga kelib TQCning bir nechta asosiy (Yaponiya, Amerika, yevropa) “maktab”lari mavjud. Shuning uchun bo‘lsa kerak, TQC asosini belgilovchi tamoyillar miqdori haqida mutaxassislar o‘rtasida yagona bir fikr yo‘q. Asosiylar sifatida quyidagi sakkizta tamoyil tan olinadi: 1. Tashkilotning iste'molchiga yuz tutganligi. 2. Rahbarlikning roli. 3. Xodimlarni jalb etish. 4. Jarayonli yondashuv. 5. Boshqarishga tizimli yondashuv. 6. Muntazam takomillashtirish. 7. Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish. 8. Ta'minlovchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabat. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mahsulot, xizmat, ish va jarayonlarning yuqori sifatini ta'minlashga yo‘naltirilgan hukumat, firma va kompaniyalar rahbariyatining ulkan sa'y-harakatlari natijasida sifatni oshirish milliy g‘oyaga aylandi. Mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar ta'lim muassasalarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish, sifatli ta'lim xizmatini 261 ko‘rsatishga rag‘batlantirishni kuchaytirish va natijada, ta'lim xizmatlari sifatini boshqarish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, boshqarishning strategik rejalashtirishga, sifat menejmenti tizimiga asoslangan yangi tamoyillarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Sifat – korxona va tashkilot, shu jumladan, ta'lim muassasalarining mavqyeini mustahkamlash maqsadida ichki va xalqaro bozorda mablag‘ sarflashning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotgani butun dunyoda sifatni ta'minlash muammolariga e'tiborning oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ta'lim sifati ta'lim oluvchilar tomonidan faqatgina akademik bilimlarni o‘zlashtirganlik darajasi bilan emas, balki hayotiy faoliyatning turli sohalari bo‘yicha kompetensiyalarning shakllanganligi, bir umr o‘qib-o‘rganishga tayyorlik, shaxsiy va kasbiy rivojlanish kabi motivatsiyalarning turg‘unlanish darajasi bilan o‘lchanadi. «Ta'lim sifati – bu ta'limning (natija, jarayon, ijtimoiy tizim sifatida) turli ehtiyojlar, davlat, jamiyat, shaxs manfaatlariga muvofiqligi; ta'limning ierarxiya (yuqoridan quyiga) tamoyillari asosida tashkillashtirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyat(tavsif, parametr)larining tizimli majmuasi». 31 Turli yondashuvlarning integratsiyasi natijasida Sifatning yalpi boshqaruvi (Total Quality Management – TQM) konsepsiyasi shakllandi. Zamonaviy TQMning asosini oliy darajadagi boshqaruvning tashkilot, uning xodimlari, iste'molchilari va jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab sifat sohasidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish va barcha xodimlarning uni amalga oshirishdagi ishtiroki tashkil qiladi. Tashkilotdagi menejment sifatini yaxshilashda birinchi rahbarning mas'uliyatini kengaytirish tamoyilini ilgari surgan va asoslagan A.Feygenbaum TQM tamoyillari ishlab chiqilishiga katta hissa qo‘shgan. 31 Yuldashev M.A. Ta’lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.-Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet. 262 Tashkilot oliy boshqaruvining sifatni boshqarishdagi doimiy va muntazam shaxsiy ishtiroki – ta'lim muassasasining sifatni ta'minlash ishida muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling