Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Dominant tizimining o'rnatilishi va Diokletian islohotlari


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Dominant tizimining o'rnatilishi va Diokletian islohotlari. 
Milodiy 235-yilda navbatdagi imperator Aleksandr Sever o ‘ldirilishi 
bilan hokimiyat uchun turli da’vogarlar o ‘rtasida kurash boshlanib, bu 
siyosiy tushkunlik yarim asr davom etdi. Oddiy jangchilar ichidan 
ham imperatorlikka da’vogarlar chiqdi. Jangchi-imperatorlar bir- 
birlarini tez-tez almashtirdilar. Odatda ulaming barchasi o'ldirilar edi. 
284-yiI kuzida tarixda Diokletian nomi bilan kirgan illiriyalik 39 
yoshli Diokl (284-305-yy) imperator deb e’lon qilindi. Diokletianning 
hukmronligi boshlanishi bilan Rim imperiyasining so‘nggi davri yoki 
Dominat (284-476-yy) davri boshlandi. Ozod etilgan qulning o‘g ‘li, 
tegishli m a’lumot olmagan, lekin aqlli va shafqatsiz bo‘lgan imperator 
Gay Avreliy Valeriy Diokletian hukmronligi vaqtida “dom inat” 
(latincha dominus- “janob”, “xo‘jayin”) nomini olgan siyosiy 
tizimning asoslari yaratildi. Diokletian va uning vorislari davrida Rim 
davlatining cheklanmagan monarxiyaga o ‘tishi tugallandi.
Diokletian davlatni temir musht bilan boshqardi va shaxsiy 
erkinliklami keskin chegaraladi. U imperiyaning mavqeini tikladi va
276


uning kuch-qudratini oshirdi. Diokletian Rim imperiyasi armiyasining 
sonini ikki marta oshirdi va mahsulotiarga doimiy narxlar o ‘matilishi 
orqali pulning qadrsizlanishini nazorat qilishga intildi. Bu paytga kelib 
past qiymatli tangalar zarb qilinishi natijasida pulning qadri nihoyatda 
tushib ketgan edi. U yangi to‘liq qiymatli oltin va kumush tangalami 
zarb qilishni buyuradi hamda ulam i yagona standartga keltiradi. 
Shuningdek, soliq yig‘ish ishlarini tartibga keltirib, davlat byudjetiga 
tushadigan daromadlami ham tartibga soladi. U imperatorlik 
hokimiyatining obro‘-e’tiborini tiklash maqsadida o ‘zini qadimgi Rim 
xudolaridan kelib chiqqanligini d a ’vo qildi va o ‘zida xudosifat aura 
yaratish uchun puxta o ‘ylab chiqilgan marosimlami tashkil qildi. 
Imperator hokimiyati ilohiylashtirilib, unga iloh sifatida sig‘inish joriy 
qilindi. Unga ta ’zim bajo keltirish, uning oldida tiz cho‘kish, boshini 
yerga qo‘yib yiqilish va kiyimi etagini ochish rasm boMdi.
Diokletian imperiya bitta hukmdor uchun juda katta va boshqarish 
murakkab deb, hisoblagan. Shu sabab u bir qator m a’muriy-hududiy 
islohotlar o'tkazadi. Jumladan, imperiyani yunon tilida so‘zlashadigan 
Sharqqa (Yunoniston, Anatoliya, Suriya va Misr ) va lotin tilida 
so‘zlashadigan G ‘arbga (Italiya, Galliya, Buyuk Britaniya va 
Ispaniya)ga 
bo‘ladi. 

imperiyaning 
yarmini 
(sharq) 
o ‘zini 
boshqaruviga oladi va g‘arb uchun o ‘ziga o ‘rinbosar tayinlaydi. 0 ‘z 
navbatida Diokletian hokimiyatni bo‘lish bilan birga nazoratni o‘z 
qo‘lida ushlab turishga harakat qiladi. Unga tegishli bo‘lgan 
imperiyaning Sharq qismi, katta shaharlami va imperiyaning savdo 
markazlarini o ‘z ichiga olgan va G ‘arbga nisbatan boyroq bo‘igan. 
Mazkur davrda Italiya imperiya markazi sifatida imtiyozini to‘la 
yo‘qotdi.
Diokletian juda ko ‘p inshootlar qurdi. Saroylar, sirk, Rimda 
termalar, Illiriyadagi Salonika shahrida (hozirgi Bosniyadagi Split) 
ulkan saroy ansambli bunyod qilindi. Diokletianning eng oxirgi 
tadbirlaridan biri nasroniylik dinini ta ’qib qilganidir. 303-304-yillarda 
keksa va kasal Diokletian yordamchisi Galeriy tazyiqi ostida 
nasroniylarga qarshi o ‘zini 4 ediktini e ’lon qildi. Rim imperiyasi 
g ‘arbiy va sharqiy qismlarga bo‘lindi.
Agar II asr boshlarida Trayan davri provinsiyalarining soni 45 ta 
bo‘lsa, endilikda eski bepoyon provinsiyalami boTish yo‘li bilan 
ulam ing soni 108 taga etdi. Diokletian markazi Nikomediya bo‘lgan 
imperiyaning sharqiy qismini boshqardi. Markazi Mediolon (Milan,
277


Shimoliy Italiya) bo‘lgan imperiyaning g‘arbiy qismini M aksimian 
boshqaruviga topshirdi. Diokletian va Maksiman “Avgust” unvonini 
ega b o iib , o‘zlariga yordamchi olib, ularga “Sezar” unvonini berdilar. 
Sezarlami avgustlaming avlodi hisoblagan Diokletianning fikricha, 
bunday tartib imperiya birligini saqlashga yordam berishi, viloyatlarda 
hokimiyatning zo‘ravonlik bilan tortib olinish imkoniyatiga y o i
qo‘ymasligi va shuningdek, Rim davlat chegaralarini qo‘riqlashni 
osonlashtirishi lozim b o ig an . German qabilalarining Rim hududiga 
doimiy ravishda bostirib kirishi harbiy islohot o ‘tkazishga majbur 
qildi.
Qo‘shinning soni ko ‘paytirildi. Endilikda yirik yer egalari 
koionlar va ozod etilgan qullardan jangchilar berishga majbur edilar. 
Harbiy xizmatga german qabilalarining qismlari-federatlar qabul 
qilina boshlandi. Bundan tashqari, qo‘shinning tezkor harakat qilishini 
ta’minlash uchun qo‘shin chegara qo‘shinlari va harakatdagi 
qo‘shinlarga 
b o iin d i. 
Chegara 
qo‘shinlari 
imperiyaning 
mustahkamlangan 
qal’alari 
va 
chegaralarida 
joylashtirildi. 
Harakatdagi yoki zahiradagi qo‘shin urush xavfi b o ig a n chegara 
hududiga yuborish uchun jangovor holatda saqlab turildi. Davlat 
hokimiyati narx-navo va ish haqining o‘sishi ustidan qat’iy nazorat 
o ‘matdi. Bir vaqtning o‘zida soliq va pul islohotlari o ‘tkazildi va 
natijada ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlik vaqtinchalik bartaraf etildi. Ill 
asr oxiri IV asr boshlarida o‘tkazilgan ma’muriy-harbiy va iqtisodiy 
islohotlar ulkan Rim davlatining umrini yuz yildan ko‘proq vaqtga 
uzaytirdi.
Diokletianning siyosati garchi Rim imperiyasining siyosiy 
tuzilmasini mustahkamlashga yordam bergan boisa-da, ijtimoiy- 
siyosiy inqiroz bilan b o g iiq ziddiyatlami hal qila olmadi. Diokletian 
305-yilda kasalligi tufayli hokimiyatdan ketishga majbur b o iad i. 
Biroq, uning islohotlari ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Darhol 
fuqarolar urushi boshlanadi. Milodiy 311-yilgacha to‘rt hukmdor 
hokimiyat uchun kurashadi. Ular orasida yosh shuhratparast 
qo‘mondon, keyinchalik xristianlikni ta ’qib qilishga chek qo ‘ygan 
Konstantin g‘alaba qozonadi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling