Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi. Imperator Feodosiy
o‘limidan oldin farzandlarining vasiysi sifatida uning q o ‘mondonlari orasidan sodiq va yetakchilari - Flaviy Stilixon bo‘lishini e ’lon qiladi. Biroq, Stilixon noodatiy rimlik edi. U vasiylik lavozimini egallaganidan bir necha yil o ‘tib qizini Gonoriyga turmushga beradi. Keyingi 13 yil davomida yosh imperator Gonoriyning o ‘m ini egalladi. Stilixonning rasmiy unvoni magister militum — Rim armiyasi bosh qo‘mondoni edi. Yosh imperator haqiqatda tojni saqlab qolish uchun Stilixonning qattiqqo‘lligiga muhtoj edi. Yangi urush avj oldi: Alarix qo‘zg‘olon ko‘tardi. Alarix boshchiligidagi gotlar dastlab Sharqiy imperiyani aw a lg i kelishuv shartlarini o ‘zgartirishga majbur qilishdi. Arkadiyni muzokaralar stoliga o ‘tkazish uchun Alarix kuch qo ‘llashga qaror qildi. Gotlar Bolgariyadagi tayanch punktdan Bolqon orqali Yunonistonga va undan keyin Adriatika sohillari bo ‘ylab xujum qilishga otlandilar. 402-yilda u o ‘z qo ‘shinlarini g‘arbga yo‘naltirib Italiyaga bostirib kiradi. Stilixon bilan Alarix o ‘rtasida ikki marta to ‘qnashuv bo'lib o ‘tadi. Har ikki to‘qnashuvda hech bir taraf jiddiy harbiy muvaffaqiyatga erishmaydi. Shu sabab kelishishga harakat qilishadi. Lekin bu kabi harbiy mojarolar Rimning ahvolini yomonlashishiga olib keladi. Shu orada Stilixon yanada og‘irroq inqiroz bilan to‘qnashadi. Bu imperiyaning shimoliy chegaralaridan kelgan varvarlaming yangi to‘lqini bilan bog‘liq edi. Bu to‘lqinga vandallar, alanlar (Qora dengiz bo‘yida yashovchi ko‘chmanchi qabilalar) va svevlar (german tilida gapiradigan va uzoq vaqt Venger pasttekisligida yashagan qabilalar) kirgan. Ular birgalikda Reyn orqali Germaniya, Galliya va Pireney orqali Ispaniyaga joylashishadi. Ular bostirib kelgan joylariga muqim o‘mashib oladilar. 282 Stilixon dastlabki vaqtda vestgotlaming Italiyaga qilgan hujumini to‘xtatib turdi. U hatto Britaniyadagi Rim legionlarini (407-yilda) chaqirib keltirdi, legionlaming bu vaqtida Italiyaning o ‘zida b o iish i nihoyat darajada zarur edi. Biroq saroy ahli o‘rtasidagi fitna natijasida Stilixon tez orada vazifasidan tushirildi va o ‘ldirildi. Vestgotlar qiroli Alarix endi qattiq qarshilikka uchramay, 409 -yilda Italiya territoriyasiga kirib bordi. Keyingi yilda Alarix Rimni juda katta talon - taroj qiladi. Shu narsa xarakterliki, Alarix Rimni qullar yordami bilan oldi. Rimda va uning atrofida yashagan 40 mingga yaqin qul Alarix tomoniga o ‘tdi. Bulardan tashqari, Alarixni varvar-germanlardan iborat g ‘arbiy imperator armiyasining ko ‘pchilik qismi qo‘llab-quvvatladi. Vestgotlar Rimni 410-yilning 24-avgustida bosib oldilar. Rimliklaming poytaxti bir necha kungacha talon-taroj qilindi. Rimdagi quldor zodagonlaming ko‘plari o id irild i, asir olindi va qul qilib sotildi, rim liklam ing bir qismi qo ‘rquvga tushib, Shimoliy Afrikaga va Bolqon yarim oroliga qarab qochdilar. Alarix so‘ngra Sitsiliyaga, u yerdan esa Shimoliy Afrikaga yurish qilmoqchi edi. Buning sababi Italiyada oziq-ovqat yo‘qligi hamda qishloq xo‘jaligi butunlay tushkunlikka uchragan edi, mahalliy aholining o ‘z g ‘allasi o ‘ziga yetmas edi. Lekin vestgotlaming Afrikaga yurish qilish m o‘ljali amalga oshmadi. Alarix Shimoliy Afrikaga yurish qilmoqchi edi. Lekin vestgotlaming Afrikaga harbiy yurishi amalga oshmadi. 410-yili Alarix bezgak kasalligidan 40 yoshga yetmay vafot etadi. Uzoq yillarga cho‘zilgan urush va doimiy talon-tarojlik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni keskin kamayib ketishiga, bu esa o‘z navbatida daromadlaming pasayishiga olib keladi. Ispaniya va Galliya G ‘arbiy imperiyadan ajralib ketadi. Britaniyadagi legionlarga ham endilikda umid qilmay qo ‘yishdi. Bu kabi o ‘zgarishlar g‘arb armiyasi kuchlarini qayta tiklash uchun daromad manbalarining keskin qisqarishiga olib keladi. Gonoriyning hukmronligi davrida (3 9 5 ^2 0 -y y ) armiya soni ham ikki barobar qisqarib ketadi. Imperator ulkan talofotlaming o ‘mini yangi qo‘shin boiinm alarini tuzish orqali to ‘ldirgan bo ‘lsa ham ulaming aksariyati yomon o‘qitilgan, yordamchi va ikkinchi darajali otryadlar edi. 421-yili Gonoriy tomonidan tayinlangan hamroh hukmdor Konstansiy to‘satdan kasal bo‘lib, vafot etadi. Uning o iim id an so‘ng 283 shafqatsiz va qonli hokimiyat uchun kurash boshlanadi. Oxir-oqibat Konstansiyning 6 yoshli o‘g‘li Valentinian III nomi bilan imperator deb e ’lon qilinadi. Hokimiyatning haqiqiy egasi Konstansiyning haqiqiy izdoshi Flaviy Aesiya edi. Imperiyada toj-taxt uchun kurashlar davom etayotgan bir paytda vandallar o ‘z kuchlarini tiklab olib, T arif orqali Janubiy Ispaniyaga keladilar. Keyinchalik vandallar Shimoliy Afrika aholisining quyi tabaqalari orasida Rim hukumatining va katta quldorlaming e ’tibori yo‘qligidan foydalanib, bu keng hududni bosib oladilar. Shu tariqa 439-yilda Rim imperiyasi hududida ikkinchi varvar qirolligi vujudga keladi, bu davlatning poytaxti qadimgi Karfagen bo‘ldi. Vandallar Rim zodagonlarining juda k o ‘p yerlarini ham musodara qildilar. Lekin ulam ing o‘zlarida ham zodagonlar tezlik bilan tarkib topmoqda edi. Ushbu zodagonlar bosib olingan yerlar, olingan qullar va boshqa xil o ‘ljalar hisobiga boyib ketadi. Vandal zodagonlari Italiyaga qilingan bosqinchilik hujumlari natijasida, ayniqsa boyigan edi. Vestgot, Vandal va Burgundiya qirolliklarining vujudga kelishi bilan G ‘arbiy Rim imperiyasining ahvoli nihoyat darajada mushkullashib qoldi. Shunday qilib, G ‘arbiy Rim imperiyasi o ‘sha vaqtdan boshlab haqiqatda birgina Italiyaning o‘z hududi bilan cheklanib qoldi. Bu vaqtda imperiyani imperator Valentinian III (425-455-yy) nomidan idora qilib turgan Aesiy varvarlaming birini ikkinchisiga qarshi ishga solib, imperiyani saqlab qolishga zo ‘r berib harakat qildi. Lekin uning bu urinishlari ham yetarli bo‘lmadi. Chunki, Rimni yana bir katta xavf-xatar qamrab oladi. V asr o‘rtalarida imperiya uchun eng xavfli dushmanlardan biri xunnlar bo‘ldi. V asming dastlabki yillarida xunn qabiialari g ‘ayratli va shijoatli qirol Attila (435-453-yy) qo‘l ostida birlashdilar. Attiianing poytaxti Tissa qirg‘og‘i - hozirgi Vengriya hududida joylashgan edi. Shu joydan Attila Bolqon yarim oroliga, Kichik Osiyoga, Armanistonga va hatto Mesopotamiyaga yurishlar qildi. Attila olib borgan urushlar ochiqdan-ochiq bosqinchilik, talonchilik urushlari edi. Unga Vizantiya (Sharqiy Rim) imperatori katta xiroj to ia b turgan. Dunay yonida yashovchi ko‘pgina slavyan qabiialari xunnlarga qaram edilar. 50-yiflaming boshida Attila g ‘arbga yurish qildi va 4 5 1-yili Galliyaga bostirib kirib, bu yerda ko‘p shaharlami bosib oldi hamda Galliyaning eng muhim strategik punkti bo‘lgan 284 Orlean shahrigacha yetib bordi. Uzoq vaqt qamal qilingandan keyin Orlean xunnlar tomonidan olindi, lekin Aesiy Attilaga qarshi varvarlar federatsiyasini tuzishga muvaffaq bo‘ldi va Attilani Orleandan chiqib ketishga majbur qildi. Attila ko ‘p sonli lashkarlari bilan birgalikda yanada sharqqa - orqaga burilib (Sans shahri orqali) Trua shahri tomonga qarab yo ‘I oldi. Aesiy uning ketidan bordi. 451-yil 15-iyunda Trua shahri yaqinida (bu shaharga keyin Shampan deb nom berildi), Katalaun dalalari deb atalgan joyda «xalqlar jangi» bo‘ldi. Rimliklarning federatlari: vestgotlar, burgundlar, franklar rimliklar tomonida turib urushdilar; Attila q o i ostida esa, xunnlaming o ‘zidan tashqari, ostgotlar va boshqa mayda-mayda sharqiy german qabilalari hamda qisman slavyanlar va janubi-sharqiy Yevropadagi turli sarmat qabilalari bor edi. Attila mag‘lubiyatga uchradi. Rimliklar g ‘alaba qozondilar, bu g ‘alaba ulaming oxirgi g ‘alabasi edi. Lekin ular endi bu g ‘alaba samaralaridan foydalana olmas edilar. Ulaming o ‘z ittifoqchilariga - varvarlarga bo‘lgan qaramligi endi har qachongidan ham kuchayib ketgan edi. Vestgot va Burgundiya qirolliklari to‘la mustaqillik oldilar. Attilaning o ‘zi esa kelasi, 452 - yilda Italiyaga yurish qildi, lekin Rimni olishdan voz kechdi, qimmatbaho in’omlar va xiroj olish bilan cheklanib qo‘ya qoldi. 453 - yilda Attila zaharlab o ‘ldirildi. Uning naridan-beri tuzilgan, ko‘p qabilali harbiy davlati tezda quladi. Xunnlaming o'zlari esa mahalliy aholi bilan aralashib ketdi. Vizantiya manbalarida VII asrdan boshlab ular butunlay esga olinmadi. Demak, endi xunnlar «davlati» yo‘q bo‘lib ketganidan keyin Rim imperiyasining ahvoli yaxshilanishi kerak edi. Lekin uning resurslari butunlay tugab qolgan edi. Tashqi xavf kamaygandan keyin ichki qarama-qarshiliklar keskinlashib ketadi. Attila o ‘lgandan keyin imperator saroyidagi (saroy Ravennada edi) fitnalar avj olib ketdi, natijada Aesiyning o ‘zi halok bo‘ldi. Aesiy Rimning so‘nggi davrdagi davlat arboblari ichida eng ko‘zga ko‘ringan kishi edi. Imperatoming buyrug‘i bilan o‘ldirilgan Aesiydan so‘ng Valentinian III ning o ‘zi ham o'ldirildi., Shundan keyin vandallar (455-y) hujum qilib, Rimni o ‘n to‘rt kun taladilar, Vandallar Rimning eng nodir qadimgi yodgorliklarini ayovsiz buzib tashladilar. Shu sababli “vandalizm” degan so‘z madaniyat yodgorliklarini vahshiyona vayron qilish timsoli bo‘lib qoldi. 285 Bu hujum imperiyani uzil-kesil halok qildi. Italiyani taxtda o‘tirgan imperatorlar nomidan yollanma varvar ko‘ngilli qismlarining boshliqlari idora qildi. Shu ko'ngilli boshliqlaridan biri Odoakr (kichkinagina bir german qabilasi-skerlaming boshlig‘i) 476-yilda Rimning oxirgi imperatori go‘dak Romul Avgustulni taxtdan tushirib, imperatorlik nishonlarini Konstantinopolga, sharqiy imperatorga yubordi. Shunday qilib, G ‘arbiy Rim imperiyasi rasmiy jihatdan ham tamom bo‘ldi. Uning qolgan-qutgan hududini 10 yildan keyin (486- yilda) frank qiroli Xlodvig bosib oldi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling