Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish. Sifatning yalpi boshqaruvini joriy
etish uchun rahbar quyidagilarni amalga oshirishi lozim: sifat menejmentini joriy etish, raqobat sharoitida ta'lim muassasasining maqsadi, umumiy mafkurasi, rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish to‘g‘risida strategik qaror qabul qilishi; tashkilot maqsadlari tarkibiga sifatni ta'minlashni kiritish, uni ham ma'naviy, ham moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; tashkilot oliy boshqaruvi tarkibidan sifat uchun mas'ul vakilni tayinlash; jarayonlarni boshqarishning statistik usullari va sifat menejmenti sohalari bo‘yicha xodimlarni (shu jumladan, yuqori pog‘ona rahbarlar tarkibidan) tayyorlash; xodimlar bilan teskari aloqani tashkil qilish (ichki iste'molchilarning fikrlari va talablarini inobatga olish); ichki audit va tashkilotdagi kamchiliklar tahlilini muntazam o‘tkazib turish. Djuran va Deminglar ta'kidlashicha, sifat uchun mas'uliyatning salmoqli qismi (muammolarning 96 foizi) menejment tizimi va uning yaratuvchilari, qolganlari (muammolarning 4 foizi) bajaruvchilar zimmasiga yuklatiladi. TQM konsepsiyasida sifatni boshqarishga doir avvalgi konsepsiyalarga xos bo‘lgan barcha ijobiy jihatlar o‘z aksini topgan. U ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘pgina zamonaviy menejment tizimlarining asosini tashkil qiladi. TQMning ko‘pgina yondashuvlari ISO oilasiga kiruvchi xalqaro sifat standartlarining zamonaviy avlodi g‘oyalari tarkibiga kiritilgan. Standartlarning ahamiyati shundaki, ular korxona menejmentiga tizimli va jarayonli yondashuvni joriy etish, menejmentning e'tiborini iste'molchilarga va ularning manfaatlarini hisobga olishga qaratadi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) 9000 raqamli standartlari sifat tizimlarini loyihalashtirish va qo‘llashning yagona, butun dunyoda tan olingan yondashuvini joriy qildi. ISO 9000 standartlari turli soha tashkilotlari uchun universaldir. Ular ishlab chiqarish, aloqa, xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta'lim kabi faoliyat sohalarida faol 263 qo‘llanilmoqda va dunyoda eng mashhur standartlar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Shunday qilib, ta'lim sifatini boshqarish bir-biri bilan bog‘langan va o‘zaro ta'sirda bo‘luvchi elementlardan iborat uzluksiz va yopiq kechadigan jarayondir (- rasm). Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling