Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Boshqaruvning umumiy va xususiy qonuniyatlari
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
Boshqaruvning umumiy va xususiy qonuniyatlari
Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari Boshqaruvning xususiy qonuniyatlari Ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish qonuniyati Boshqaruv funksiyalarining o‘zgarishi qonuniyati Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning, boshqarish ob’ekti va sub’ektining o‘zaro munosabati qonuniyati Boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiya jarayonlarini kuchaytirish qonuniyati Boshqaruv funksiyalarining jamlanishi (boshqaruv xodimlari sonining ko‘payib borishi) qonuniyati Nazoratning keng tarqalishi qonuniyati Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim ta'lim muassasalariga nisbatan amal qiladi(1-jadval). Boshqaruv qonuniyatlari ta'limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda to‘liq hisobga olinadi. Ta'limni boshqarish tamoyillari, bu – boshqaruv tizimi, 253 tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalardir. Boshqaruv tamoyillari ham qonuniyatlar singari umumiy va xususiylarga bo‘linadi. Ta'limni boshqarishning umumiy tamoyillari: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik; ta'limni rejali boshqarish; rag‘batlantirish; pog‘onaviylik. Ta'limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta'sir ko‘rsatadi. Boshqaruv qonuniyatlari va tamoyillari boshqarish funksiyalari bilan uzviy bog‘liqdir. Ta'limni boshqarish funksiyalari, bu – ular boshqaradigan kichik tizim boshqaruv ob'ektiga ta'sir ko‘rsatishida yordam beradigan faoliyat turidir. Boshqaruv funksiyalari umumiy va xususiy funksiyalarga bo‘linadi. Menejmentga tatbiqan rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish, nazorat kabi umumiy funksiyalar ajratib ko‘rsatiladi. Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalaridan kelib chiqqan holda ta'lim sifati va ta'lim muassasasini boshqarishga metodologik yondashuvlar vujudga keltiriladi. Ta'limni boshqarish metodlari, bu – boshqaruv sub'ektining muayyan maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan ob'ektga ta'sir ko‘rsatish metodlaridir. Ta'limni boshqarish metodlari xilma-xil (boshqaruvning iqtisodiy metodlari, tashkiliy-boshqaruv metodlari va boshqalar), ammo ularning xodimlarga (umuman ta'lim muassasasi va alohida har bir xodimga) ta'siri motivatsiya vositasida qaror topadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘z tadqiqotlarimizda boshqaruvni boshqaruv sub'ekti tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz, izchil faoliyat sifatida qaraymiz. Boshqaruv jarayoni turkumlilik xususiyatiga ega. U amaliy harakatlarga ehtiyojni, maqsadlarni qo‘yishni aniqlashdan boshlanib, ularga erishish va voz kechish bilan tugaydi. 254 Ushbu o‘rinda boshqaruv siklini rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish singari to‘rt asosiy boshqaruv ishining yopiq izchilligi sifatida tushunamiz. Rejalashtirish, bu – faoliyat ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni bajarish natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qo‘yilishi) ko‘zda tutilayotganligi, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi muddatlarda bajarilishi kerakligi, ya'ni nima, qaerda va qay yo‘sinda amalga oshirilishi lozimligi belgilanadi. Ijrochilarning birgalikdagi samarali faoliyati uchun kim va qanday ishlarni bajarishi (funksional vazifalari, majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi), bunda kim bilan va qay yo‘sinda o‘zaro munosabatda bo‘lish lozimligini belgilash (taqsimlash) kerak. Bunday vazifalarni amalga oshirish boshqaruvni tashkil qilish deb ataladi. Boshqaruv yuz berayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda tegishli axborotga ega bo‘lishi lozim. Bunday axborotni olish va faoliyat jarayoniga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur. Nazorat boshqaruvning “ko‘zini ravshan” va o‘zgarishlarga nisbatan ta'sirchan qiladi. Ushbu o‘zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish va rahbarlik qilishga yana qaytish, ya'ni teskari aloqa orqali amalga oshiriladi. Natijada boshqaruv davri yopiq holga keladi. Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat hokimiyat munosa-batlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv yoki boshqarish deb ataladi. Har qanday faoliyat ozmi-ko‘pmi unumli bo‘ladi. Unumdorlik, bu – muayyan vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog‘liq harajatlar o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi xususiyatdir. Ta’lim sifati – bu ta’limni Davlat ta’lim standartlari, tegishli ta’lim dasturining o‘quv-dasturiy hujjatlari talablariga muvofiqligi 255 Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz. Ta'limni va ta'lim muassasasini boshqarishda bitta emas, balki ko‘plab boshqaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega – xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, xalq ta'limini boshqarishning umumiy turkumida alohida ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarish xususiy turkumni tashkil etadi. Jumladan, ta'lim sifatini boshqarish ta'lim jarayonini boshqarishning umumiy tuzilmasi takribiga kiradi. Bunda sifatni boshqarish umumiy boshqaruvning o‘z samaradorligini namoyish qilgan chiziqli tuzilmasini buzmaydi, aksincha, sifatni boshqarishning joriy etilishi rahbar bilan xodimlar va jamoatchilik vakillari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish orqali ta'limning umumiy boshqaruvi samaradorligi keskin oshishini ta'minlashi mumkin. Alohida usullar va faoliyatlar, vositalar, jarayonlar va jarayonlar amalga oshirilishi ketma-ketligining batafsil bayoni qayd etilgan tartib(reglament)lar ta'lim sifatini ta'minlashga asos bo‘lishi bilan birga qabul qilingan boshqaruv qarorlarining samarali ijrosini ham yuqori darajada kafolatlaydi. Agar tizimda yangi tarkibiy elementlar yuzaga kelsa yoki ilgari mavjud bo‘lgan elementlar yo‘qolsa, shuningdek tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasida yangi munosabatlar vujudga kelsa yoki mavjudlari yo‘qolib borsa, bu holatlar tizim faoliyat ko‘rsatayotganidan darak beradi. Bunda ta'lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar: - uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlar tabaqalashuviga va boyishiga olib kelsa, u holda tizimning rivojlanayotgani haqida gapiriladi; - uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlarning yo‘qolib ketishiga va birlashishiga olib kelsa, u holda tizimning inqirozga uchrayotgani haqida gapiriladi. 256 Agar ta'lim tizimining rivojlanishi uni ijobiy baholanadigan muayyan idealga olib kelsa, u holda bunday rivojlanishni taraqqiyot deb baholash mumkin bo‘ladi. Ta'lim jarayonlari boshqaruvi muammolari yo‘nalishidagi tadqiqot-larni va yuqorida keltirilgan yondashuvlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida olingan natijalarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim jarayonlarini boshqarishda ixtiyoriy yondashuvlarni ta'lim jarayoni sub'ekti va ob'ektining shunchaki o‘zaro ta'siri shaklida amalga oshirish samara bermaydi. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda yuqorida keltirilgan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etib, ular asosida boshqaruv faoliyatini ilmiy tarzda tashkil etish jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlash-tirish, ijtimoiy amaliyot va ta'lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda natijalarning samaradorligini hamkorlikda tahlil qilishni nazarda tutadi. Demak, ta'lim samaradorligini ta'minlashda ta'lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning o‘ziyoq bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash kabi qator boshqa vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa mazmun-mohiyatiga ko‘ra boshqaruvni ifodalaydi. Shunday ekan, boshqaruv ob'ekti sifatida ta'lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini ta'minlashda boshqaruv funksiyalari va ularning vazifalari, boshqaruv metodlari va ulardan foydalanish, boshqaruv algoritmi va uning mohiyati, boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish yo‘llari, rahbarlik uslublari va ularni qo‘llash kabi qator tushunchalarga ega bo‘lish zarur hisoblanib, mazkur tushunchalarni menejment fani tadqiq etadi. Demak, ta'lim jarayonlari ham boshqaruv ob'ekti bo‘lib, ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlash yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar, ya'ni ta'lim sifatini o‘rganish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash jarayonlari ham boshqaruv ob'ektlari hisoblanadi. Shunday ekan, ta'lim sifatini o‘rganish, tahlil qilish va 257 ob'ektiv baholash jarayonlari ta'lim sifati boshqaruvini ifodalaydi deb aytish mumkin. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim sifatini boshqarish jarayonlarini ham boshqaruv ob'ekti sifatida asoslash va mazkur yo‘nalishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish ta'lim sifati va ta'lim sifati menejmenti tushunchalarining mazmun-mohiyatini hamda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi yondashuvlarni o‘rganish va tahlil qilish zaruriyatini belgilaydi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling