Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Chunsyu va Chjango davri. Sin imperiyasining yuksalishi


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
Chunsyu va Chjango davri. Sin imperiyasining yuksalishi. 
Mil. avv. VIII asrdan boshlab Xitoyda “Chunsyu” (bahor va kuz) 
y a’ni “ko‘p podsholiklar” davri boshlanadi. Bu tarixiy davr mil. avv. 
V asrlarga qadar davom etgan. Xitoy hududida Chjou podsholigi 
o ‘m ida Chjan, Vey, Chen, Sun, ssi, Lu, Szin, Chu, Yue va U davlatlari 
yuzaga keladi.
Xuanxe daryosi o‘rta oqimi va Buyuk Xitoy tekisligida 
joylashgan davlatlar, qolgan barcha xalqlar va podsholiklardan 
farqliroq tarzda, o ‘zlarini xuasya etnomadaniy birligi qatoriga 
kirgizishgan va “o ‘rtadagi davlat”lar deb nomlanishgan. “0 ‘rtadagi 
podsholik”laming barchasi Chjou davlatining ustunligini tan olishgan. 
Chjou hukmdori van “Samo o ‘gMi” ilohiy unvoniga ega edi, 
“o'rtadagi podsholik” laming hukmdorlari esa uni Xitoydagi oliy 
diniy nufuzga ega boMgan shaxs sifatida izzat qilishgan.
Hamonki ushbu podsholiklar o ‘rtasidagi urushlar doimo boMib 
o ‘tar ekan, davlatlararo munosabatlar, ular o ‘rtasida ittifoqlar tuzish 
tartibi, razvedkani (josuslikni) tashkil etish masalalariga oid boy 
amaliy tajriba asrlar davomida to‘plandi. Ayniqsa oxirgisi katta rol
117


o‘ynagan. Shu paytda davlatlararo munosabatlar nazariyasi va 
amaliyotiga taalluqli ta ’limotlar va doktrinalar yaratildi.
“0 ‘rtadagi 
podsholiklar”, 
“Xuasya” 
va 
“Varvarlar”ga 
o‘xshamasligi to ‘g ‘risidagi tasaw u rlar shakllandi va bu xol tashqi 
siyosiy aloqalar tamoyillariga o ‘z ta’sirini o ‘tkazdi. Samo o ‘g ‘lini 
butun olamning hukmdori sifatida tasvirlaydigan Chjou doktrinasi 
“o‘rtadagi podsholiklar” aholisining ustunligi va “varvar”laming 
tug‘ma madaniyatsizligi to ‘g‘risidagi Konfutsiy (mil. avv. 551-479- 
yy) ta ’limotining negizini tashkil etdi. Ushbu ta’limot qadimgi 
Xitoyda davlatlararo munosabatlar nazariyasi va amaliyotiga sezilarli 
darajada ta’sir etdi.
Hukmdorlar huzuridagi ayrim amaldorlaming vazifalari doirasiga 
boshqa davlatlar bilan munosabatlami yo‘lga qo'yish masalasi kirardi 
va maxsus kishilar elchilar nutqini tayyorlashardi. Dastlab saroyda 
muhokama qilingan ushbu nutqlar qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar 
olib borilganda katta ahamiyatga ega edi.
Chjou podshosi (Vani), Si hukmdori Chjuan gun (mil. avv 743- 
701-yy. ) ning mustaqil ravishda tashqi siyosiy va diplomatik 
harakatlar olib borish hamda harbiy ittifoqlar tuzish, shuningdek “ba” 
(gegemon) unvoniga ega bo‘lish huquqini tan oldi. Ittifoqchi 
podsholiklar gegemonga birlashish muqaddas qasamini (men) ichishar 
edi. Si davlatidan so‘ng gegemonlik (Szin, U va Yue) birin-ketin 
boshqa knyazliklar qo‘liga o ‘tib bordi. Bu davrda ichki urushlar 
doimiy bo‘lib qolgan edi. Xitoy tarixida “Chunsu” (ya’ni bahor va 
kuz) davrining mafkuraviy asoslari Lu davlatida afsonaviy Konfutsiy 
tomonidan ishlab chiqilgan degan fikr mavjud. Unga ko‘ra barcha 
insonlar o ‘z maqsad vazifasi va taqdiri bilan dunyoga keladi. degan 
konsepsiya ilgari surilgan.
Gegemonlaming 
siyosiy 
ustuvorligini 
mustahkamlashda 
elchilami qabul qilish va yuborish marosimi muhim rol o ‘ynardi. 
Elchilami yo‘lga otlantirish gegemonlami o ‘ziga yarashmasdi, shu 
paytning o ‘zida esa ittifoqchi podsholiklar hukmdorlarining shaxsan 
o'zlari elchilar sifatida gegemon huzuriga etib kelardilar.
“Chjango davri” xitoyliklarga faqat doimiy urush va ochlikni olib 
kelgan edi. Tarixda bu davr ikki asr davom etgan b o iib , “kurashuvchi 
podsholiklar” davri deb ham atalgan. Mil. avv 461-yili Xitoyning 
sharqi va g‘arbiga qadar yastanib yotgan hududda Si, Vey Vassin 
davlati joylashgan edi. Janubda esa ulkan Chu podsholigi Sharqdagi U
118


va Yue dalatlarini qattiq qarshiligiga qaramay ulami bosib olishga 
intilayotgan edi.
Yuqoridagilar orasida Si davlatida nisbatan markazlashgan, soliq 
tizimi tartibga solingan va tuz savdosi davlat monopoliyasiga 
o'tkazilgan edi. Vey esa harbiy jihatdan cheklangan kuchga ega 
boMgan. Sin g‘arbdagi ulkan hududga ega bo‘lsa-da ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy jihatdan boshqalarga nisbatan qoloq edi.
Ittifoqchi davlatlar podsholarining o‘g ‘illarini garovga olish 
Chjango 
davridagi 
davlatlararo 
munosabatlaming 
o ‘ziga 
xos 
xususiyatiga aylandi. Davlatlar tomonidan may da podsholiklami bosib 
olish jarayoni 
avj 
olgandi. 
Bu esa podsholiklar o ‘rtasidagi 
ittifoqlaming majburiy birlashuviga sabab bo‘lar edi. Davlatlararo 
yirik birlashmalaming alohida shakllari yuzaga keldiki, ular “vertikal 
bo‘yicha ittifoqlar”, “gorizontal bo‘yicha ittifoqlar”, “uzoqdagi 
davlatlaming yaqindagi davlatlarga qarshi ittifoqlar” deb nomlanishi 
bilan m a’lumdir. Ushbu sharoitda davlatlararo bitimlami tuzish 
amaliyoti bilan bog‘liq maxsus faoliyat turiga boMgan ehtiyoj paydo 
boMadi. Bunday zarurat nafaqat urush vaqtida, balki boshqa paytlarda 
ham talab qilingandi.
Konfutsiy ta ’limotiga ko‘ra jamiyatni boshqarish uchun har bir 
kishi o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi zarur boMgan. Diplomatiyaga 
taalluqli faoliyatning katta ahamiyatga ega ekanligini Chjango davrida 
mavjud boMgan barcha g ‘oyaviy-siyosiy m aktablaming vakillari 
ta ’kidlashgan. Jumladan, Konfutsiy diplomatiya san’atiga o ‘rgatishni 
podsholikni boshqarishdan keyin ikkinchi o ‘ringa qo ‘ygan. 0 ‘sha 
davrda elchilar yozma emas, balki og‘zaki ko‘rsatmalar bilan 
yuborilgan. Qadimgi Xitoyda diplomatik daxlsizlik haqida tushuncha 
mavjud boMmasligiga qaramasdan, amalda har qanday podsholikda 
elchiga katta xurmat bilan qaralgan.
Chjango davri hukmdorlarining saroylari qoshida “yuyshi” deb 
nomlangan yaqin amaldorlar bor edi. Ular hukmdor nomiga boshqa 
podsholiklardan yetib kelgan barcha maktublami qabul qilish, hamda 
kelgusi 
muzokaralar 
uchun 
m a’lumotlar 
tayyorlash 
bilan 
shug‘ullanardilar. Davlatlararo munosabatlar nazariyasi va amaliyoti 
bilan “Szun xen” maktabining faoliyati bogMiq boMgan. Odatga ko‘ra 
ushbu maktabning paydo boMishi donishmand Guy Gutszi (mil. avv. 
1V-III asrlar) nomiga taqaladi. Maktabning nomi ikki turdagi 
davlatlararo ittifoqlaming nomidan kelib chiqadi - “Szun” (vertikal
119


bo‘yicha ittifoq yoki shimol-janub ittifoqi) va “Xen” (gorizontal 
bo‘yicha ittifoq yoki Sharq-g‘arb ittifoqi).
Mil. avv. IV asr oxiriga kelib Xitoyni birlashtirish yo‘lida Chu 
vassin davlatlari o ‘zaro raqobatlashadilar. Sin podshosi Syao-Gun 
(mil. a w . 361-338-yy)ning yirik amaldorlaridan biri Shan Yan ushbu 
davlatda islohatlar o ‘tkazadi. U soliqlami tartibga solib, yemi sotish 
va sotib olishga ruxsat beruvchi qonunlami kiritadi. islohot armiyada 
ham amalga oshirilib, Sin davlati qo‘shinlari qayta tuziladi. Natijada 
podsho hokimiyati kuchayadi va davlat tizimi markazlashadi. Ammo 
podsho Syao-Gun vafot etgach, Shan-Yan eski zodagonlar tomonidan 
qatil etiladi. Shunday bo‘lsa-da, uning islohatlari kelgusida Sin 
davlatini Xitoyni birlashtirishi uchun muhum poydevor bo‘lib xizmat 
qilgan.
Keyinchalik Sin podshosi In Chjen (mil. avv. 241-210-yy) 
davrida istilolami amalga oshirish tashqi siyosatining asosiy 
vazifasiga aylandi. Mil. avv. 230-yilda Xan, mil. avv. 225-yilda Vey, 
mil. a w . 223-yilda Chu, mil. a w . 222 yilda Chjao va Yan hamda mil. 
avv. 221-yilda Si davlatlari bo ‘ysundirildi. In Chjen bir-necha bor 
unga uyushtirilgan suiqasdlardan omon qoladi. Sin podsholigi esa 
ko‘p asrlardan buyon parchalanib yotgan Xitoyni birlashtirishga 
muvaffaq bo‘ladi. Shu tariqa “Chjango” (Kurashuvchi podsholiklar) 
davri yakunlandi. In Chjen imperatorlik darajasini oladi va Sin 
Shixuandi sifatida butun Xitoy ustidan hukmronligini o ‘matadi. 
Mamlakat eski podsholiklar chegaralari bilan hisoblashilmay, 36 
viloyatga bo‘linib, har biriga Sin Shixuandi noib tayinlaydi. Butun 
Xitoyga yagona o‘lchov birliklari va pul joriy qilindi. Y o‘llar bir xil 
standart asosida savdo aravalariga mos qilib qurila boshladi. Syanyan 
shahri Sin imperiyasi poytaxti bo‘ldi. Mil. A w . 210-yilda imperator 
Sin Shixuandi kichik o‘g‘li Xu Xay, devon boshlig'i Chjao Gao va 
bosh maslahatchisi Li Silar bilan mamlakat bo‘ylab sayohati paytida 
olamdan o‘tadi. Taxtga 21 yoshli Xu Xay (Er Shi-Xuandi nomi ostida 
) o‘tqaziladi. Amalda esa davlatni bosh vazir Chjao Gao boshqaradi. 
Imperiyada ichki nizolar boshlanib, Chen Shen, U Guan va Lyu Ban 
boshchiligida xalq qo‘zg‘olonlariga olib keladi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling