Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Harbiy va siyosiy sarosima
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rim imperiyasidagi siyosiy inqiroz va davlat tizimining emirilishi.
Harbiy va siyosiy sarosima. Milodiy III asrga kelib Rim harbiy
kuchlarida ham tartibsizliklar hukm surar edi. Uzoq yillar mobaynida Rim askarlarining intizomi va sodiqligi kamayib bordi. Ular o ‘z 274 sodiqligini Rim uchun emas, balki o'zaro toj-u taxt uchun talashayotgan qo ‘mondonlariga bildirar edilar. Imperiya uchun oshib borayotgan tahdidlardan himoyalanish uchun hukumat merkenariylar - xorijlik askarlami pul evaziga yollay boshladilar. 0 ‘z navbatida rimliklarga qaraganda kam haq oladigan yollanma askarlar imperiyaga nisbatan sodiqlikni kamroq his qilardilar. Sadoqatlilik hissi oxir-oqibatda fuqarolar orasida ham zaiflasha bordi. 0 ‘tmishda rimliklar o ‘z respublikalari uchun qattiq qayg‘urardilar, o ‘z jonlarini ham fido qilardilar. Imperiyadagi so‘nggi asrlardagi shart-sharoitlar fuqarolar uchun vatanparvarlik o ‘z ahamiyatini yo‘qotilishiga olib keladi. Ular imperiya taqdiriga bee’tibor bo‘lib qoladilar. Imperiyani qiyin ahvolga solib qo‘ygan omillardan yana biri III asming 70-80-yiIlarida german qabilalarining imperiyaga hujumlari bo‘ldi. Dakiyani got, sarmat va markomannlar bosib oldi. Tinchlik tarafdori bo ‘lgan M ark Avreliy butun umri davomida varvar qabilalariga qarshi kurashishiga to‘g ‘ri keladi. Biroq, undan keyin hokimiyat tepasiga kelgan Kommod tanti, yengiltabiat, asosiy vaqtini o ‘yinlar va gladiatorlar jangini tomosha qilishga sarflar edi. Bu esa otasi tomonidan erishilgan yutuqlami ko‘kka sovurilishiga sabab bo‘ladi. Rim imperiyasidagi siyosiy inqiroz va davlat tizimining emirilishi. Milodiy 193-yilda kelib chiqishi afrikalik b o ig a n Septimiy Sever Severlar sulolasiga asos soladi. U imperiya oltin davrdagidek gullab-yashnashi uchun barcha chora-tadbirlami ko‘radi. Ayniqsa, Sharqda ahvol og irlashib, rimdagi qo‘shinlar kuchsizlanib qolganidan foydalangan Parfiya podshosi Vologez IV rimning ittifoqchilari sanalgan Armaniston va Suriyaga hujum qilib, u yerlami talaydi va Kichik Osiyoga tahdid soladi. Septimiy Sever Parfiyaga qarshi urush ochishga majbur b o ia d i va bu urushlar 4 yil davom etadi. U bu urushda g ‘alaba qozonadi va egallangan hududlarda Mesopotamiya provinsiyasini tuzadi. Tashqi xavf-xatar bartaraf etilgach, Septimiy Sever ichki ahvolni o ‘nglashga harakat qiladi. U eng avvalo imperator hokimiyatini mustahkamlash maqsadida byurokratik apparatni va armiyani isloh qiladi. Shuningdek, ijro hokimiyatida ham bir qator o ‘zgartirishlami amalga oshiradi. Biroq, ko‘rilgan bu choralar yaqinlashib kelayotgan muqarrar tanazzulning oldini olish uchun yetarli boim agan. Milodiy 275 211-yilda Septimiy Sever vafot etadi. Undan so‘ng o ‘g ‘illari Karakalla va Getalar o ‘zaro toj-taxt talashib, imperiyaning ahvoli yanada og‘irlashadi. Severlar sulolasining so‘nggi vakili - Aleksandr Server imperiyaning ichki siyosiy ahvolini mustahkamlash uchun b a’zi bir tadbirlami amalga oshirgan. Biroq sharqda forslar, g ‘arbda esa german qabilalari Rim imperiyasi hududlariga hujum qilib, uni battar qiyin ahvolga solib qo‘yadilar. Imperatorning onasi Mameyani germanlami sahiy sovg‘alar va katta pul mablag‘i evaziga tinchlik o ‘m atishga urinishi qo‘shinda katta norozilik keltirib chiqaradi. Natijada Aleksandr Sever va onasi bosh ko‘targan legionerlar tomonidan o ‘z chodirida o ‘ldiriladi. Severlar sulolasining so‘nggi imperatori Aleksandr Sever 235-yil o ‘ldirilganidan so‘ng Rim imperiyasi inqiroz botqog‘iga botib qoladi. 235-yildan 285- yilgacha 29 ta imperatorlar taxtga keladi. Legionerlar birin-ketin tarixshunoslikda “askar imperatorlari” deb atalgan hukmdorlami taxtga chiqardilar. Ular davlatni uzoq boshqara olmadilar. Imperiyada yana siyosiy beqarorlik, tartibsizliklar boshlandi. Davlat tizimining yemirilishi, ichki o ‘zaro nizolar, german qabilalari hujumi va III asrda sharqda tashkil topgan qudratli Sosoniylar davlati bilan uzoq muvaffaqiyatsiz olib borilgan urushlar Rim imperiyasining tushkunligiga sabab bo‘ldi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling