Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaning regulyativ funksiyasi
- Oilaning relaksatsiya funksiyasi
Oilaning felitsitologik funksiyasi nima? Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felitsite»- baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada er-xotinning bir-birini to‘liq tushunishi- ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta'minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlarni (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi»(13.42). Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda. Oilaning regulyativ funksiyasi oila a'zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan 144 yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma'naviy tomondan qo‘llab- quvvatlash nazarda tutiladi. Oilaning relaksatsiya funksiyasi uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta'minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta'sir etadi. Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko‘rsatishi tabiiy holdir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ularning sog‘ligini saqlashdir. Buning uchun bola to‘yib ovqatlanishi, gigiena talablariga rioya etishi lozim bo‘ladi. Ota-onalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo‘lishlari shart. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so‘zlashuvni tashkil etish lozim. Ota-onalar bolalarining maktab-o‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta'minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir: - bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo‘l qo‘ymaslik; - ularning mashg‘uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish; - bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o‘rgatish, ularning g‘ayrat va chidamliligini oshirish; - bolalarni vijdonli va rostgo‘y bo‘lishga, mustaqil ishlarga o‘rgatish. Oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik, 145 mehnatsevarlik, olijanoblik, fidoiylik, saxovatpeshalik kabi hislatlarni shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ma'lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkorlik to‘yg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to‘ladir. «Oilaviy hayotning «qorong‘u tomonlari» televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko‘rkam manzaralariga ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o‘ziga tortmaydigan ko‘pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba'zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta'sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga ko‘ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi». Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o‘tkazadigan salbiy ta'sirini baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o‘rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo‘qligiga, farzandning ajralgan ota-onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez- tez ko‘rishib turish imkoniyatining bor-yo‘qligiga ko‘p narsa bog‘liq. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko‘nikish jarayoniga ta'sir ko‘rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma'naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun nihoyatda og‘ir kechadi. Oila doimo maktab, mahalladagi pedagog-psixologlar, faollar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bu albatta yoshlarning ma'naviy-marifiy sohada yuksak samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ularning tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi. 146 Shunday qilib, oiladagi sog‘lom turmush tarzi- jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish garovidir Bunda oila, mahalla, ta'lim muassasasining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. MAVZU YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR: Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling