Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Qadimgi Eron va Xitoy tarixi manbashunosligi
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi Eron va Xitoy tarixi manbashunosligi. Ahamoniylar
davlati haqida muhim manba sifatida qadimgi Eronning podshosi Doro I ning Behistun bitiklari, Gerodotning 9 muzadan iborat “Tarix” kitobida keltirilgan m a’lumotlar ahamiyatlidir. Behistun qoya toshiga podsho Doro I ning buyrug‘i bilan mixxat yozuvida Kir II ning o‘g ‘li Kambiz II ni taxtga kelishi vaqtinchaiik taxtni kohin Gaumata egallagani, Doro I ning uni hokimiyatdan chetlashtirilgani haqida so‘z boradi. U 23 satraplikni qayta birlashtirganligi haqidagi m a’lumotlami 8 yozib qoldirgan. Bu yo ‘Ida bir necha o ‘nlab ichki nizolarga chek qo‘ygani va qo‘zg‘olonlami bostirganligi haqida Behistunda keltirib o ‘tgan. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning kitobida Ahamoniylar imperiyasi, yunon-fors urushlari haqida m a’lumotlarda aytib o‘tiladi. Ayniqsa, Gerodot Doro I ning o ‘z imperiyasini 20 ta satraplikka b o ig an i, ulaming har biriga soliq belgilaganligi haqidagi m a’lumotlar muhimdir. Taniqli antik davr tarixchisi Ksenofontning “Iqtisodiyot” asarida ahamoniylar davridagi harbiy islohotlar hamda Suza shahrida saroy qurilishi haqidagi m a’lumotlar qoldirilgan. Shu bilan birga Eron hukmdorining Ioniya hokimi Gadatga yozgan xatida ham qimmatli m a’lumotlar keltirilgan. Qadimgi Eron manbashunosligiga oid tarixiy m a’lumotlar, mixxatda bitilgan yozuvlar va antik davr olimlarining obyektiv hamda subyektiv fikrlariga asoslanadi. Shuningdek, qadimgi davr olimlaridan Strabon, Aristotel, Esxil. Mark Porsiy Katon, Arrian, Pliniy, Chjan Szyan, Sima Szyan, Ban Gu va boshqalaming asarlari muhim manba hisoblanadi. Qadimgi Xitoy tarixi haqidagi m a’lumotlami Ban Chyao, Ban Chjao, Sima Szyan va Fan E asarlarida, Xan imperiyasi tarixiga oid solnomalardan topishimiz mumkin. Ushbu asarlarda Sya, Shan-In, Chjou, “Chunsu” davri (K o‘p podsholiklar), “Chjango” davri (Kurashayotgan podsholiklar) va Sin davlatlari tarixi haqidagi qimmatli maTumotlar keltiriladi. Shu bilan birga “Shi Szi”, “Xan Shu”, “Xou Xan Shu” tarixiy solnomalarining ahair.iyati borasida so‘z boradi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling